Abdulla Qahhor hikoyanavis Karomatov Akbar



Download 19,39 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi19,39 Kb.
#726707
Bog'liq
A.Qahhor hikoyanavis


Abdulla Qahhor hikoyanavis
Karomatov Akbar
СHDPI Gumanitar fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar f.f.n,dotsent T.SABITOVA

Anotatsiya: Yangi davr o’zbek adabiyotining ulkan adibi, mohir so’z ustasi Abdulla Qahhor o’zining hikoyalarida yashab turgan muhitining real voqealarini aks ettirgan edi. Ushbu maqolada iqtidorimiz darajasida ayrim hikoyalarni tahlil qilishga harakat qilindi.


Tayanch so’zlar: Ruhiy-ma’naviy dunyo , ijtimoiy turmush , zamon muammolari, so’z tejamkorligi, Sim(Farg’ona), Devonayi Bahovaddin
Eshilib, to’lg’anib ingranadi kuy, Asirlar g’amini so’ylar “Munojot”. Kuyi shunday bo’lsa, g’amning o’ziga Qanday chiday olgan ekan odamzod! ,
A.Oripov (“Munojot”ni tinglab)
O’tgan XX asrning har bir yozuvchi-ijodkorlari asarlaridan ijod iforlarini sezishimiz mumkin bo’lgan , o’zbek adabiyotida ulkan yo’qotishlar davrida ham qaltis mavzularga qo’l urolgan adabiyotimizning mard va zakiy , ulug’ ijodkori Abdulla Qahhordir . O’zbek adabiyotining zabardast va otaxon vakili Abdulla Qahhor XX asr adabiy mavzularida yangirish hamda ulardagi teranlik , mazmuniy aniqlikni so’z tejamkorligiga erishgan holda olib chiqdi . shu bilan birga zamonaviy o’zbek adabiyotining jadid adabiyoti bosqichidan keng yoyila boshlagan nasriy janrlar ichidan hikoyachilik janrining yuksak namunalarini yeratdi deyolamiz va bunga aminmiz . Abdulla Qahhor hikoyachilikda shunday natijalarga erishdiki , hikoyalarida :

  1. Hikoyadagi davr insonlarining ruhiy-ma’naviy dunyosi ,

  2. Zamon muammolari,

  3. Xalqning ijtimoiy turmushi ,

  4. Inson hissiy dunolarining o’z zamonlari bilan qarama-qarshilik ruhi, kabilarni topamz .

30-yillarda adibning 350 ta hikoyalari to’plam holida kitobxonlar qo’liga tegdi. Bu davrda A.Qahhorning kichik hikoyalaridan tashqari “Sarob” romanini ham yozdi. Urush yillarida adibning bir qancha hikoyalari e’lon qilindi: “Asrorbobo”, “Dardaqdan chiqqan qahramon”, “Kampirlar sim qoqdi” va “Oltin yulduz” kabi o’nlab hikoya va qissalarida o’zbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi yuksalishlari, vatanparvarligi bu hikoyalarda o’z aksini topgan. U “O’tmishdan ertaklar” asari uchun respublika davlat mukofotiga sazovor bo’lgan edi. Abdulla Qahhorning mashhur “ Anor “ va “ Bemor “ hikoyalarini yozilgan davrga e’tibor beradigan bo’lsak , ikkala hikoya ham 1936-yilda yozilgan va shu davr insonlari haqida bizga so’zlaydi . Agarda “Anor “ va “ Bemor “ hikoyalarini yuqorida keltirilgan mavzular asosida tahlil qilsak bu yaqqol yuzaga chiqadi .
a). Hikoyalarda davr insonlarining ruhiy-ma’naviy dunyosi- “ Bemor “ hikoyasida tilga olingan Sotiboldining xo’jayni Abdug’aniboy “ Qo’lidan kelsa hozir uning xotinini oyoqqa bostirib berishga tayyor ekanini bildirdi , keyin so’radi : -Devonayi Bahovaddinga hech narsa ko’tardingmi ? G’avsul-a’zamga-chi ? “1. Abdulla Qahhor Abdug’aniboyning Sotiboldiga aytajagini so’zma-so’z keltirmaydi chunki , Sotiboldiga moddiy yordam berolmasligini aytish uchun turli bahonalarni ishlatgani tayin shu sabab , uning muddaosini yozib qo’yaqoladi . Bu jon kuydirib aytilgan so’zlar – “ Chigit po’choq va kunjara bilan savdo qiladigan xo’jayini Abdug’aniboy omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib o’ladigan bo’lganida bu doktorxonaga bormay Sim( Farg’ona )ga ketgan edi “2 bir vaqtlar bemorlik azobini tatigan va shahar doktorxonasi ahvolidan xabardor insonning aytgan so’zi edi . Ammo shunga qaramay , o’z zamonida urchigan turli bid’atlarni tavsiya etadi . Bu esa o’tgan asr boshidagi kishilar ruhiyati va ma’naviy dunyosini tasavvur qilishda ko’mak beroladi . Bu ko’rinishdagi shaxslarga esa keyingi o’rindagi shaxslar ruhiyati va ma’naviy dunyosi bilan qarama-qarshi qo’yiladi . “ Anor “ hikoyasida esa xuddi shu davr insonlari ruhiy-ma’naviy dunyosi yoritiladi , ammo ular turli ko’rinishda .
“ Ovqat pishdi . qozonning zangi chiqib qoraygan go’jaga qatiq ham rang kirgizolmadi . Turobjon ikki kosa ichdi , xotini esa hanuz bir kosani yarimlatolmas edi ... . Uning avzoyidan “ esiz jo’xori , qatiq , o’tin “ degan ma’noni anglab ... . “3. Turobjonning bu o’y-hayoli o’sha davr insonlarining dunyoqarashlarida nimalar asosiy o’rinda turganligidan xabar beradi , chunki go’jaga rang kirgazgan zang , qozonning har doim ham ovqat tayyorlash uchun hozirlanmasligi sababi va zamonning esa bunga qurbi yetmasligidan darakdir .

b). Zamon muammolari – bu birinchi o’rinda hikoyaning bosh mavzusidir . Shahar markazidagi shifoxonaning ahvoli bu dunyoning rivojlangan davlatlari qatorida ekanligini bot-bot takrorlovchi SSSRning tibbiyot sohasi qay darajada ekanligidan xabar berar edi . Shu bilan birgalikda zamon iqtisodi ham bir ahvolda ekanligi haqida ham belgilar mavjud . “ Anor “ hikoyasida zamon muammolari kengroq bo’y ko’rsatadi . Ulardan biriga misol : “ – Bilaman ... Axir, nima qilay ? Xo’jaynimni o’ldirib pulini olaymi , o’zimni hindiga garov qo’yaymi ? G’alatimisan o’zing ? “4. Ko’rinib turibdiki , bu hikoyamiz qahramoni xo’jaynidan qarz ham so’rab “ Bemor “ hikoyasi qahramoni Sotiboldi kabi javoblar olgan va bundan tashqari Mahmud Xo’ja Behbudiyning “ Padarkush “ drammasida ham tilga olingan Hind garovchilariga ham ishi tushgan . Hind garovchilarining Turkiston hududida yurishlari sababi va ularga ehtiyojning qay darajadaekanligi, hikoya qahramonlari tilidan ayon bo’ladi.


c). Xalqning ijtimoiy turmushi- hikoyalardan ma’lum bo’lib turibdiki, zamon muammolarining ko’lami ijtimoiy muammolar qay darajada turli tuman bo’lganini tavfsiflab turibdi. “ Sotiboldi to’qigan savatlarini ulgurji oladogan baqqoldan yigirma tanga qarz ko’tardi “5. Bu holat albatta , davlat iqtisodining barqaror emasligi , shu bilan birga xalqning turmushi ham qay ahvilda ekanligidan belgi edi . “Anor” hikoyasida Turobjonning turarjoyi tasviri ham ijtimoiy turmushning ahvolidan darak va bunga sabab qilib esa o’z-o’zidan zamon muammolari , davlat iqtisodiyoti ko’rsatiladi.
d). Inson hissiy dunyolarining o’z zamonlari bilan qarama qarshilik ruhi . Inson avvalo erk demakdir . Inson hislari doimo o’z burchini to’laqonli bajarishga harakat qiladi . Shunday ekan hikoyani o’qish davomida Sotiboldining ichki kechinmalarini anglashimiz qiyin emas , agarda uning oila boshi ekanligi va yoshgina farzandining yoshgina onasi bemorligiga davo topishda hech narsa qilolmayotganini hisobga olsak . Abdulla Qahhor bu zamon tutmishlari va ayolining bemorligiga majbur bosh eggan erning holatini shunday tasvirlaydi : - “ U har ingraganda Sotiboldi chakkasiga burov solingan kishiday talvasaga tushar edi “6 . Sotiboldi shu holatida esa ichidan nimalar o’tkazayotganini sezish , anglash qiyin emas . “Anor” hikoyasida esa davrning muammolari bo’ronida bir yosh oilaning turmushi aks etadi. Bu davrning tasviri bir o’rindaTurobjon tilidan juda yaqqol yoritiladi. “Shokirxo’ja qandolatchi qiyom qildiryotganda qozoniga ammamning jo’jasi tushib ketgandi, shu jo’jani yalaganman...”7.Bu tasvir A.Qahhor tilining tasirchanligi hamda uslubiy mahoratning yuqori darajasidan darakdir. Hikoyaning butunligi shnday tuzilgan ediki, zamon motivlari uning atrofida joylanib , markazda esa insonning ruhi qo’yilgan . insonning ruhi esa bu muhitga turli tomondan boqib yechim topishga harakat qiladi . Bu ikki qaramq-qarshilik esa kitobxon uchun asarning o’ziga tortuvchi sirli kuchidir.
1.[ “O’tmishdan ertaklar” qissa va hikoyalar , YANGI ASR AVLODI 2019 .143-bet ].
2.[ “O’tmishdan ertaklar“ qissa va hikoyalar , YANGI ASR AVLODI 2019 . 143-bet ]
3.[ “O’tmishdan ertaklar” qissa va hikoyalar , YANGI ASR AVLODI 2019 . 169-bet ]
4.[ “O’tmishdan ertaklar” qissa va hikoyalar , YANGI ASR AVLODI 2019 . 169-bet ]
5.[ “ O’tmishdan ertaklar “ qissa va hikoyalar , YANGI ASR AVLODI 2019 . 144-bet ]
6.[ “O’tmishdan ertaklar” qissa va hikoyalar , YANGI ASR AVLODI 2019 . 144-bet ]
7.[ “O’tmishdan ertaklar” qissa va hikoyalar , YANGI ASR AVLODI 2019 .170-bet].
Download 19,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish