Xo’llash va xo’llamaslik xodisasi.
Kundalik tajribada suv tomchisi stolning toza sirtida yoyilishi, biroq
yog’li stol ustida yoyilmasligi, deyarli sharcha shaklini olishi kuzatiladi.
Birinchi xolda suv stol sirtini xo’llaydi, ikkinchi xolda esa xo’llamaydi
deyiladi. Xo’llash va xo’llamaslik xodisasi suyuqlik va qattiq jism orasida
o’zaro tasir kuchining namoyon bo’lishiga yaqqol misol bo’la oladi.
Xo’llash xolida suyuqlik molekulalarining bir – biri bilan o’zaro tasir
kuchi, qattiq jism molekulalarining o’zaro tasir kuchidan kichik. Bu kuch
tasirida (shuningdek og’irlik kuchi tasiri ostida) suyuqlik qattiq jism sirti
bo’ylab yoyiladi(41-rasm).
Xo’llamaslik xolida aksincha: suyuqlik molekulalarining bir – biriga
tortishish kuchi qattiq jism molekulalarining o’zaro tasir kuchidan katta,
natijada suyuqlik shar shakliga yaqin shaklni oladi(42-rasm). Suyuqliklar
tomchilarining yassilanishi – og’irlik kuchi tasiri suyuqlik molekulalarining
qattiq jism molekulalari bilan o’zaro tasirlashishi natijasidir.
Xo’llash o’lchovi bo’lib xo’llanuvchi sirt va suyuqlik sirtiga o’tkazilgan
urinma o’rasidagi
𝜃 burchak xisoblanadi. Bu burchakni xo’llanish burchagi
yoki chegaraviy burchak deb ataladi.
Xo’llanish va xo’llamaslik xodisalari turmushda va texnikada juda katta
axamiyat kasb etadi. Agar suv bizning tanamizni xo’llamaganda edi, dushda
cho’milish befoyda bo’lar cho’milish jarayonini faqat yutuvchi modda
yordamida amalga oshirish mumkin bo’lar edi. Yaxshi xo’llanishni, masalan,
bo’yashda va artishda, payvandlashda, oqartirish va boshqa texnologik
jarayonlarda kuzatiladi. Aksincha, gidroizolyasion inshoot qurilayotganda suv
bilan xo’llanmaydigan modda zarur bo’ladi.
Agar suyuqlikni shu suyuqlik bilan xo’llanadigan materialdan yasalgan
idishga quyilsa, u xolda suyuqlik sirti idish devorida egrilanadi. Suyuqlikning
bir qismi idish devori bo’ylab ko’tariladi(43-rasm). Bu suyuqlik molekulalari-
ning idish devorlari bilan o’zaro tasir kuchi suyuqlik molekulalarining bir –
birlari bilan o’zaro tasirlashishidan katta bo’ladi.
54
Abduhamidov F.A.
Agar suyuqlikni shu suyuqlik bilan xo’llamaydigan materialdan yasalgan
idishga quyilsa, uning sirti idish devorida 44-rasmda ko’rsatilgandek bo’ladi.
Suyuqlikning qattiq jism bilan tegib turgan chegarasi yaqinidagi egilgan
sirti menisk (grekcha <> so’zidan olingan bo’lib, yarim oy degan
manoni bildiradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |