Abdulla Qahhor — tarjimon

Download 247,62 Kb.
Sana24.09.2021
Hajmi247,62 Kb.
#183316
Bog'liq
10-mavzu A.Qahhor-tarjimon

Abdulla Qahhor — tarjimon

Abdulla Qahhor — tarjimon

Reja:

  • Abdulla Qahhor — o‘zbek adabiyotining yirik vakili.
  • Abdulla Qahhor asarlarida ifodalanga g‘oyalar.
  • Abdulla Qahhor tarjima asarlari.

Mohir hikoyanavis, yozuvchi va o‘zbek adabiyotining atoqli namoyondasi Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentyabrda Qo‘qonning Asht degan joyida temirchi oilasida tug‘ilgan. Avval eski maktabda, keyin Qo‘qon pedagogika texnikumida o‘qigan.

Abdulla Qahhor komsomolda, turli gazeta tahririyatlarida ishlaydi. 1926-1932-yillar ishchilar fakultetida, keyin birinchi O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oladi.

Abdulla Qahhor komsomolda, turli gazeta tahririyatlarida ishlaydi. 1926-1932-yillar ishchilar fakultetida, keyin birinchi O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oladi.

Abdulla Qahhorning ilk she’ri «Oy kuylaganda» nomi ostida «Mushtum»njurnalida chop etilgan.

So‘ng uning bir qancha hajviy she’r va hikoyalari gazeta, jurnallarda Norin shilpiq, Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy taxalluslari ostida e’lon qilindi.

O‘zbek nasrnavisligi rivojida Abdulla Qahhorning “Sarob”, “Qo‘shchinor chiroqlari” romanlari, shuningdek, “Sinchalak”, “O‘tmishdan ertaklar” qissalari alohida o‘rin tutadi. “O‘tmishdan ertaklar” da muallif xotirasida chuqur iz qoldirgan odamlar haqida so‘zlaydi.

Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotiga ajoyib hikoyasi va ushbu janrning tengsiz ustasi bo‘lib kirgan. Uni hatto o‘zbek Chexovi deb ham nomlashadi. Hikoyalarining tili qisqa, naqllarga boy va an’anaviy o‘zbek nasriga xos dabdabadan xoliligi alohida ahamiyatga egadir.

Ayniqsa, yozuvchining “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Millatchilar”, “Shahar bog‘i” hikoyalari alohida ahamiyatga egadir. Ularda davr muammolari aniq ko‘rsatib berilgan. Masalan, “Bemor” hikoyasida bir inson emas, butun jamiyat bemorligi ochiq-oydin tasvirlangan.

Iste’dodli yozuvchi Abdulla Qahhor ijodida hajviy asarlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bularga “Shohi sozana”, “Tobutdan tovush”, “Og‘riq tishlar”, “Ayajonlarim” kabi hajviy asarlarni misol qilib keltirish mumkin. Yozuvchining, ayniqsa, “Shohi so‘zana” asari mashhur bo‘lib, teatr sahnalarida qo‘yilgan.

Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida o’zbek tilini nozik his etuvchi va uning boy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi.

30-yillarga kelib Oybek, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, Uyg’un, Shayxzoda, Mirtemir va boshqa adiblarimiz ijod sohasi katta tajribaga ega bo’lgan bo’lsalar, tarjimachilikda ham shunday mahorat ko’rsatayotgan edilar.

Abdulla Qahhor Serafimovichning “Temir oqim”, M.Gorkiyning “Mening universitetlarim” asarlarini tarjima qilishi tarjimonlikdagi katta jasorat edi.

Xususan,Abdulla Qahhor tomonidan Gogolning “Uylanish” va “Revizor” komediyalari, Pushkinning “Kapitan qizi” asari ( 1939) o’zbek tiliga tarjima qilingan. Mirtemir esa uning “Ruslan va Ludmila” asarini 1948-yilda tarjima qilgan.

Gogol 30-yillar “Uylanish” komediyasi ustida ishlaydi. “Revizor” komediyasida Rossiyadagi mansabparastlik, poraxo’rlik va boshqalar hajv ostiga olinadi. “Revizor”, “Uylanish” pyesalari O’zbekiston teatlari sahnasida qo’yilgan.

“Kapitan qizi” ilk bor 1836-yil “Sovremennik” jurnalining to’rtinchi sonida chop etilgan.Kitob holida 1837-yil nashr qilingan.Qissada 1773-1774-yillarda bo’lib o’tgan Pugachev qo’zg’oloni haqida hikoya qiladi.

“Kapitan qizi” rus adabiyotida realizm janri shakllanishida muhim rol o’ynagan. Qissa asosida bir necha film suratga olingan.Asar o’zbek tilida 1939-, -1949,1972-, 1988-yillarda nashr qilingan.

Shuningdek, Abdulla Qahhor Pushkin, Gogol asarlaridan tashqari, Lev Tolstoy, Chexov, M.Gorkiy asarlarini ham o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Ayni paytda, Abdulla Qahhor asarlari rus, ukrain, qozoq, qirg’iz, tojik, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan.Uning ayrim hikoyalari esa ingliz, nemis, bolgar, rumin, arab va boshqa tillarga tarjima qilingan.

Ko‘rinadiki, Abdulla Qahhor adabiyotimizda o‘z asarlari bilan chuqur iz qoldirgan ijodkordir. Uning asarlari adabiyotimiz taraqqiyotiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.

E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 247,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish