Guf (gufa) (nem.)– 1) Oʻrta asrlar Germaniyada dastlab jamoaning erkin a’zolariga, keyinchalik, qaram dehqonlarga ajratib berilgan yer maydoni. Gʻarbiy Franklar qirolligida uning mans degan nomlanishi ham mavjud boʻlgan. Yer maydoni tarkibiga dehqonning uyi, boshqa inshootlar, poliz, bogʻ, uzumzor, shudgor qilinadigan maydon va boshqalar kirgan; 2) IX-XVIII asrlarda german davlatlarida dehqonlar kesim yer boʻlaklarini oʻlchov birligi sifatida ham qoʻllanilgan. Hududga, iqlimga, landshaftga, yer unumdorligiga qarab farq qilgan. M; garbiy hududlarda 7,5-10 ga atrofida boʻlgan.
Gugenotlar – Fransiyadagi protestantizm tarafdorlari. Aslida Savoyya gersogiga qarshi kurashgan Jenevadagi protestant ittifoqi a’zolarini anglatuvchi gʻarbiy shvetsarcha “eyguenot” soʻzidan kelib chiqqan. U oʻz navbatida nemischa “eitgenoz” (safdosh, quroldosh, ittifoqchi) soʻzidan kelib chiqqan. XVI asrda bu atama rasman Shveytsariya Konfederatsiyasining oddiy fuqarosini anglatgan.
Gulating – oʻrta asrlar Norvegiyasida uchraydigan xalq yigʻini.
Gulden (nem. gold – oltin) – Germaniya, Niderlandiya va Avstriyada amalda boʻlgan oltin tanga. Uning qadimgi nomi florin deb nomlangan.
Gumanizm (ital. humanus – insoniy, insonga xos) – uygʻonish davriga oid tushuncha boʻlib, oʻzida ilmiy, adabiy, falsafiy, pedogogik qarashlarni jamlab, uning markazida inson turgan. G.ning vatani Italiya. XV asrning1-yarmida italiyalik yozuvchi va shoir Leonardo Bruno yangi dunyoviy fanlarni umumiy nom bilan "G." (diniy madaniyatda inson tabiati) deb nomlaydi. XV-XVI asrlarda Italiyada G. diniy qarashlarga qarshi boʻlgan dunyoviy bilim olishni va ilmni anglatgan. Gumanistlar gumanitar fanlar jamlanmasini (grammatika, filologiya, ritorika, tarix, pedagogika va etika) tashkil qilishadi. G. soʻzidan gumanist atamasi kelib chiqib, birinchi marta 1490-yildan boshlab ishlatila boshlagan. Yangi gumanistik yoʻnalishni Petrarka hamda uning doʻstlari va shogirdlari boʻlgan Bokachcho va Salyutatilar davom ettirishadi. Italiyadan keyin uch asr davomida G. Fransiya, Germaniya, Angliya va Gʻarbiy Yevropaning boshqa davlatlariga tarqaladi. Gumanistlarning koʻpchilik qismi diniy qarashlarni rad etishgan. G.ning asosiy muammosi inson va tabiat, inson va jamiyat boʻlib qolgan. Gumanistlar va gumanistik qarashlarni oʻziga dushman deb bilgan cherkov va uning xodimlari 1414-yilda boʻlib oʻtgan Konstans soborida ularni daxriylar sifatida e’lon qilishadi va taqib ostiga olish uchun kurashni boshlab yuborishadi. G.ning yirik markazlari Italiyaning Florensiya, Rim, Neapol, Milan, Venetsiya, Ferrara, Mantuya, Bolonya va boshqa shaharlari edi. Uygʻonish davrining mashhur namoyondalari sifatida Petrarka, Dante Aligyeri, Jovanni Bokachcho, Leonardo Bruni, Erazm Rotterdamskiy, Fransua Rable va boshqalarni koʻrsatib oʻtish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |