Magistrlik ishining maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Oripov she’riyatida ijodkor shaxs va davr muammolarining aks etishi masalalarini tadqiq qilish: she’rlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini ilmiy tahlil qilish hamda shoirning poetik mahoratini o‘rganishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun tadqiqotimiz oldida quyidagi vazifalar belgilab olindi: Abdulla Oripov she’riyatining yetakchi mavzu yo‘nalishlari, asosiy g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini yoritish, yetuk she’rlari misolida shoir shaxsi va uning poetik mahoratini ochib berish, asarlari tili va uslubining o‘ziga xos jihatlarini tahlil etish orqali shoir ijodining hozirgi davrdagi ahamiyatini ko‘rsatish. Magistrlik ishining maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Oripov she’riyatida ijodkor shaxs va davr muammolarining aks etishi masalalarini tadqiq qilish: she’rlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini ilmiy tahlil qilish hamda shoirning poetik mahoratini o‘rganishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun tadqiqotimiz oldida quyidagi vazifalar belgilab olindi: Abdulla Oripov she’riyatining yetakchi mavzu yo‘nalishlari, asosiy g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini yoritish, yetuk she’rlari misolida shoir shaxsi va uning poetik mahoratini ochib berish, asarlari tili va uslubining o‘ziga xos jihatlarini tahlil etish orqali shoir ijodining hozirgi davrdagi ahamiyatini ko‘rsatish. Tadqiqotning metodlari. Mavzuni yoritishda tarixiy, qiyosiy, biografik va germenevtik metodlardan foydalanildi, yirik olim va mutafakkirlarning ilmiy-nazariy qarashlariga va adabiyotshunoslikning yetakchi tamoyillariga tayanildi. - Tadqiqotning metodlari. Mavzuni yoritishda tarixiy, qiyosiy, biografik va germenevtik metodlardan foydalanildi, yirik olim va mutafakkirlarning ilmiy-nazariy qarashlariga va adabiyotshunoslikning yetakchi tamoyillariga tayanildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. A. Oripov ijodining milliy o‘ziga xosligi, tabiat va inson ruhiyatini tasvirlashdagi poetik mahorati o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalari – Navoiy, Pushkin, Q. Quliyev, E. Vohidov va Ch. Aytmatovning mashhur asarlari bilan ijodiy mushtarakligi qiyosiy tahlil asosida ko‘rsatib berilgan; Abdulla Oripovning hayoti va ijodiy biografiyasiga oid tarixiy, adabiy manbalar va zamondoshlari xotiralaridagi muhim ma’lumotlar asosida shoir ijodi va yetuk asarlarining ilmiy, qiyosiy tahlil va talqinlari kengaytirilgan; badiiy ijod va estetik tafakkur tadriji muammolari bo‘yicha ilmiy-adabiy manbalardagi bir qator qarashlar va xulosalar to‘ldirilgan, ayrim bir yoqlamaliklar ko‘rsatilib, ularga aniqlik kiritilgan; o‘zbek adabiyoti jahon miqyosida munosib o‘rin egallashida Abdulla Oripov ijodi va estetik qarashlari muhim asos, ijodiy bir dastur bo‘la olishi dalillangan; tadqiqot natijalari adabiyot, ijodkor shaxs, davr va iste’dod, milliylik va xalqchillik, an’ana va novatorlik, badiiy til va uslub muammolarini o‘rganishda, adib ijodi va estetik qarashlarini uzviy bog‘liqlikda yorituvchi tadqiqotlar yaratishda muayyan ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi dalillangan. - Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. A. Oripov ijodining milliy o‘ziga xosligi, tabiat va inson ruhiyatini tasvirlashdagi poetik mahorati o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalari – Navoiy, Pushkin, Q. Quliyev, E. Vohidov va Ch. Aytmatovning mashhur asarlari bilan ijodiy mushtarakligi qiyosiy tahlil asosida ko‘rsatib berilgan; Abdulla Oripovning hayoti va ijodiy biografiyasiga oid tarixiy, adabiy manbalar va zamondoshlari xotiralaridagi muhim ma’lumotlar asosida shoir ijodi va yetuk asarlarining ilmiy, qiyosiy tahlil va talqinlari kengaytirilgan; badiiy ijod va estetik tafakkur tadriji muammolari bo‘yicha ilmiy-adabiy manbalardagi bir qator qarashlar va xulosalar to‘ldirilgan, ayrim bir yoqlamaliklar ko‘rsatilib, ularga aniqlik kiritilgan; o‘zbek adabiyoti jahon miqyosida munosib o‘rin egallashida Abdulla Oripov ijodi va estetik qarashlari muhim asos, ijodiy bir dastur bo‘la olishi dalillangan; tadqiqot natijalari adabiyot, ijodkor shaxs, davr va iste’dod, milliylik va xalqchillik, an’ana va novatorlik, badiiy til va uslub muammolarini o‘rganishda, adib ijodi va estetik qarashlarini uzviy bog‘liqlikda yorituvchi tadqiqotlar yaratishda muayyan ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi dalillangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |