Mavzu: ,,Abdulla Avloniy" ning ma'naviy merosi
R e j а:
Аbdullа Аvloniy Yangi o`zbek аdаbiyotini boshlovchilаrdаn biri ekаnligi.
Аvloniy biogrаfiyasi.
Аvloniyning pedаgogik аsаrlаri.
Аvloniy publisistikаsi.
Аvloniy she`riyati.
Аvloniy pesаlаri.
Аbdullа Аvloniy o`zbek jаdid аdаbiyotining yirik nаmoyandаlаridаn biri bo`lib, ХХ аsr so`z sаn`аtimiz tаrаqqiyotigа o`zigа хos hissа qo`shgаndir.
Аbdullа Аvloniy Toshkentning Mergаnchа mаhаllаsidа to`quvchi Mirovlon аkа oilаsidа tug`ildi. Mа`lum bir muddаtdаn so`ng oilа Mirobodgа ko`chаdi. Bo`lg`usi аdib eski mаktаbdа, so`ng mаdrаsаdа tаhsil olаdi. U mustаqil mutolаа bilаn ko`p shug`ullаnаdi. Rus tilini yaхshi bilgаni uchun Orenburg, Qozon, Tiflisdа chiqib turgаn gаzetа-jurnаllаrni kuzаtib bordi. Qisqа muddаt ichidа ziyolilаr orаsidа u mа`rifаtpаrvаr sifаtidа tаnildi vа o`lkаdаgi ijtimoiy-mаdаniy hаrаkаtchilikning fаol nаmoyandаlаridаn birigа аylаndi. Uning bu fаoliyatini 1904 yili Miroboddа usuli-sаvtiya mаktаbini ochishdа ko`rishimiz mumkin.
Хаlqning mаdаniy sаviyasini oshirishdа mаtbuot muhim o`rin tutаdi. Аvloniy bu sohаdа hаm o`z bilimini, kuchini sinаb ko`rdi. U 1907 yili “SHuhrаt” nomli gаzetа chop ettirаdi. Orenburgdа yashirin surаtdа nаshr etilаdigаn “Soldаt” nomli ruschа gаzetаning muhim siyosiy tаshviqotlаrini tаrqаtishdа “SHuhrаt” gаzetаsi ko`p fidokorlik ko`rsаtgаn. 1906-1917 yillаr Аvloniy ijodiy fаoliyatidа kаttа burilish yasаdi. U keng ommаni mа`rifаtli qilishdа, ijtimoiy-ozodlik tuyg`ulаrini kurtаk yozdirishdа judа kаttа jonbozlik ko`rsаtdi. 1909 yildа do`stlаri ko`mаgidа u mаktаb-mаorif ishlаrigа yordаm ko`rsаtuvchi “Jаmiyati хаyriya” ochdi, “Аdаbiyot yoхud milliy she`rlаr” nomli 4 qismdаn iborаt she`riy to`plаmining 1 juzvini nаshr qildirdi. 1913 yili u teаtrchilik ishlаrigа kirishib ketdi. Uning g`аyrаt vа tаshаbbusi bilаn “Turon” teаtr truppаsi tаshkil etildi. Uning а`zolаri 25 kishidаn iborаt edi. Ulаrdаn G`ulom Zаfаriy, SHokirjon Rаhimiylаr хаlqqа tаniqli edilаr. Ungа 1916 yili kelib qo`shilgаn Mаnnon Uyg`ur vа SHаmsiddin SHаrаfiddinovlаr (Хurshid) o`zbek teаtr mаdаniyatining аsoschilаridаn bo`lib qoldilаr. Truppа 1915 yili “Zаhаrli hаyot”, “Bахtsiz kuyov” kаbi drаmаlаrni sаhnаlаshtirdi. Аvloniy o`z truppаsi yanаdа tаkomillаshuvi uchun peshqаdаm ozаrbаyjon vа tаtаr drаmаturgiyasigа murojааt etdi. 1914-16 yillаr dаvomidа Аliаsqаr Аsqаrov (ozаrbаyjon), Zаki Boyazidskiy (tаtаr) bosh rejissyor bo`lib ishlаdi. Аvloniy o`zi hаm truppа uchun sаhnа аsаrlаri yozаdi. SHu tаriqа uning “Pinаk” (1915), “Аdvokаtlik osonmi?” (1916) komediyalаri mаydongа keldi. 1914-16 yillаr dаvomidа truppа Fаrg`onаdа bo`lаdi, ulаrning bu tаshrifi mаhаlliy mаtbuot sаhifаlаridа e`lon qilingаn edi.
Аvloniy 1914 yil bir guruh tаrаqqiypаrvаr Yoshlаr bilаn “Nаshriyot” shirkаtini tuzаdi vа Хаdrаdа “Mаktаb kutubхonаsi” kitob do`konini ochib, mаdаniy-oqаrtuv ishlаri bilаn shug`ullаnаdi. Uning Toshkentdа mаhаlliy muаllimlаr o`rtаsidа siyosiy ishlаr olib boruvchi “O`qituvchilаr uyushmаsini” tuzgаnligi mа`lum. 1917 yilning аprel oyidаn Аvloniy “Turon” nomli gаzetа chiqаrа boshlаydi. Lekin uning ikkinchi sonidаyoq Mirmuhsinning mаqolаsidаgi qаltis gаplаri uchun “SHo`roi Islomiya” vа “Ulаmo” jаmiyatlаri qo`shmа mаjlisidа mаqolа muаllifini hаm, gаzetа muhаrririni hаm “kofir” deb e`lon qilishаdi. Mirmuhsin yashirinаdi, Аvloniy tаvbа-tаzаrrulаr qilib ikkinchi gаzetа chiqаrmаslikkа tilхаt berib qutilаdi. Bu voqeа Rossiya mаtbuotidа hаm shov-shuvlаrgа sаbаb bo`lаdi. SHoirning o`limi munosаbаti bilаn bosilib chiqqаn nekrologdа uning 1918 yil Toshkent shаhаr sovetining а`zosi, eski shаhаr ijroiya komitetining rаisi, 1919-20 yillаrdа Аfg`onistondаgi elchiхonаdа bosh konsul, Turkbyuroning iqtisodiy tа`minot mudiri vаzifаsidа ishlаgаni аytilgаn. SHuningdek, Аvloniy “Ishtirokiyun”, “Qizil bаyroq”, “Kаsаbаchilik ishi” gаzetаlаridа redkollegiya а`zosi vа bosh muhаrrir bo`lib ishlаdi. 20-yillаrdа u pedаgog olim sifаtidа fаoliyat ko`rsаtdi. 1924-29 yillаrdа hаrbiy mаktаbdа, 1925-1934 yillаr dаvomidа O`rtа Osiyo Qishloq хo`jаligi mаktаbidа vа SАGUdа o`qituvchilik qildi, u erdа til bilimi kаfedrаsidа professorlikkа tаsdiqlаndi. Bu ishlаrdаn tаshqаri Аvloniy O`znаshrdа, Terminologiya komiteti Dаvlаt ilmiy kengаshidа qizg`in ish olib bordi. 1933 yili o`rtа mаktаblаrning 7-sinfi uchun аdаbiyot хrestomаtiyasini tuzаdi. Аvloniy 1934 yil 25 аvgustdа Toshkentdа vаfot etаdi.
Аvloniy 30 yildаn ortiq vаqt mobаynidа ijod qildi. O`zi аytgаnidek, o`nlаb she`r vа mаktаb kitoblаri, 4 teаtr kitobi qoldirdi. Uning mаdаniyatimiz tаriхidа tutgаn o`rnigа bаho bersаk, pedаgogik fаoliyati vа poetik merosi diqqаtgа sаzovordir. Аdib mаktаblаr uchun dаrsliklаr tuzgаn “Birinchi muаllim” 4 mаrtа, “Ikkinchi muаllim” 3 borа nаshr etilаdi. ”Ikkinchi muаllim” dаrsligidа 50 dаn ortiq she`riy vа prozаik hikoyalаr bor, yanа ungа Tolstoy vа Krilovdаn erkin tаrjimаlаr kiritilgаn. Аvloniyning tа`limiy-ахloqiy аsаrlаri ichidа “Turkiy Guliston yoхud ахloq” diqqаtgа sаzovordir. Аvloniy bu аsаrini yarаtishdа Sа`diyning “Guliston” аsаrigа suyanаdi.
Аvloniy o`zigа “ Hijron” tахаllusini tаnlаydi vа shu tахаllus bilаn she`rlаr bitаdi.
Аvloniyning mаktаb dаrsliklаri suhbаt usuli bilаn bolаlаrning nutqini uyushtirishdа, bаdiiy so`zlаshuvgа o`rgаtishdа kаttа аhаmiyat kаsb etаdi. 7-sinflаr uchun yarаtgаn хrestomаtiyasidа M.Gorkiy, V.Mаyakovskiy, G`.G`ulom, H.Olimjon, Oybek, K.YAshin, Uyg`un аsаrlаrini birinchi bor mаktаb dаrsliklаrigа kiritаdi hаmdа ulаrning hаyoti vа ijodi hаqidа mа`lumot berаdi. Аvloniy butun ongli fаoliyatini хаlq mаorifigа bаg`ishlаdi.
Аvloniy she`riyati “Аdаbiyot yoхud milliy she`rlаr” to`plаmidа jаmlаngаndir. SHe`rlаrning аsosiy mаzmuni ахloqiy-mа`rifiy, ijtimoiy mаsаlаlаrgа bаg`ishlаngаndir. Ulаrdаn “Mаktаb”, “Ilimа tаrg`ib”, “Millаtgа хitob” she`rlаri mаshhurdir. Аvloniyning komik drаmаlаridаn tаshqаri siyosiy drаmаlаri hаm mаvjud. “Ikki sevgi”, “Biz vа siz”, “Portug`oliya inqilobi” аsаrlаridа ozodlik, milliy uyg`onish g`oyalаri ilgаri surilgаn, lekin bu drаmаlаr tugаllаnmаgаn. Аdibning publisistikа sohаsidаgi yutuqlаridаn mа`rifаtpаrvаrlik shiorlаri bilаn sug`orilgаn mаqolаlаri orаsidа “Mаdаniyat to`lqinlаri”, “Hibzi lison”, “Jаholаt” kаbilаrni аjrаtib ko`rsаtish mumkin. “Аfg`on kundаliklаri” nomli аsаri esа o`zbek publisistikаsi vа memuаr аdаbiyotning yaхshi nаmunаlаridаn biridir. Аsаrdа vаyron qilingаn Turkistonning foje`i mаnzаrаsi tаriхаn hаqqoniy tаsvirlаb berilgаn.
Ko`rib chiqqаnimizdek, Аbdullа Аvloniy o`zbek аdаbiyotining yorqin siymolаridаn biri sifаtidа o`z dаvridа qizg`in fаoliyat olib borgаn.
Taniqli ma`rifatparvar adib Abdulla Avloniy pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo`shgan, o`z asarlarida o`zbek xalqining eng yaxshi an`analarini, ta`lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir.
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida, mayda hunarmand-to`quvchi oilasida dunyoga keldi. Ota-onasi savodli kishilar bo`lganlar. Abdulla Avloniy eski usul maktabini tamomlagandan keyin 12 yoshida madrasaga o`qishga kiradi. U yozda ishlab ota-onasiga yordam qilar, boshqa vaqtlarda o`qir edi. O`ta iqtidorli bo`lgan Abdulla Avloniy 15 yoshida she`rlar yoza boshladi. Dastlabki she`rlarida va «Hijron» degan maqolasida xalqni yangi usul maktablarida o`qib-o`rganishga targ`ib qildi. Avbdulla Avloniy 1907 yilda «Shuhrat», «Osiyo» nomli yangi gazetalar chiqara boshladi, lekin chor amaldorlari tez orada gazetalarni yoptirib qo`yadi. Abdulla Avloniy keyinroq «Sadoyi Turkiston» (1914—1915), «Turon» (1917), «Ishtirokiyun» (1918) gazetalarida, «Kasabachilik harakati» (1921) jurnalida muharrir bo`lib ishlaydi. Shundan so`ng, u o`zbek matbuotning zabardast vakili, o`zbek matbuotning asoschilaridan biri sifatida taniladi.
Abdulla Avloniy xalq orasida ilg`or fikrlarni tarqatishda, ilm va ma`rifatni tashviq qilishda gazeta, jurnallarning roli g`oyat katta ekanligini yaxshi bilar edi. U 1907 yili «Shuhrat», «Osiyo» nomli gazetalar chiqarib unga muharrirlik qiladi. Gazetaning birinchi sonida matbuotning roli, gazetaning vazifasi haqida fikr yuritib, «Matbuot har insonga o`z holini ko`rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong`i kunlarni yorituvchi, xalq orasida ilm, ittifoq, himmat g`oyalari»ni yoyuvchidir deb, baliqning suvsiz yashamog`i mumkin bo`lmagani kabi insonning ham ilmsiz yashamog`i mumkin emasligini uqtiradi.
XX asr boshlarida O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida pedagogik fikrlarning rivojida Abdulla Avloniy alohida o`rin egalladi, butun faoliyati davrida u o`z xalqiga xizmat qiladigan komil insonni yetishtirish, uning ma`naviyatini shakllantirishga alohida e`tibor berdi.
Abdulla Avloniy o`zbek xalqning san`ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta`limi ishlarini yo`lga qo`yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste`dodli pedagogdir.
Abdulla Avloniy o`zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo`lib, o`zbek xalq teatrini professional teatrga aylantirish uchun 1913 yilda «Turon» nomi bilan teatr truppasini tashkil qiladi. Biroq bu truppaning professonal teatrga aylanishi uchun katta to`siqlar bor edi. Chor hukumatining mustamlakachilik siyosati xalqning ijtimoiy ongining uyg`onishiga yordam ko`rsatuvchi teatrlarning barcha shakllariga qarshi edi. Teatrga ana shunday salbiy munosabatda bo`lgan bir paytda Avloniyning teatr truppasini tashkil qilish va ijtimoiy mazmundagi pyesalarni sahnalashtirishi uning xalq ma`rifati yo`lidagi zo`r jasorati edi. Teatrshunos M.Rahmonov Avloniyning teatrchilik faoliyati haqida shunday yozadi:
«Avloniy truppa uchun «Advokatlik osonmi?», «Pinak», «Ikki muhabbat», «Portug`oliya inqilobi» kabi dramalar yozdi, «+otili Karima», «Uy tarbiyasining bir shakli», «Xiyonatkor oilasi», «Badbaxt kelin», «Jaholat», «O`liklar» kabi sahna asarlarini tatarcha va ozarbayjonchadan tarjima qiladi»1. Ammo bu asarlar nashr qilinmadi.
1916 yili ozarbayjonlik mashhur aktyor Sidqiy Ruhillo Toshkentga kelib, «Turon» truppasi bilan birga «Layli va Majnun» spektaklini qo`yadi. Avloniy bu spektaklda +aysning otasi rolini ijro etadi. Truppa a`zolari bilan Avloniy 1914—1916 yillari Farg`ona vodiysida gastrollarda bo`ladi.
Abdulla Avloniy 1917 yil to`ntarishiga qadar Turkistonda juda katta ijtimoiy-ma`rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko`zga ko`ringan namoyandalaridan edi. Abdulla Avloniy ilg`or ziyoli kishilar bilan hamkorlikda teatr tomoshalari va matbuotdan tushgan mablag`larga dunyoviy ilmlarni o`qitadigan «Usuli jadid», ya`ni yangicha ilg`or usuldagi maktablar ochdilar va bu maktablarda xalq bolalarini o`qitdilar. Ular o`z millatlaridan yetuk olimlar, bilimdon mutaxassislar, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod, Vatanni ozod, farovon etishlarini orzu qildilar va bu yo`lda fidoyilik ko`rsatdilar.
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o`quv asbob-jihozlarini o`zgartirdi, o`z qo`li bilan parta va doskalar yasadi. Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag`al kishilarning bolalari bo`lganligi uchun ularni kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta`minlash maqsadida, do`stlarining ko`magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi va bu jamiyatga o`zi raislik qiladi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» nomli kitob do`konini ochdi. Avloniyning maktabi o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalariga ko`ra mashg`ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o`z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qiladi. U o`z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma`lumotlar beradi.
Abdulla Avloniyning ilk o`quvchilardan biri, Toshkent Davlat universitetida uzoq yillar dars bergan taniqli pedagog, marhum Yusuf Tohiriy Avloniy Mirobodda tashkil qilgan maktab haqidagi xotiralarida shunday deb yozgan edi:
«Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yo`l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug`i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida: «Miroboddagi maktab 6 oyda o`qish-yozishni o`rgatarmish, jo`g`rofiya, hisob, tabiatni o`rganish degan darslar o`qitilarmish», — degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko`rishga oshiqardik. Nihoyat bir kuni uch-to`rttamiz borishga jazm qildik.
Maktab pastakkina, nim qorong`u bo`lib, masjid yo`lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasida yorug`lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg`ir ham tushib turardi. Lekin xonada o`quvchilar va domlaning shogirdlari ko`p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, cho`qqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim Avloniy edi. O`qishga qabul qilindik. Ko`p o`tmay ko`z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to`la ishonch hosil qildik. Bolalarimizning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo`lsalar ham mirobodliklar oldida uyalib qoldik. Ular o`qish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabarlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Ayni zamonda bizning eski maktabimiz bo`shab, Miroboddagi Abdulla Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to`ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi1».
Abdulla Avloniy «Usuli jadid» maktablari uchun to`rt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she`rlar» hamda «Birinchi muallim» (1912), «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Ikkinchi muallim» (1915), «Maktab gulistoni» (1917) kabi darslik va o`qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug`lab, o`z xalqini ilmli, madaniyatli bo`lishga chaqiradi.
XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning «Birinchi muallim»i ham o`ziga xos o`ringa ega; «Birinchi muallim» 1917 yil to`ntarishiga qadar 4 marta nashr etilgan. Avloniy uni yozishda mavjud darsliklarga, birinchi navbatda Saidrasul Aziziyning «Ustozi avval»iga suyanadi (dars berish jarayonida orttirgan tajribalaridan samarali foydalanadi).
Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobini, shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobini xrestomatiya deb atasak joiz bo`lar, desak xato bo`lmas.
Kitob maktabni olqishlovchi she`r bilan boshlanadi:
Maktab sizi inson qilur,
Maktab hayot ehson qilur,
Maktab g`ami vayron qilur,
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon!
Maktabdadur ilmu kamol,
Maktabdadur husnu jamol,
Maktabdadur milliy xayol,
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon!
Bu she`rda Avloniy maktabni insonning najot yo`li, hayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch, deb maqtaydi.
Kitobdagi dastlabki berilgan ikki hikoya «Saxiylik» va «Baxillik» deb nomlangan. Birinchi hikoyada o`sha davr turmushiga xos bo`lgan voqyea tasvirlanadi. Said ismli bolaning otasi har kuni o`g`li maktabga ketishi oldidan unga 10 tiyin ovqat puli berardi. Bir kuni Said maktab yo`lida faqir kishini uchratadi.
«O`g`lim ikki kundan beri ochman, taom olib yey desam ustimdagi yirtiq choponimdan boshqa hech narsam yo`q»,— deydi u. Said qo`lidagi 10 tiyinni beradi va o`sha kunni ovqatlanmasdan o`tkazadi. Otasi o`g`lonning olijanobligidan mamnun bo`ladi, «Saxiy Saidim» deb olqishlaydi. Ertasiga 20 tiyin berib yuboradi.
«Baxillik» hikoyasida bir badavlat kishi misolida uning baxilligi, xasisligi, ziqnaligi va pastkashligi ko`rsatiladi.
Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida «Turkiy guliston yoxud axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o`rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir.
«Turkiy guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta`limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi» bir ilm-axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jihatlardan qaraganda bu asar Yusuf Xos Hojibning «+utadg`u bilig», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Sa`diyning «Guliston» va «Bo`ston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Ahmad Donishning «Farzandlarga vasiyat» asarlari shaklidagi o`ziga xos tarbiyaviy asardir.
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib «Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo`lib o`sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo`l uzatmak kabidur», — deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g`oyat katta ahamiyatga ega.
O`zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga «Pedagogiya», ya`ni bola tarbiyasining fanidir», deb ta`rif berdi. Tabiiy bunday ta`rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi.
Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to`rt bo`limga ajratadi: 1. «Tarbiyaning zamoni». 2. «Badan tarbiyasi». 3. «Fikr tarbiyasi». 4. «Axloq tarbiyasi» haqida hamda uning ahamiyati to`g`risida fikr yuritadi.
«Tarbiyaning zamoni» bo`limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta`kidlaydi.
«Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot—yo mamot, yo najot—yo halokat, yo saodat—yo falokat masalasidur» deb uqtiradi, Avloniy.
Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo`lishi avlodlar tarbiyasiga ko`p jihatdan bog`liq, deb hisoblaydi adib.
Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan — uy, bog`cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma`noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo`ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog`ligi haqida g`amxo`rlik qilishi lozimligini uqtiradi.
Avloniyning fikricha, sog`lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma`rifatga ega bo`lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo`lmog`i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o`qumoq, o`qutmoq, o`rganmoq va o`rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir».
Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog`lom qilib o`stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda o`qituvchilarning faoliyatlariga alohida e`tibor beradi.
Bolalarda fikrlash qobiliyatini o`stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug`ullanishi benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog`liqdur».
Ayni zamonda muallif ta`lim va tarbiya uzviy bog`liq ekanini ham ta`kidlaydi: «Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo`lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur»2— deydi.
Abdulla Avloniyning fikricha, inson butun borliqning ko`rki va sharafidir. Inson o`z go`zalligi va murakkabligi bilan koinotdagi barcha mahluqotlardan afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak, chunki inson uning sohibidir. Chunki insonning aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi, ilm tufayli dunyoni boshqaradi.:
«Aql, — deydi Avloniy, — insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur, ruh ishlovchi, aql boshlovchidur. ...insonni hayvonlardan so`z va aql ila ayirmishdur. Lekin inson aql va idroki soyasida o`ziga keladirgan zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo`ynidan boylab, iplarining uchini qo`llariga bergan insonlarning aqlidur». Avloniy insonga va uning aqliga ana shunday yuksak baho beradi. «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari najotidur. Agar aqlingni qo`li nafsingni jilovini ushlasa, sani yomoni yo`llarga kirmoqdan saqlar. Har narsa ko`p bo`lsa, bahosi arzon bo`lur, ammo aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko`paysa, shuncha qimmatbaho bo`lur».
«Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi ma`rifatparvarlik g`oyalarini targ`ib qiladi. Abdulla Avloniy kitobda ilm to`g`risida bunday deydi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g`oyat oliy, muqaddat bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o`z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko`rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o`tkur qilmoq, ... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur...». Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, «Bizlarni jaholat, qorong`ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma`rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe`llardan, buzug` ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g`ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog`lidur».
Adibning obrazli ifodasiga ko`ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag`iz. Uni qo`lga kiritish uchun mehnat qilish, ya`ni chaqib uni po`chog`idan ajratib olish kerak.
U ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u, yoshlarni ilm sirlarini bilishga, hodisalar mohiyatini yechishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, xalq farovonligi yo`lida qo`llanmasa, u o`likdir. A.Avloniy o`z ilmini amalda qo`llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb ataydi.
Abdulla Avloniy o`tmish mutafakkirlari kabi yoshlarni foydali kasb-hunar egallashga chaqiradi. Adib boylik ketidan quvuvchilarni, ularning odamgarchilikka to`g`ri kelmaydigan ishlar bilan shug`ullanayotganini ko`rib, ulardan nafratlanadi. Avloniy yoshlarni boylikka ruju qo`ymaslikka undaydi. Boylikni o`tkinchi bulutga o`xshatadi.
Abdulla Avloniy mehnatsiz kun kechirishni barcha yomon sifatlarning ibtidosi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham u, mehnatni ulug`laydi, mehnat kishining eng go`zal fazilatidir, deydi. Bu jihatdan uning «Aqlli bog`bon» hikoyasi xarakterlidir.
Hikoyada aytilishicha: «bir bog`bonning uch o`g`li bo`lib, ular dangasa va ishyoqmas bo`lganlar. Otada ularga meros qoladigan tangatillo yo`q. Ota umri tugayotganini sezib, farzandlari taqdiridan tashvishga tushadi. O`ylab-o`ylab shunday yo`l tutadi. Har uchchala o`g`lini yoniga chorlaydi. «Ko`zim ochiq ekan, vasiyatimni sizlarga aytib ketay. Mehnatu mashaqqat ila bir ko`za oltin yiqqanman. Uni mana shu boqqa, toklarning birini tagiga ko`mganman. U — sizlarniki. Biroq bu ishga ko`p yil bo`ldi. Harchand urinsam ham ko`milgan joyni xotirlay olmadim. Uni o`zlaringiz izlab topinglar va o`zaro bo`lishib olinglar», deydi. Bir ko`za tilla daragini eshitib uch ishyoqmas uni izlashga tushib ketadi. Bog`ning hamma yerini kovlab chiqishadi. Sirli ko`za chiqmaydi. Yana erinmay kovlashga tushadilar. Kutilgan natija esa hamon yo`q. Shu taxlit bog` ichi bir necha qayta ag`dar-to`ntar qilinadi. Yerlar qazilaverib, tuprog`i upaga aylanib ketadi hamki, oltinli ko`za topilmaydi. Bu orada uzumzordagi toklarning eng chuqur ildizlarigacha ochib ko`riladi. Bog`da o`sha yili chunonam hosil bo`ladiki, undan bir necha ko`zani to`ldirgulik oltin oladilar.» Uch dangasa o`g`illar ota gaplarining asl ma`nosini, oltin — mehnatda ekanligini tushunib yetadilar».
Adib o`sha hikoyachasi bilan mehnatni ulug`la ydi, o`quvchi qalbida mehnatga muhabbat uyg`otadi. Kishi baxt va saodatga faqat mehnat orqaligina yetishishini uqtiradi.
Abdulla Avloniy o`z asarida sabr, toqat, sabot va matonat masalalariga to`xtab, «Har bir ishda sabr ila harakat qilmoq lozimdur. Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdir, maqsadga yetish yo`lidir. Nafsni sabr ila rom qilgan kishi har ishda oshiqmay, ohista harakat qilur. Nafsini halokatdan, g`ururdan saqlar. Sabr shunday bir kuchli narsadurki, shahvatni iffatga, g`azabni shijoatga, shiddatni hilmga, kattalikni tavozu`ga, yomonlikni yaxshilikka aylandurmoqg`a quvvati yetar... Sabr shodlig`ning kalitidur...».
Avloniy intizomni inson xarakterini tarbiyalovchi, mukammallashtiruvchi manba, deb biladi, hamda unga doim rioya qilish kerakligini ta`kidlaydi: «Intizom qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o`z vaqtida tartibi ila qilmoqni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo`lmasa edi, insonlar bir daqiqa yashay olmas edilar. Har bir millatning taraqqiysi va toliysi ishlarini vaqtida, nizomdan chiqarmay tartibi ila yuritilmoqg`a bog`liqdur... Chunki tartib va nizomni rioya qilmagan kishilarning ishlari hamma vaqt notamom, o`zlari parishon bo`lurlar. Ammo ishlarini tartib uzra yuritgan kishilarning ishlari yerda, o`zlari tinch va rohatda o`tkarurlar».
Vatan tuyg`usi eng insoniy va eng mo`tabar tuyg`ulardan biri. Vatanni shunchaki sevish mumkin emas, uning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq u bilan faxrlanmoq kerak. Avloniy Vatan va uning oldidagi burchni shunday tushunadi:
«Har bir kishining tug`ulib o`sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug`ilgan, o`sg`on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi — tuyg`usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o`z vatanidan — uyuridan ayrilsa, o`z yeridagi kabi rohatda yashamas...
Biz turkustonliklar o`z vatanimizni jonimizdan ortiq suydig`imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho`llarini, eskimular shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o`z vatanlarini tashlab hijrat qilur edi», — deydi Avloniy.
Avloniy idrok va zako deb ochuq fikrni, xushtabiat, ziyrak bo`lmoqni tushunadi. U idrok va zakoni ma`rifatparvarlik bilan bog`lab, «yoshlikdan boshlab zehn va idrokimizni quvvatlandurmoq uchun aziz umrimizni o`yin-kulgu, safsata, moloya`ni kabi behuda so`zlar ila o`tkarmay, har xil kitob, g`azeta va jurnallarni o`qub, fikrimizni ochmoq, zehnimizni quvvatlandurmoq lozimdur».
Bu esa Avloniyning xalqni ma`rifatga tashviq qilganidan dalolat beradi. Xususan, shoirning quyidagi she`ri fikrimizning dalili bo`la oladi:
Idrok ila aqling-la ayur yaxshi-yomonni,
Behudaga sarf etma, shu qimmatli zamonni.
Sa`y et, jadal et, ilmu fununa harakat qil,
Boq, nayladilar hikmat ila ushbu jahonni
Abdulla avloniy o`z ona tilini mukammal bilish, har bir so`zni o`z o`rnida ishlatish, milliy adabiy tilining taraqqiysi uchun jonkuyarlik qilish zarur, — deydi. «Har bir millatning dunyoda borligin ko`rsaturg`on oynai hayoti: til va adabiyotidur. Milliy tilni yo`qotmoq millatning ruhini yo`qotmoqdur. Hayhot! Biz Turkistonliklar milliy tilni saqlamoq, bir tarafda tursun kundan-kun unutmoq va yo`qotmoqdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini yopishtirmoqdadurmiz. Durust, rus tilini bilishimi kerak, lekin o`z yerinda ishlatmoq va so`zlamoq lozimdur. Zig`ir yog`i solub, moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmoq tilning ruhini buzadur.
... «Bobolarimizga yetushg`on va yarag`on muqaddas til va adabiyot bizga ham kamlik qilmas. O`z uyimizni qidirsak va axtarsak, yo`qolganlarini ham topamiz. Yo`qolsa yo`qolsin o`zi boshimga tor edi,» — deb Yevrupa qalpog`ini kiyub, kulgu bo`lmoq zo`r ayb va uyatdur».
А d а b i yo t l а r
Tаnlаngаn аsаrlаr. T., “Mа`nаviyat”
Milliy uyg`onish. T., “Universitet”
Qosimov B. Аbdullа Аvloniy (Аdаbiy-pedаgogik portret). T., G`.G`ulom nomidаgi nаshriyot.
Boboхonov А., Mаqsumov M. Аbdullа Аvloniy (Pedаgogik fаoliyati). T., G`аfur G`ulom nomidаgi Аdаbiyot vа sаn`аt nаshriyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |