Savol va topshiriqlar:
1.Abdulla Oripovning o’zbek adabiyotida tutgan o’rni nimadan iborat?
2.Shoir she’riyatidagi o’ziga xoslik nimadan iborat?
3.Abdulla Oripovning dramaturgiya sohasida yaratgan asarlari to’g’risida nimalar ayta olasiz?
4.”Jannatga yo’l” dramasidagi Yigit obraziga ta’rif bering.
5.”Sohibqiron” dramasidagi obrazlarga ta’rif bering.
17-dars. Jahon adabiyoti. Muhammad Hodiy, Frans Kafka ijodi
Reja:
M. Hodiy hayoti va ijodi, hamda “Alvohi intiboh” dostoni haqida
Franf Kafka haqida ma’lumot
Jahon adabiyotining bugungi kundagi ahamiyati
XX asr Ozarbayjon adabiyotining klassiklaridan biri Muhammad Hodiy 1879-yilda Shamaxi shahrida tug‘ilgan. U mulla Aliabbos qo‘lida tahsil olgan. Otasi vafot etib, onasi qayta turmush qurgach, Hodiy bir qancha muddat otasining do‘sti Mustafo Lutfiy Ismoilzoda qo‘lida qoladi. Bu yillarda u sharq mumtoz adabiyoti va falsafasi bilan shug‘ullanadi. Mustafo Lutfiydan arab tilini o‘rgangan Muhammad Hodiy u bilan birga Astraxanga boradi, olti yil mobaynida adabiyot, islom tarixi va fiqhdan ta’lim oladi, mudarris tazyiqi sababli u madrasani tashlashga majbur bo‘ladi hamda otasidan qolgan mulkni boshqarishga urinib ko‘radi, lekin tez orada mulksiz, ishsiz, pulsiz qoladi.
1902-yilda Shamaxidagi zilziladan so‘ng Hodiy ham Kurdamirga keladi. U o‘z ustida qattiq ishlab, ijod qila boshlaydi va buyuk el taniydigan shoir bo‘lib yetishadi. Hodiy ijodiga janrlar xilma-xilligi, usullar rang-barangligi xosdir. Uning asarlari orasida masnaviy, g‘azal, qasida, muxammas, ruboiy, qit’a, epic doston, liro-epik she’r, hikoya, mansura, ocherk, maqola, taqriz, memuarlar, ochiq maktub, reportaj va boshqalar uchraydi. Muhammad Hodiyning badiiy merosi 300 dan ortiq she’r, 70 ga yaqin maqolalardan iborat.
Shoir she’riyatida ko‘p ishlangan xalq mavzusi vatan va erk yo‘nalishi bilan bog‘lanib ketadi. Uning butun ijodi shu uch buyuk timsol atrofida markazlashgandir. U, haqli ravishda, erk bo‘lmagan yerda na erkin nafasolgan xalq, na ozod vatan, na uning taraqqiyoti va na umumiy baxt bo‘ladi, deb hisoblardi.
Muhammad Hodiy ozarbayjon tarjima adabiyoti rivojiga ham katta hissa qo‘shadi. U Nizomiy, Sa’diy, Hofiz, Rumiy va Hayyomlar kabi mumtoz adiblarning arab va fors tilidagi asarlarini mahorat bilan o‘giradi.
M. Hodiy fikri ozod shaxs edi. Shu bois oyog‘I yerda bo‘lsa-da, ko‘ngli osmonda, istaklari chegarasiz edi. Hodiy dunyodagi hamma narsadan haqiqatni baland tutardi.
U haqiqiy hayot va orzusidagi hayot orasida katta tafovut borligini bilar, o‘quvchiga: “Inson o‘zi orzu qilgan barcha go‘zal narsalar: ozodlik,muhabbat, tenglikdan mahrum bo‘lsa, unda bu qanday hayot bo‘ladi?” degan savol bilan murojaat qiladi. Hodiy ijodining ikkinchi bosqichida dunyo adabiyotida keng yoyilgan “huzni umumiy” (jahoniy g‘am) tamoyili yuz ko‘rsata boshladi. She’rlarida o‘lim dahshatlarini sanash bilan hayot go‘zalligini ko‘rsatgan Hodiy “Saodati zoila” hikoyasida shunday deydi: “Hayot qanchalik achchiq bo‘lsa, shunchalik shirin hamdir”.
Shoirning adolatsiz jamiyatga, achchiq hayotga qarshi qo‘yilib, 1908-yilda yozilgan asari shirin xayollar, go‘zal orzular ifodasi bo‘lmish “Olami musovotdan maktublar” dostonidir. Mazkur asar asosini ideal jamiyat orzusi tashkil qiladi.
1910-yilda Hodiy Istanbulga sayohat qiladi. Hukumatga qarshi chiqishlari uchun shoir 1912-yilda Salonikka surgun qilinadi. 1914-yil fevralida Bokuga qaytib keladi. 1914-yil oxirlarida birinchi jahon urushiga ketadi. Ozarbayjon adabiyotida urush mavzusini eng ko‘p ishlagan muallif M. Hodiy edi. 1918-yil fevralida Ozarbayjonda bo‘lgan inqilobning mohiyatini bilgach, u orziqib kutgani puch ekanligini anglab yetadi. Bu achchiq haqiqat uning oldindan tarang bo‘lgan asablarini battar izdan chiqaradi. 1920-yil may oyida Ganja shahri kasalxonasida vafot etadi va qabri ham Ganja shahrining markazidan joy oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |