Abdiyeva quysintosh azadovnaning



Download 0,81 Mb.
bet6/7
Sana24.04.2017
Hajmi0,81 Mb.
#7485
1   2   3   4   5   6   7

Internet saytlar

44.www.Ziyonet.uz

45.www.pedagog.uz

46.www.tdpu.uz

ILOVA

Sinfdan tashqari mustaqil o`qish uchun tavsiya qilingan asarlardan namunalar:

SAVOLLARGA JAVOBLAR

Xolmurod Safarov

– Til nimaga berilgan?

Qizlar bilan bolaga.

– Tongda salom aytgani,

Ota bilan onaga.

– Qo`l nimaga berilgan?

– Yerga don-dun sochgani.

Erta bahor kelganda,

Bog` jamolin ochgani.

Turli hunar o`rganib,

Turfa kasbni bilishga.

Yiqilganni turg`azib,

Savob ishlar qilishga.

– Quloq nega berilgan?

– Yaxshi gapni uqishga.

Ota bilan onaning

So`zin yodda tutishga.

Donolar nasihatin,

Ilib olsa qulog`ing.

Ishing kelib o`ngidan,

Chopqir bo`lar oyog`ing.

– Aql nega berilgan?

– Halol mehnat qilgani.

Nafsga qul bo`lmasdan,

Poklikka intilgani.
YERNING TILI

Tolib Yo`ldosh

Bobom derlar uqtirib:

– Yerning tili bor, bolam.

Hali yer-la so`zlashish,

Yoshsan, kelmas qo`lingdan.

Yer tilini o`rgansang,

Chechak unar yo`lingdan.

– Tap-taqir cho`lni ham sen,

Parvarish et, gullaydi.

Mehnat qilsang jon bolam,

U kuningga yaraydi.

Yerning gapirgani shu,

Mehnat, peshana teri.

Bu yerlar tomchi suvga

Zor edi ko`pdan beri.

– To`g`ri bobojon, – deyman

Bellaridan quchoqlab,

Bobomlardek bo`lishga

Men ham o`zimni chog`lab.

ELYOR DEHQON

(Hikoyat)


Elyor degan dehqon bor edi. Oilasi katta, serfarzand kishi edi. Shu odam adirlikka suv chiqaribdi, keng uzumzor bog` yaratibdi. Kuz kelib, hosil yerdan ko`tarilganda, dehqonning ko`zi quvnabdi.

Kunlardan bir kun soliqchilar kelishibdi. Ular olingan hosilni uch to`daga bo`lmoqni ko`zlabdilar.

O`sha kunlari Amir Temur Kesh shahriga kelgan ekan. Elyor dehqon o`zi yetishtirgan bug`doydan shirmon kulchalar tayyorlatib, Sohibqiron huzuriga yo`l olibdi.

Eshik og`asi qehqonni ichkari boshlabdi. Shohona xona shirmoy non hidiga to`libdi.

Elyor dehqon dasturxonga o`ralgan kulchalarni Amir Temurga uzatibdi.

– Kulchalar o`zing yetishtirgan bug`doydanmi? – so`rabdi Sohibqiron.

– Shunday, amirim! – javob qilibdi Elyor dehqon.

– Ne arzing bor?

Elyor dehqon soliqchilarning ishini so`zlab beribdi.

Amir Temur vazirini chaqirib, ishni taftish etishni, qiynayotgan soliqchilarga tegishli jazo berishni buyuribdi.

– Serfarzand oilalardan imtiyozli soliqlar olish yo`lga qo`yilsin! – deb, farmon e’lon qilibdi.

Shundan so`ng mamlakatda dehqonchilik yanada gurkirab rivojlanibdi. Elyor dehqonning yildan-yilga oilasiga baraka kirib, tez orada boyib ketibdi. Bir o`g`liga tegirmon, ikkinchisiga moyjuvoz, uchinchisiga qandolatchilik do`koni qurib beribdi. Dehqon el-yurt orasida Elyorboy degan nom bilan mashhur bo`libdi.


BERUNIYNING DAM OLISH KUNLARI

Beruniy yiliga ikki martagina dam olarkan. Birinchisi Navro`z boshlangan kuni, ikkinchisi bug`doyga birinchi o`roq tushganda.

Dillarni xushnud etib Navro`zi olam yetib kelgan kuni erta tong o`rinlaridan turib, yuvinib-taranib, yaxshi liboslarini kiyib, qarindosh-urug`larni, keyin yor-u birodarlarni ziyorat qilib, holidan xabar olar ekan. Ular bilan birga bo`lib suhbatlashar, hazil-mutoyiba qilar, askiyalar aytishar ekanlar. Keyin to qosh qorayguncha qo`sh qo`shishar, yerga birinchi omoch solishda qatnashar, nihol ekisharkan...

Hol-ahvol so`raganlarga:

– Dam olib, hayot lazzatini totib ko`rmoqdaman, – deb javob berar ekanlar.

Boshoqqa birinchi o`roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib, qo`llariga o`roq tutib azondan to kechgacha bug`doy o`rar ekanlar. O`tgan-ketganlar: «Hormang», – deganda: «Bor bo`ling», – deb javob berar ekanlar. Qarang-a, ulug` alloma, kitob yozish, tajriba o`tkazishdan yiliga ikki kun vaqt ajratib, azondan to kechgacha qo`sh qo`shib, shudgor qilishni, o`roq o`rishni o`zlari uchun dam olish deb bilar ekanlar.

Ha, Beruniy: «Bir daqiqa vaqtni behuda o`tkazganim – halok bo`lganim», – der ekan.

BUVIJONIM

Abdurahmon Akbar

Tinchimizni o`ylaydigan

Maslahatgo`y buvimlar bor.

Ko`zlarida qo`sh ko`zoynak,

Bamisoli sochlari qor.

– Qay odatlar yomon? – deya

Biz so`raymiz buvimizdan.

– Quloqsizlik, kir-chir yurish, –

Derlar buvim kulib zimdan.

– Qo`lni belga tiramoqlik,

Barmoqlarni shaqillatish.

Yolg`on-yashiq gaplar so`zlab

Odamlarni laqillatish.

Kech bo`lganda ko`chalarni

Suv sepmasdan supurmoqlik.

Aza bo`lib turgan joyda

Hiringlamoq, vaqti chog`lik…

Aytaversam, bular ja ko`p,

Yomon odat, doim yomon.

Goh sezdirib, goh sezdirmay,

Keltiradi zahmat, ziyon.
Hikmatlar xazinasi

Yigit so‘zidan

Arslon izidan qaytmas.
Va’dada turmoqlik – mardlik belgisi.
Uyat o‘limdan qattiq.
To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir.
O‘ylanmay qilingan ish

Boshga keltirar tashvish.


Ig‘vogarning o‘zi yomon,

O‘zidan ham so‘zi yomon.


Og‘ziga kelganini gapirmoq nodonning ishi.
KUZ KO`RINISHLARI

Habib Rahmat

Saratonning tafti yo`q,

Quyosh botar olisdan.

Ajib bir is taralar

Hov, qirdagi polizdan.
Daraxt bargi tillarang,

Mevalardan tomar bol.

Dalalarga bir qarang,

Oq gullardan chamanzor.


Sumbulaning suvlari

Shishadan ham tiniqroq.

Uchib borar turnalar,

Ko`kda solib arg`imchoq.


Yig`im-terim avjida,

Bir dam qolmas to`xtalib.

Hademay qish yo`rg`alar

Oq ko`rpasin ko`tarib.


Quyoncha

Nosir Fozilov
Dalada ish qizg‘in. Traktor yer haydamoqda. Mirtoji aka traktorchilarga yordamchilik qilmoqda. Uning o‘g‘illari Bektosh va Hoshim maktabda o‘qiydi.

Bir kuni onasi o‘g‘illarini bir ish bilan Mirtoji akaning oldiga yubordi.

Bolalar yo‘lga tushdilar… Keng bepayon dala…hamma yoqda ko‘klam nafasi… Bolalar atrofni tomosha qilishar, zag‘cha galalariga kesak otishar edi. Bektosh otgan bir kesak shudgor chekkasidagi qalin olabutaga borib tushdi. Olabuta ichidan bir kichkina quyoncha hurkib, sakrab chiqdi. Bolalar hayqirishib, quyonchaga otilishdi. Bechora quyon shoshganidan haydalgan yerga qochdi. Bektosh unga yetib oldi. Hoshim ham yetib kelib:

-Vuy, kichkinaligini,- dedi havasi kelib.

Bektosh tutib olgan quyonchasini otasiga ko‘rsatdi. Otasi quyonchani asta qo‘liga oldi. Quyoncha juda yosh, uyungi momiqdek, o‘zi oriq edi. Otasi quyonchani asta-asta siladi:

-Voy, bechora-yey, yaqinda tug‘ilgan ekan. Uyasini traktor buzibdi-da,- dedi u. Keyin bolalariga qarab:

-Onasi izlab yurgandir…

Bolalar quyonchani avaylab o‘z joyiga eltib qo‘ydilar.



AYТISHUV

Abdulhay Nosirov

– Oftob bo‘lay, onajon,

Dalalarga taqay dur –

Joningizda bo‘lib jon,

Ko‘zingizda chaqnoq nur.

– Oftob bo‘lgin, bolajon,

Dalalarga taqqin dur –

Jonim aro bo‘lib jon,

Ko‘zlarimda chaqnoq nur.

– Olim bo‘lay, onajon,

Ibn Sino malhami –

Dardni quvgan pahlavon,

Mehrlarning ko‘klami.

– Olim bo‘lgin bolajon,

Ibn Sino malhami –

Dardlar quvgan pahlavon,

Mehrlarning ko‘klami.

Ozod yurtim hur, bo‘liq,

Yer yuzining lolasi.

Kim bo‘lsam ham men sodiq



O‘zbekiston bolasi.
Tayanch so`zlar ruyxati

O`zbek tili

Ingliz tili

Rus tili

dars

lesson

урок

sinf

class

класс

ertak

tale

Сказка

texnologiya

Technology

Технология

asarlar

Creative work

произведение

intеrfaol

Interactive

Интерактивный

Mustaqil

Independent

Самостоятельный

intellektual

intellectual

Интеллектуальный

badiiy

artistic

Художественный

sinfdan tashqari o`qish

Outclass reading

Внеклассное чтение

ta'limiy o`yinlar

Didactic games

Дидактические игры

Mustaqil o`qish

Self-study reading

Самостоятельное чтение

kitobxon

Reader

читатель

badiiy adabiyot

Artistic literature

Художественная литература

ilmiy-metodik

Scientific-methodic

Научно-методический

mustaqil fikrlash

Independent thinking

Творческое мышление

badiiy saviya

Artistic level

Художественный уровень

kitobxonlik ko`nikmasi

Reader’s habit

Читательское умение

bolalar adabiyoti

Childeren’s literature

Детская литература

ko`rgazma

exhibition

Наглядность

Adabiy ertaklar

Literary tale

Литературная сказка

matn mazmuni

Meaning of text

Текста содержание

didaktik

didactic

дидактические

dars samaradorligi

Effect of lesson

Эффективность урока

psixologik xususiyat

Psychological peculiarities

Психологическая особенность

mustaqil fikr

Independent opinion

Независимое мнение

Eksperiment

experiment

Эксперимент

mulohaza yuritish

thinking

Мышление

fikrni erkin ifodalash

Free presenting the opinion

Свободное изложение мысли

mustaqil mutolaa

Independent discussion

Самостаятельное чтение

Ta`lim samaradorli

Effect of education

Эффективность образования

onglilik

consciousness

Сознательность

Takomillashtirish

developing

Усоверществования

Bosqichma-bosqich

gradual

По-этапно

Ko`nikma

habit

Умение

To`g`ri o`qish

Rightly reading

Правильное чтение

Tez o`qish

Fast reading

Скорость чтения

Matn ustida ishlash

Working on the text

Работа над текстом

O`zlashtirish natijasi

result of progress

Итоги успеваемости

Idrok etish

understanding

Рaзумный догадливый

She`rni ifodali o`qish

Clearly read the poem

выразительное чтение стихотворения

Asar tanlay bilish

Choosing the work

Правильный выбор произведения

Nutqni boyitish

To enrich the speech

Умножение речи

Qiyoslash va taqsimlash usuli

Compare and divide method

Метод сопостовления и распределения

Tadqiqot metodi

Research method

Метод исследования

Tadqiqot ob`ekti

The object of research

Объект исследования

Tadqiqot predmeti

The subject of research

Предмет исследования

tadqiqot

research

Исследование

tabiat

nature

Природа

saviya

level

Уровень

kutubxona

Library

библиотека

test

Test

Тест

Ijodiy tafakkur

Creative thinking

Творческое мышление



O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O`RTА MАХSUS TА`LIM VАZIRLIGI

NIZОMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT DАVLАT PЕDАGОGIKА UNIVЕRSITЕTI
Fаkultеt:Boshlang`ich ta`lim

Kаfеdrа: Boshlang`ich ta`lim metodikasi

O`quv yili: 2011-2013

Mаgistrаturа tаlаbаsi:Abdiyeva Qo`ysintosh Azadovna

Ilmiy rаhbаr: f.f.n.prof. D.X.Shodmonqulova

Mutахаssisligi: 5A111701-Boshlang`ich ta`lim

Boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish” nomli



MАGISTRLIK DISSЕRTАSIYASI АNNОTАSIYASI

Mаvzuning dоlzаrbligi: Har tomonlama rivojlangan shaxslarni tarbiyalashda ularda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Ishning mаqsаdi vа vаzifаlаri:

Maqsadi: Boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish.

Vazifalari: Boshlang’ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga imkon beradigan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

Tаdqiqоt оb`еkti vа prеdmеti:

Ob'еkti. Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish jarayoni.

Predmeti.Boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish metod, usul va vositalari.

Tаdqiqоt uslubiyati vа uslublаri:

Tadqiqotning metodologik asosini bilishning dialektik metodi va adabiyotshunoslik, adabiyot o’qitish metodikasidagi muammoga oid tadqiqotlar tashkil etadi.

Tadqiqot metodlari: kuzatish va tahlil qilish; so’rovnoma; ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish.

Tаdqiqоt nаtijаlаrining ilmiy jihаtdаn yangilik dаrаjаsi:

Ta’lim tizimidagi yangilik va ta’lim mazmunidagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda o`quvchilarning mustaqil o`qish kunikmalarini shakllantirish muammosi boshlang’ich ta`limda sinfdan tashqari o’qish darslari misolida tatqiq qilindi.



Tаdqiqоt nаtijаlаrining аmаliy аhаmiyati vа tаtbiqi:

Ishning amaliy ahamiyati shundaki, o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga oid nazariy jihatdan asoslangan hamda tajribaviy jihatdan tekshirib ko’rilgan didaktik materiallar, metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.



Ish tuzilishi vа tаrkibi:

Dissertasiya Kirish, 3 bob, Umumiy xulosa, va Foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan, ilovalardan tarkib topgan.



Bаjаrilgаn ishning аsоsiy nаtijаlаri: Boshlang`ich sinfda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish omillari bo`lgan STO` darslarini tashkil qilish, o`quvchilarni mustaqil mutolaaga o`rgatishning boshqa usullari yoritilgan.

Хulоsа vа tаkliflаrning qisqаchа umumlаshtirilgаn ifоdаsi: Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini tegishli darajada yuqoriga kutarish kerak. Mustaqil mutolaaga oid ilmiy-metodik adabiyotlarni kuzatish, tajriba-sinov natijalari asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati muhim ekanligi metodistlar tomonidan e`tirof etilmoqda.

Ilmi rаhbаr: f.f.n.prof.D.X.Shodmonqulova

Mаgistrаturа tаlаbаsi: Abdiyeva Qo`ysintosh

МИНИСТЕРСТВО ВЫШЕГО И СРЕДНЕГО СПЕЦИАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКА УЗБЕКИСТАН ТОШКЕНТСКИЙ

ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ИМЕНИ НИЗАМИ
Факультет: Начальное образование

Кафедра: Методика начального образования

Учебный год: 2011-2013

Студент магистратуры: Абдиева К.А.

Научный руководитель: проф Д.Х.Шодмонкулова

Спецальность: 5А111701- Начальное образование
Аннотация магистрской диссертации:

«Формирование навыков самостоятельного обучения у учеников начальных классов»

Актуальность исследования: Формирование навыков самостоятельного чтения в процессе воспитания всесторонне развитой личности.

Цель и задачи исследования

Цель: Разработка эффективных методов формирования навыков самостоятельного чтения учащихся начальных классов на уроках внеклассного чтения,.

Задачи: Разработать научно- методические разработки для развития и формирования навыков самостоятсльного обучения у учеников начальных классов

Объект и предмет исследования:

Объект: Процесс формирования самостоятельного обучения учеников во время внеклассных уроков.

Предмет: Методы, способы и средства формирования навыков самостоятельного обучения.

Методы и методологическая основа исследования:

Методологической основой являются диалектические методы, познания , исследования по проблемам преподавания чтению,



Методы: Наблюдение и анализ, опрос обобщение прогрессивного педагогического опыта.

Научная навизна результатов исследования:

С учетом новизны и изменений в обучении была решена проблема формирования навыков самостоятельного обучения учеников на примере внеклассных занятий.



Практическая значимость результатов исследования:

Практическая значимость исследования состоит в том, что разработаны методические советы и дидактические материалы,основанные и проверенные с теоретической и экспериментальной точек зрения для формирования самостоятельного обучения учеников начальных классов.



Структура исследования:

Диссертация состоит из введения, 3 глав, общих выводов и испльзованной литературы и содержания.



Основные результаты выполненного исследования:

Разработаны эффективные методы внеклассного чтения, являющиеся фактором формирования самостоятельного обучения детей младшего школьного возраста .



Выводы и предложения:

Следует поднять на достаточно высокий уровень навыки самостоятельного обучения детей начальных классов. Методисты утверждают важность проведения образовательно - воспитательных исследований как формирование навыков самостоятельного обучения учеников начальных классов.



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish