Tus – narsaning rang hamda tusining och–to’qlik darajasini bildiruvchi tushuncha.
Fazoviy perspektiva – yorug’lik va havo ta’sirida kuzatuvchi hamda kuzatilayotgan ko’rinish orasidagi tasvirlanayotgan narsalar ko’rinishi va ranglarning o’zgarishi hodisasi.
Chizish texnikasi – chiziqlarni turlicha ko’rinishlarda ifodali qo’llash, uslub ishlatish, mahoratni qo’llash, turli tasvir vositalari, ashyolaridan foydalanish.
Yarim soya – yorug’ soyaning elementlaridan biri, buyum sirtining yorug’lik bilan to’q soya orasidagi qismi
Shu’la – tasvirlanayotgan yoritilgan buyum sirtining nur tushib turgan eng yorug’ joyi, buyum shakli yuzasida eng yorug’ bo’lagi.
Hajm – narsaning uch o’lchamda (fazoviy bo’lib) bo’rtib ko’rinayotgan shakl–shamoyili.
Do'stlaringiz bilan baham: |