3.2. Abdulla Oripov ijodi va adabiy tanqidchilik - 3.2. Abdulla Oripov ijodi va adabiy tanqidchilik
- Barcha asrlarda badiiy-estetik tafakkur rivojida adabiy tanqid – “ilmi naqd”ning muhim o‘rni va ahamiyati e’tirof etiladi. Chunki adabiy tanqid badiiy ijod va ma’naviyat rivojining muhim omili sanaladi.
Abdulla Oripov hayoti va ijodini o‘rganish bo‘yicha tanqid va adabiyotshunosligimizda salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Ularda shoir hayoti va ijodiy yo‘li, uning she’riyati va dostonlarining asosiy g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari turli aspekt-yondashuv asosida o‘rganilgan hamda bir qator ilmiy va adabiy-tanqidiy xarakterdagi asarlar yaratilgan. Ammo bu asarlarning aksariyati sobiq sovet hukmronligi davrida yaratilgan va ular mafkura cheklovlaridan xoli emas. Mumtoz adabiyotshunoslik namunalarida san’at asarini o‘rganishda qanday talab-mezonlarga asosan fikr yuritish, tanqidiy mulohaza va xulosalarni bevosita asar tahlili bilan ham ilmiy, ham mantiqiy jihatdan dalillash zarurligi ta’kidlanadi. Bu xususiyatlar bugungi kunda ham tanqidchilikda ustuvor tamoyillar bo‘lib sanaladi.
XULOSA
XX asr adabiyotini Qodiriy, Cho‘lpon, G‘. G‘ulom, Oybek va A. Qahhor kabi mumtoz adiblarsiz tasavvur eta olmaymiz. Zamonaviy adabiyotimizni Said Ahmad, Erkin Vohidov va Abdulla Oripov kabi ulkan ijodkorlarsiz ma’naviy kelajagimizni, farovon va buyuk istiqbolimizni ular ijodisiz ko‘z oldimizga keltira olmaymiz. Hozirgi davrda uning she’rlari xalqimizni adolat tantanasi, yorug‘ kelajakka ishonch ruhida tarbiyalaydigan yuksak ma’naviy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Аdabiyotning xalqchilligi deyilganda, xalq tili, undagi rang-barang so‘z-iboralar va obrazli ifodalardan foydalanish ham anglashiladi. Badiiy til va uslub, ijodkor ruhi iste’dodi o‘ziga xosligining ifodasi bo‘lib, uni ijodkorning dunyoqarashi, adabiy-estetik ideali va badiiy mahorati bilan uzviy bog‘lab o‘rganish maqsadga muofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
- Mirziyoyev Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi (“O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga so‘zlagan nutqidan) – T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2019.
- Sh. Mirziyoyev. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish–xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvidagi ma’ruzasi. “Jahon adabiyoti”. 2017, №8.
- Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 23.9.2020-yildagi O‘RQ – 637-son.
Do'stlaringiz bilan baham: |