Abdiyeva quysintosh azadovnaning



Download 0,81 Mb.
bet4/7
Sana24.04.2017
Hajmi0,81 Mb.
#7485
1   2   3   4   5   6   7

II BOB BO`YICHA XULOSA

1. Ulug` yozuvchilar, iste`dodlarning tug`ilishi haqida sinfdan tashqari o`qish darslarida qiziqarli ma`lumotlarni so`zlab berish, ya`ni ulardan o`quvchilarni xabardor qilish mustaqil kitob mutolaa qiladigan o`quvchini tarbiyalashga katta yordam beradi.

2. Sinfdan tashqari o`qishning jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan tizimi o`quvchilarni o`qishga qiziqtirish, ularning fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob bilan ishlash usullarini o`rgatish, og`zaki nutqini o`stirish, muntazam ravishda kitob o`qib borishga rag`bat uyg`otish – ma`naviy madaniyatini yuksaltira borish kelajak avlodni o`qitish va tarbiyalash jarayonidagi asosiy masalalardan hisoblanadi.

3. Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari o`qish darslari samaradorligini ta'minlovchi intеrfaol mеtodlardan foydalanish, o`qitishning noan'anaviy usullarini qo`llash juda muhimdir. Jumladan, sinfdan tashqari o`qish darslarida uyushtiriladigan o`yinlar ko`ngilochar mashg`ulot bo`lmasdan, ta'limiy xaraktеrga ega bo`lishi, o`rganilayotgan asar mavzusini o`zlashtirishga, asar yuzasidan ta'limiy va tarbiyaviy xulosa chiqarishga qaratilishi lozim.

4. Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy matnning lisoniy tahliliga ham e`tiborni kuchaytirish lozim. O`quvchi barglari to`kilib, sovuqda qor bosib turgan daraxtlarni ko`rar ekan, shu holatni ifodalaydigan so`z va iboralarni topib fikrini bayon qila olishi zarur.

III BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA

DOIR TAJRIBA-SINOV ISHLARI MAZMUNI.


    1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil etish

Badiiy adabiyot insonlar hissiyotiga so`z vositasida kuchli ta`sirini o`tkazadi. Uning jozibasi badiiy matnni ifodali o`qish va tahlil orqali ochiladi. O`quvchida undan zavq ola bilish tuyg`usini yuzaga keltirish uchun sinfda o`qish darslarini qiziqali tashkil etmoq lozim. Sinfda o`qish darslarida o`rganiladigan asarlar asosida o`quvchida o`sha yozuvchi va shoir ijodiga qizizqish uyg`otiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, sinfda o`qish darslarining vazifasiga o`quvchining mustaqil kitob mutoaala qilishga o`rgatish ham kiradi.

O`qish darslarida badiiy asar syujeti voqealari o`rtasidagi bog`lanishlar, qahramonlarning fe`l-atvori, asar mavzusi, tili o`rganilsa, o`quvchi sinfdan tashqari o`qigan asarining ham shu tomonlariga e`tibor qaratadi. O`qigan asarlari yuzasidan o`z fikr-mulohaza yuritishga o`rganadi. O`quvchilarning o`qiganlarini og`zaki va yozma tarzda izchil ifodalashda so`z boyligiga ehtiyoj sezadi. Bu asar tilini o`rganish kerakligini anglashiga olib keladi. Shu tariqa bolada mustaqil o`qishga qo`yiladigan talablarni anglash hissi paydo bo`ladi. Bu mustaqil badiiy asar o`qiydigan faol kitobxonning mustaqil o`qish mazmuni negizini tashkil etadi.

Maktab bolani o`qish malakasi bilan qurollantiradi,shuning bilan birga kitobni mustaqil o`qiy oladigan, uni tushunadigan, muntazam o`qib borishini talab qiladigan, faqat qiziqarli kitoblarnigina emas, balki gazeta va jurnallarni ham o`qiy oladigan faol kitobxonni tarbiyalashi lozim. Bu vazifalarni amalga oshirishning samarali metod, usul va vositalarini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlari tashkil etildi.

Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish uchun:


  1. o`qituvchilarning;

  2. o`qituvchilarning tayyorgarlik holati o`rganib chiqildi.

Buning uchun Toshkent shahridagi 135-maktabning 12ta boshlang`ich sinf o`qituvchisi, 120ta o`quvchi tanlab olindi.

O`z oldimizga qo`ygan maqsad va vazifamizni bajarish uchun sinfdan tashqari o`qish darslarini kuzatdik. Anketa so`rovnomalariga javob oldik. O`quvchilar bilan suhbatlashdik. Tarixiy sanalarga bag`ishlangan tadbirlarda o`quvchilarning ishtirokini kuzatdik.

O`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishda o`qituvchining o`rni beqiyos.Shuning uchun ularning STO` darslarini tashkil etish va o`tkazish borasidagi faoliyatlarini aniqlash maqsadida so`rovnoma o`tkazildi.

So`rovnomada jami 12 ta o`qituvchi ishtirok etdi.

Boshlang`ich sinf o`qituvchilaridan quyidagi anketa savollariga javob oldik:

1. O`quvchilarda sinfdan tashqari mustaqil badiiy asarlarni o`qishga qiziqish uyg`otish uchun nima qilish kerak deb o`ylaysiz?

2. Yaqin kunlarda qaysi yozuvchi va shoir bilan uchrashuvlar tashkil qildingiz? Tadbir rejasi bormi?

3. O`quvchilarning kitob olib mustaqil o`qishi uchun kutubxona fondi va sharoiti sizni qoniqtiradimi?

4 O`quvchilarning mustaqil ravishda kitob o`qishlarini qoniqarli deb hisoblaysizmi?

5. O`quvchilar o`qigan asarlarni qanday usullar bilan hisobga olib borasiz?

6. O`quvchilar qaysi bolalar yozuvchilari ijodiga qiziqadilar?

7. Sinfdan tashqari o`qish mavzularini nimaga asoslanib tanlaysiz?

“O`quvchilarda sinfdan tashqari mustaqil badiiy asarlarni o`qishga qiziqish uyg`otish uchun nima qilish kerak deb o`ylaysiz?” – degan savolimizga 8 nafar o`qituvchi o`z fikrlarini bayon qilishgan. O`quvchilarga kitoblar ko`rgazmasi tashkil qilish, yozuvchilar bilan uchrashuvlar o`tkazish, ular bilan o`quvchilarning bevosita muloqotini tashkil qilish kerak deb aytdilar. Lekin kitoblar ko`rgazmasi tashkil qilinmagan, o`quvchilarni qiziqtiradigan kitoblar ro`yxati o`qituvchi tomonidan tuzilmagan. O`qituvchidan ”Gulgina” kitobini ko`rganmisiz?- deb so`radik. O`qituvchi uni ko`rmagan. Ular ”Kitobim - oftobim” qo`llanmasidan chetga chiqishga hayiqishadi, erkin harakat qilishmaydi. Vaholanki, badiiy adabiyot olamida har kuni yangilik bo`ladi.Shu savolga 4-nafar o`qituvchi javob bera olmagan.

So`rovnomadagi 2-savolga ijobiy javob ola olmadik.

Kutubxona fondi va sharoiti sizni qoniqtiradimi savoliga barcha o`qituvchilar qoniqtiradi javobini berganlar.Kitoblar yetarli ekanini qayd qilganlar. 3-savolga 8 nafar o`qituvchi qoniqtiradi, 4-savolga barcha o`qituvchilar ertaklarga qiziqadilar deb yozishdilar.

O`quvchilarning mustaqil ravishda kitob o`qishlarini qoniqarli deb hisoblaysizmi? savoliga 10 nafar o`qituvchi qoniqarsiz, 2 nafar o`qituvchi qoniqarli deb yozgan.

“O`quvchilar o`qigan asarlarni qanday usullar bilan hisobga olib borasiz?” savoliga so`rovnoma o`tkazilgan barcha o`qituvchilar darsda suhbatlashaman, deb javob berishdi, aslida turli tadbirlardagi ishtiroki, yozma ishlari orqali ham hisobga olib borilishini bilmadilar. Kitob ko`p o`qigan bolalar aqlli, fanlarni ham yaxshi o`zlashtiradilar, muomalasi ham yaxshi, hurmat qilishni biladilar deb,lekin mustaqil kitob o`qiydigan bolalar kamligini qayd etdilar.

6-o`quvchilar qaysi bolalar yozuvchilari ijodiga qiziqadilar savoliga 4- nafar o`qituvchi Xudoyberdi To`xtaboyev, Anvar Obidjon, Tursunboy Adashboyev kabi yozuvchi asarlarni ko`rsatganlar.

“Sinfdan tashqari o`qish mavzularini nimaga asoslanib tanlaysiz? Vatan mavzusida qaysi kitoblarni tavsiya qildingiz?” savoliga 6 nafar o`qituvchi mavsumiy tamoyilga asoslanib, o`qish darsidagi mavzularga asoslanib, 6 nafar o`qituvchi “Kitobim-oftobim”dagi mavzuni tanlayman deyishdi.

4-jadval

Oqituv

chilar soni

javoblar

1-savol

2-savol

3-savol

4-savol

5-savol

6-savol

7-savol

12


qoniqarli

8

-

8

12

2

4

6

qoniqarsiz

4

-

-

-

10

8

6

O`qituvchilar o`quvchilarning mustaqil kitob o`qishlarini hisobga olib boradigan daftar tutmaganlar, sinfdan tashqari o`qish darslari ishlanmalari kuzatilganda, qo`shimcha ish turlari, ta`limiy o`yinlar, test topshiriqlari tuzmaganliklari ko`rinib qoldi. O`quvchilarni sinfdan tashqari mustaqil kitob o`qishga qiziqtirish usullari talab darajasida qo`llanmayotganini aniqladik. O`quvchilarning ko`pchiligi darslik materiallarini o`qish bilan cheklanib qolyaptilar.

Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish uchun o`quvchilarning tayyorgarlik darajalarini ham o`rgandik. Bunda DTS talablariga asoslandik. O`quvchilarning tayyorgarligi o`rganishda quyidagilarga diqqat qaratildi: 1) o’qish tezligi; 2) so’z ma’nolarini tushuna olishlari; 3) gap tuza olish malakalri; 4) mustaqil ishlarni bajara olish ko’nikmalari ko’rsatilgan. Natija quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.

5-jadval


O`quvchilar soni

O`qish tezligi

So’z ma’nolari tushun.

Gap tuza olish

60 ta

4-sinf


qoniqarli

qoniqarsiz

qoniqarli

qoniqarsiz

qoniqarli

qoniqarsiz

54

6

50

10

42

18

O`quvchilar bilan suhbatlashganimizda, o`qigan asarlarining nomini aytsa, yozuvchisining nomini aytib bera olmadilar. Asar mazmunini qisqa qilib so`zlash bilan cheklandilar. O`qigan kitoblarini qayd qilib boradigan dafta tutmaganlar. ”Bolalar yozuvchilaridan kimlarni bilasiz?”, ”Anvar Obidjonning qaysi asarini o`qigansiz?” savollarimizga sinfda o`qigan asarlarini va yozuvchilarning ayrimlari nomlarini keltirdilar. ”O`qituvchingiz bilan o`qigan kitoblaringiz haqida suhbat qilganmisiz?” degan savolimizga ”ha” deb javob berdilar. O`qituvchi faol o`quvchilar bilan individual suhbatda bo`lmagan.

Sinfdan tashqari o`qish darslarini kuzatdik. Dars jarayonida o`quvchilar badiiy adabiyotni o`qib-o`rganishga qiziqishlari kuchli ekanini aniqladik.

Kuzatish va anketa so`rovnomalarimiz tahlili shuni ko`rsatdiki, o`quvchilarning mustaqil o`qishiga o`qituvchilar yetarli darajada e`tibor bermaydilar. Ular sinfda o`qish darslarida badiiy asar mazmunini o`zlashtirishlariga e`tibor bergan holda shu yozuvchining asarlarini namoyish qilib, boshqa asarlarini o`qishga tavsiya qilmayaptilar. Biror yozuvchini ijodini targ`ib qilmadilar.

Badiiy asar matnida qo`llangan tasvir vositalariga o`quvchilarning diqqatini qaratib, badiiy asarning jozibasini namoyish qilmadilar.

Sinfdan tashqari o`qish darslari muntazam o`tkazilmayapti va dars uchun reja tuzilmagan, dars ishlanmasi tayyorlanmagan.

Mustaqil o`qish uchun kitob targ`ib qilish uchun adabiyotlar ro`yxati tuzilmagan, sinfga ilib qo`yilmagan. Sinflarda”Sinfdan tashqari o`qish” burchagi tashkil qilinmagan.

O`quvchilarning kitob olib mustaqil o`qishi uchun kutubxona fondi va sharoitini o`rgandik. Kutubxonada bolalar yozuvchilari asarlari bor, lekin keyingi yilda nashr qilingan, horijiy bolalar yozuvchilarini yangidan tarjima qilingan asarlari yo`q. Lekin sinfdan tashqari o`qish uchun nashr qilingan “Kitobim - oftobim” qo`llanmasining oxirgi nashri. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, kutubxonalarda ma`lum darajada kitob olib o`qish imkoniyati mavjud. Lekin kutubxona fondini boyitish zarur.

O`quvchilar bilan suhbatda ularning Anvar Obidjon asarlarini, Xudoyberdi To`xtaboyev asarlarini sevishlarini aytishdi. Lekin Dilshod Rajab, Tursunboy Adashboyev, Aziz Abdurazzoq, Gans Xristian Andersen, Aka-uka Grimlarning asarlaridan parchalar o`qib berganimizdan so`ng, ularning ijodiga bag`ishlangan sinfdan tashqari o`qish darslarida ular bilan tanishish istagini bildirishdi.

Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`qib o`rgangan asarlarining mazmunini gapirib berishlarini so`raganimizda, o`quvchilar asar nomini, yozuvchisining nomini aytib bera olmadilar. Multfilmlarda, ertaklarning mazmunini so`zladilar.

Sinfdan tashqari o`qishning ta`limiy-tarbiyaviy maqsadiga erishish o`qituvchidan, avvalo, pedagogik mahorat, psixologik yondashuv va bolalar adabiyoti haqida, adabiy jarayon haqida bilim talab etadi.

Boshlang`ich sinf o`qituvchisi mutaxassis sifatida pedagogik muloqot ustasi bo`lishi, uslubiy bilimlarni egallagan bo`lishi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan hal qilishi va baholashi, pedagogik ta`sir ko`rsatishning maqbul usullari va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak.

Biz mana shu nuqtai nazar asosida tajriba maydonchasi sifatida tanlagan maktablarning boshlang`ich sinf o`qituvchilarining sinfdan tashqari o`qish jarayoni bilan bog`liq nazariy bilimlari hamda ularni amaliyotda qo`llash darajasini tahlil qilishga harakat qildik. Tadqiqiy tahlil suhbat, so`rovnomalar, test topshiriqlarini berish, nazariy va emprik (amaliy) tekshirish metodlari yordamida olib borildi. Muammoga doir kuzatish ishlari sinfdan tashqari holatlarda va bevosita ta`lim jarayonida olib borildi.

Sinfning sinfdan tashqari o`qish bo`yicha jihozlanishi kuzatilganda, sinfdan tashqari o`qish burchaklari yo`qligi, sinf kutubxonasida kitoblarning yo`qligi, o`quvchilar qo`li bilan kitobchalar yasalmaganligi, mustaqil o`qish uchun choraklarga mo`ljallab adabiyotlar ro`yxati tuzilmaganligi, o`qish uchun kitoblar tavsiya etilmaganligining guvohi bo`ldik.

O`qituvchilar o`quvchilarni kutubxonaga a`zo qilgani holda ularning kutubxona bilan aloqasini kuzatib borishmagan. Har sinfda 4-5ta bola kutubxonaga boradi. Uni biz o`quvchining kutubxonaga a`zoligi daftarchasi orqali aniqladik.

Kutubxonachi bilan suhbatda ”Qaysi bolalar bilan suhbat qilgansiz? Suhbatni qaysi daftaringizga qayd qilib borgansiz?” savolimiz javobsiz qoldi. Kutubxona fondida kitoblar bor. Biz ”Qaysi boshlang`ich sinf o`qituvchisi sizga iyul va avgust oylarida olib kelishingiz kerak bo`lgan kitoblar ro`yxatini berdi?” degan savolimizga o`qituvchilar og`zaki aytishgan deb javob berdi.


”Siz 1 -4- sinf o`quvchilariga alohida yoshiga mos qaysi kitoblarni tavsiya qilasiz? Oxirgi yangi keltirgan bolalar kitobini ko`rsating” degan savolimizga o`ylanib qoldi.

3-sinfda o`qituvchi darsda o`quvchilarga ”Kitobim - oftobim” kitobidagi asarlarni oqitdi. O`quvchilarning o`qish ko`nikmalari yaxshi shakllangan. O`qiganlarini qayta hikoyalab berdilar. Asar qahramonlariga baho bera oldilar. O`zlariga tarbiyaviy xulosa ham chiqardilar. So`ng T.Adashboyevning ”Uch Bo`taloq va sirli qovoq” (teskari ertagi)ni o`qitdi. Lekin darsda qator kamchiliklarga yo`l qo`yildi. Birinchidan, ”Uch Bo`taloq va sirli qovoq” ertagini o`qishga o`quvchilar tayyorlab olinmadi. Shu asarni yozgan shoirning – T.Adashboyevning ijodi haqida ma`lumot berilmadi. Asarlari ko`rgazmasi tashkil qilinmadi. Vaholonki, T.Adashboyevning ”Orzularim – qo`sh qanotim”, ”Kamolning olmasi”, ”Arslonbob sharsharasi”,”Oqburra to`lqinlari” nomli she`riy to`plari boq edi. O`quvchilarni qiziqtirish uchun uning asarlari ko`rgazmasi tashkil qilinsa, ayrim asarlaridan parchalar o`qib berilsa maqsadga mufoviq bo`lardi. Asar matni tahlili juda sayoz o`tdi. She`riy ertakdagi eng muhim o`rinlarga savollar yordamida o`quvchilarning diqqati qaratilmadi. Masalan:

-Ertakka nima uchun ”Uch Bo`taloq va sirli qovoq” deb nom qo`yilgan?

-Nima uchun Bo`taloqlar nor bo`ldi deganda nimani tushundingiz? (nor - tuya)

- Uch tuyani nima uchun uch baytalga almashdi?

-Yigit almashtirgan narsalarni tartib bilan ayting.

-Yigit nima shunday ahvolga tushib qoldi? Uning savdogarchilikda tajribasi bormidi?

-Haqiqatan han qovoq sirli bo`ladimi yoki Nodirbekning xom-xayolimi?

-Ertakdan qanday xulosaga keldingiz? Kabi savol-topshiriqlar ustida ishlanishi lozim edi. O`quvchilar ertak she`r sifatida qabul qilinib, ifodali o`qitish bilan cheklanildi.

Kuzatilgan darslardan shunday xulosaga keldik: boshlang`ich sinfda o`quvchilarning mustaqil kitob o`qimasligining sababi sinfdan tashqari o`qish darslarining to`g`ri tashkil qilinmayotganligidadir.

1-sinfda tashkil qilingan sinfdan tashqari o`qish darsida o`qituvchi bir asarni bir necha marta o`qib berdi, o`zi gapirib berdi. Buning o`rniga asarga ishlangan rasmlar olib kirib, uni doskada korsatib, o`quvchilarning o`zlariga qayta hikoyalatsa samarali bo`lardi. Har bir o`qiladigan asarga ko`rgazma tayyorlash og`ir, lekin kitobdagi rasmni kattalashtirib ko`rsatish mumkin. Ertak qahramonlari maketlari tayyorlanib o`qish davomida ularni harakatlantirib borilsa, 1-2- sinf o`quvchilarining qiziqishlari ortardi va diqqatini ertak eshitishga qaratar edi.

Ayrim o`qituvchilar sinfdan tashqari o`qish darsida ”O`qish kitobi”dagi asarlarni oqitdilar. O`quvchilar bu qaysi dars ekanini ham bilmadilar.

Kuzatishlarimiz asosida shunday xulosaga keldik:

1.Ko`pgina o`qituvchilar sinfdan tashqari o`qishning mazmun-mohiyati haqida to`la ma`lumotga ega emaslar. Buning sababi boshlang`ich sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olib tanlangan asarlar ro`yxatining yo`qligi, ikkinchidan, sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish bo`yicha, o`quvchilarni mustaqil kitob o`qishga qiziqishlarini oshiradigan usullar yoritilgan metodika kitoblarining yo`qligidir. O`quvchilarning kitob o`qish darajasi, mustaqil o`qish ko`nikmalarini baholash bilan bog`liq masalalar ham hal qilinishi lozim.

2.O`quvchilar, o`quvchilar va kutubxonachilar bilan o`tkazilgan suhbatlar, so`rovnomalar, darslarni kuzatish jarayonida o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish jarayonidagi ayrim kamchiliklar aniqlanib qilinishi lozim bo`lgan ishlar rejasi tuzildi.

3. Tajriba-sinov ishlarini olib borish uchun tanlangan sinf o`qituvchilari va o`quvchilarining tayyorgarlik darajalari o`rganilishi natijasida, ular bilan tajriba-sinov ishlarini olib borish mumkinligiga ishonch hosil qilindi.


3.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili
“Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Milliy dastur”da o`quvchi yoshlarning iste`dodini oshrishga aljohida e`tibor qaratilgan. Boshlang`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish darslari bu borada katta imkoniyatlarga ega. O`qituvchi o`quvchilarning iqtidori bilan bog`liq qibiliyatlarini ularning o`qigan kitoblariga bo`lgan munosabatida, chiqargan xulosasida va nutqlaridan bilib oladi.

O`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish bo`yicha olib borilayotgan ishlarni o`rganish maqsadida Toshkent shahridagi 135-maktabda kuzatuv ishlarini olib bordik. Tajriba-sinov ishlari davomida ish tajribalari, ma`lumotlarni turlicha bo`lgan o`qituvchilar bilan suhbatlar, so`rovnomalar o`tkazildi, darslar kuzatildi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining badiiy asarni mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish boshlang`ich ta`lim tizimida naqadar dolzarb muammo ekanligi ma`lum bo`lsa-da, bunga ta`lim jarayonida yuksak talab asosida yondashilmayapti. Biz o`tkazgan tajriba-sinov ishlarining asosoiy maqsadi boshlang`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy asarni mustaqil o`qish, unga munosabat bildira olish, to`g`ri xulosa chiqarish, o`qigan asari bilan hayotda ko`rganlarini taqqoslash va baholash bo`yicha ta`lim mazmunini belgilash, o`qitish usullarini sinovdan o`tkazish hamda uning samaradorlik darajasini aniqlashdir. U quyidagi ikki bosqichda amalga oshirildi:



  1. Tadqiqot muammolariga oid adabiyotlarni o`rganish, tadqiqotning maqsadi, farazlarini aniqlash, qayd qiluvchi tajribalarni o`tkazish, dissertatsiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish – 1910-2011- yillar.

2. Umumiy o`rta ta`limning boshlang`ich bosqichi bazasida tajriba- sinov ishlarini o`tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalash – 2011-2012- yillar.

Natija va xulosalarning asosli va haqqoniyligi anketa ma`lumotlari va o`quvchilarniig yozma ishlari ko`rsatkichlari bilan asoslaniladi.

Nazorat sinflarida sinfdan tashqari o`qish darslari dastur talablariga ko`ra mavzular asosida, tajriba sinflarida mustaqil o`qish uchun badiiy baquvvat asarlar tanlandi, darslar va darsdan tashqari ishlar ilg`or usullardan foydalanib tashkil etildi.

Sinfdan tashqari o’qish dasturning mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi: Birinchi bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi. Ikkinchi bosqichda shu o’quv materiallar asosida bilim, ko’nima va malakalar shakllantiriladi.

Tajriba-sinov ishlarining samaradorligini belgilash ishi me`yorlar ishlab chiqishni taqozo etadi. Biz ta`lim mazmunidan va badiiy asarni tanlashga qo`yiladigan talabdan, sinfdan tashqari o`qish bosqichlariga amal qilgan holda quyidagi mezonlarga asoslandik:

O`quvchilarning sinfdan tashqari o`qilgan asarlari mazmunini va asarda ilgari surilgan tarbiyaviy g`oyasini anglash malakasi. Ushbu malaka sinfdan sinfga o`tgan sari badiiy asar sujeti va kompozitsiyasining murakkablik darajasi, hajmiga qarab murakkablasha bordi. Chunki 1-sinf o`quvchilari uchun yarim sahifali, 100 tagacha so`z bo`lgan, 3-5 daqiqaga mo`ljallangan asarni o`qib berish dasturda qayd etilgan. Chunki 1-sinfda o`quvchi bir daqiqada 25-30 so`z o`qiydi. 2-sinf dasturida 40-50 so`z o`qiy olish, mazmunini qayta bayon qila olishlari talab etiladi27.

3-4-sinflarda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida o’quvchilarning mustaqil o’qishlari uchun kishilarning hayoti yorqin tasvirlangan, ularning ma’naviy-ahloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etildi. Jumladan, o’quv materiali sifati sarguzashtlarga boy asarlar, ona tabiat sahovati, kishilarning o’zaro mehr-muhabbati tarannum etilgan, buyuk ajdodlarimizning olamshumul faoliyatlari ko’rsatilgan ahloqiy-ma’rifiy hikoyalar, tarixiy badialar, istiqlol to’g’risidagi ilmiy-ommabop maqolalar bilan tanishtirishga ahamiyat berildi.

O’quvchilarning bolalar kitobi, gazetasi va jurnallari bilan mustaqil ishlashda sinf va maktab kutubxonasi bilan hamkorlikni to’g’ri yo’lga qo’yish sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Yuqoridagi mezonlar asosida 1-4- sinflarda o`rganiladigan asarlarni tanlab oldik, reja tuzib chiqdik. Reja tuzishda o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishda uzviylik tamoyiliga amal qilindi.Rejada belgilangan interfaol usullarda o`tishga diqqat qaratildi.

Sinfdan tashqari o`qish darsini maxsus tayyorgarlik bilan tashkil qilganimizdan so`ng ular o`qilgan asar nomini, yozuvchisining ismi va familiyasini aniq va to`liq aytishdi, asar mazmunini uning badiiy vositalarini qo`llab gapirib berishdi. Biz maxsus tashkil qilgan sinfdan tashqari o`qish darsidan so`ng o`quvchilar asar mazmunini to`liq, mukammal va muayyan izchillikda o`zlashtirib olishlari mumkinligini bildik.

O`quvchilar badiiy asarning bajargan badiiy-estetik vazifasini qay darajada anglay olyotganliklarini aniqlash maqsadida “Siz “Noxotpolvon” ertagidan qanday xulosaga keldingiz?” savolini berganimizda oddiy qilib noxotpolvonning qilgan ishlarini gapirib berdilar. Farzandning vazifasi, ota-ona orzusi haqida o`ylab ko`rmadilar ham. Bundan sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy matn tahliliga e`tibor sust degan xulosaga keldik.

O`qituvchidan ”O`quvchilarning mustaqil o`qigan asarlarni qanday usul bilan hisobga olib boryapsiz?” degan savolimizga: ”3-4- sinfda jurnalga baho qo`yaman” deb javob berdi. Shu bahoning mustaqil o`qishning sifatini hisobga oluvchi kreteriylarini: mustaqil ravishda nechta asar o`qiganini, yozuvchilarning asarlarini tanlay bilishini, ularga munosabat bildira bilishini, tadbirlarda o`qigan asarlari bilan qatnashishini hisobga olinishini aytib bera olmadilar.

Bir o`quv yili davomida yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar o`tkazilmagan. Biz Tursunboy Adashboyev, Anvar Obidjon, Dilshod Rajab, Abdurahmon Akbar bilan uchrashuv tashkil qilganimizdan so`ng, ularning nashr qilingan asarlarini ko`rsatganimizdan so`ng mustaqil o`qish qiziqishlari ortdi.

O`quvchilar bilan suhbatda “O`zingiz qaysi yozuvchi ijodiga qiziqasiz? Shu kunlarda qaysi yozuvchining qaysi asari o`qiyapsiz? Degan savolimizga ijobiy javob olmadik. “Men sevgan yozuvchi”, “Men sevgan asar” mavzusida yozma ish oldik. O`quvchilar sinfda o`qish darsida o`qigan asarlarining nomini yozishgan.

Badiiy asarning o`quvchilarning badiiy didini o`stirishini, dunyoqarashini shakllantirishini, hayotiy voqealarga mustaqil munosabatini shakllantirishini hisobga olsak, matnni lingvodidaktik tahlili o`quvchilar nutqini boyitish va o`stirishga xizmat qilishini nazarda tutsak, sinfdan tashqari mustaqil o`qishning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati ayon bo`ladi.

O`quvchilarning sinfdan tashqari mustaqil o`qish ko`nikmalarini aniqlashda quyidagi mezonlarga amal qildik:

1. Sinfdan tashqari o`qish darsida o`qigan asarlari asosida biror yozuvchi va shoirning ijodiga doir asarlarni topib o`qishi darajasi.

2. Yil davomida o`qishi tavsiya qilingan asarlarni kutubxonadan olib, mustaqil o`qigani darajasi.

3. Mustaqil o`qigan asarlari voqealari va uning g`oyasiga tayangan holda biror voqealar mustaqil munosabatda bo`la olish va tog`ri xulosa chiqara olish darajasi.

4. Sinfdan tashqari o`qishning inson hayotidagi o`rnini va ahamiyatini izohlay olish ko`nikmasi.

Boshlang`ich sinfda badiiy asarni mustaqil mutolaa qilishga o`rgatish bilan bogliq bo`lgan metodik tizimning asosiy mohiyati o`quvchilarning ongida badiiy asar bilan bog`liq bo`lgan tasavvur, bilim va ko`nikmalarni shakllantirish, ulardan hayotda voqealarga to`g`ri munosabatni shakllantirishdan iboratdir.

Tajriba jarayonidagi maqsadlarimizga quyidagilar kiradi:

1. O`quvchilarda mustaqil ravishda badiiy asarni mutolaa qilish hamda kitob tanlay olish ko`nikmasini shakllantirish.

2. Badiiy asarning estetik ta`sirini his qila bilishlariga va shu asosda hayotdan zavq olishga o`rgatish.

3. Mustaqil fikrlash va hayot voqealaridan to`g`ri tarbiyaviy xulosalar chiqarish ko`nikmasini hosil qilish.

Mustaqil kitob mutolaa qilish ko`nikmasini shakllantirish uchun o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari orasidagi uzviylik va uzluksizlik tamoyiliga amal qilish, fanlararo integratsiyaga tayanish lozim.

Biz mavzumiz doirasida eksperiment sinf uchun maxsus dars ishlanmalarini tayyorladik, kontrol sinflarda esa qo`llanib kelinayotgan metodika asosida darslarni tashkil qildik. Toshkent shahridagi 135- maktabda eksperiment o`tkazildi. Eksperiment sinflar kesimida o`tkazildi.

Birinchi sinf o’quvchilarining kitob bilan mustaqil faoliyatini shakllantirish uchun sinf kutubxonasida hafta davomida kitoblar ko’rgazmasini tashkil etdik.

Ikkinchi sinfda esa kitoblar ko’rgazmasi mavzular asosida tashkil etildi. Masalan, vatan, istiqlol, tabiat, ahloqiy-ma’naviy qadriyatlar, buyuk ajdodlarimizning qahramonona jasoratlari kabi mavzular shular jumlasidandir. Bunday kitob ko’rgazmalari hamda tavsiya etilayotgan kitoblar ro’yxati o’quvchilar saviyalariga mos asarlarni tanlab o’qishlariga yordam berdi.

Uchinchi sinfda kitoblar ko’rgazmasida kitoblar mualliflariga qarab tartiblandi. Masalan, Q.Muhammadiy, P.Mo’min, G’.G’ulom, Z.Diyor, A.Obidjon asarlari kabi. Shuningdek, tavsiya etilgan kitoblar ro’yxati va kitob ustida mustaqil ishlash uchun mavzular bo’yicha kartotekalar tuzildi.

To’rtinchi sinfda va maktab kutubxonasidagi mavjud badiiy, tarixiy, ilmiy-ommabop kitoblar, bolalar gazetasi va jurnalida bosilgan, o’quvchilar o’qishi uchun tavsiya etilgan maqolalarning “Nimani o’qishim kerak?” sarlavhali katalogini ( mavzusi yoki muallifi bir xil kitoblar va maqolalarning ma’lum tartibda tuzilgan ro’yxati) tuzdik.

Ikkinchi sinfdan boshlab o’quvchilarni shahar va tuman kutubxonalari bilan tanishtirish, sayohatlar uyushtirdik. 3-4-sinflarda kitobxon o’quvchilarni tarbiyalashga, ularning kutubxonalardan mustaqil foydalanishlariga yordam beradigan adabiy ertaklar, badiiy o’qish kabi tadbirlarni o’tkazdik.

Badiiy asarni mustaqil o`qishga o`rgatish, mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish ustida ishlarning eng samarali usullari sifatida suhbat metodi, izohli o`qish metodi, reproduktiv metod, kuzatish, mustaqil ish metodlarini, uchrashuv kabi tadbirlarni ko`rsatish mumkin. Mustaqil o`qilgan asarlarni emotsional-estetik vazifalarini anglatishda qiyoslash, taqqoslash usullaridan foydalandik.

Bir mavzu doirasida bir necha yozuvchilarning asarlarini to`plash va o`qish, o`quvchilarning ular haqidagi tushunchalarini, munosabatlarini aniqlash usuli kitoblarni mustaqil tanlash ko`nikmalarini shakllantirdi.

O`quvchilarni mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish borasida olib borgan izlanishlarimizda o`zbek, qardosh va horijiy bolalar yozuvchilari asarlarining bolalar yoshiga, ular hayoti bilan bog`liq va ularda katta qiziqish uyg`otadigan asarlarini tavsiya qildik. O`zbek bolalar yozuvchilaridan Aziz Abdurazzoq, T.Adashboyev, Anvar Obidjon, Dilshod Rajab, horijiy bolalar yozuvchilaridan Gans Xristian Andersen asarlarini o`rganish uchun dars ishlanmalari yaratdik.

Sinfdan tashqari o`qish darsida Aziz Abdurazzoqning ijodini o`rgandik. Quyida dars namunasini keltiramiz:


Mavzu: Bobomning hikoyasi



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish