KAPILYAR XODISALAR
Shu vaqtgacha suyuqlikning sirt qatlamida uning bug’i bilan chegarasidagi
xodisa qarab chiqildi. Bu xolda suyuqliklar molekulalarining bug’
molekulalari bilan kuchsiz o’zaro tasirini xisobga olmaslik mumkin edi.
Suyuqlikning sirt qatlamida uning qattiq jism (yoki boshqa suyuqlik) bilan
chegarasida murakkab xodisa sodir bo’ladi. Bunday xolda suyuqliklar
molekulalari qattiq jism molekulalari bilan o’zaro tasirlari sezilarli va uni
xisobga olmaslik mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |