Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet33/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Dedichlar – yirik yer egaligi shakllangunga qadar Chexiyadagi erkin jamoachilar toifasi. Oʻzlarining yer-mulklari – dedinlarga merosiy egalik qilgan.
Danexof – Daniyada magnatlardan tarkib topgan davlatning umumiy kengashi. 1282-yilda qirol Erik Klipping xartiyasiga binoan chaqirilgan.
Dehqonchilik qonuni” – taxminan VII asr oxirlari–VIII asr boshlarida yaratilgan vizantiya–slavyan kundalik huquqlari toʻplami. Ushbu tarixiy manba orqali Vizantiyadagi erkin qishloqlarning ichki munosabatlarini: xoʻjalik yuritish tizimi, jamoada yerga va yaylovlarga boʻlgan egalik shakllarini, oʻz kesim yeriga boʻlgan dehqonlarning huquqlarini qayta tiklash imkoniyatini beradi. Undan tashqari “D.Q.” ijtimoiy tabaqalanish, yollanma mehnat, ichki ijara munosabatlari haqida ham ma’lumot beradi. Mazmunan ushbu hujjatda varvar haqiqatlariga yaqin boʻlgan jihatlar uchraydi. Yunon va slavyan tillarida turli nusxalarda yetib kelgan. Tadqiqotchilar “D.Q.” da beriladigan jazo tartiblarining ogʻirligiga e’tibor qaratishadi. Jinoyat sodir etganlar qishloqdan bardargʻa qilishdan tashqari, turli koʻrinishdagi jismoniy jazolarga ham tortilgan. Slavyan tilidagi nusxalarda mayib qilish jazosi oʻrnida pul toʻloviga tortish holatlari qayd etilgan. Shuningdek, jamiyatning quyi qatlam vakillari boʻlgan mortitlar, mistotlar va qullarning ijtimoiy holati haqida ham ma’lumot olish mumkin.
Dekan (yunon. oʻnboshi) – 1) Katolik cherkovida kapitul, ya’ni yepiskop huzuridagi ruhoniy shaxslar kengashi yoki rohiblik ordenlari boshligʻI; 2) Oʻrta asr Yevropa universitetlarida magistrlar tomonidan oʻzlari orasidan saylangan fakultet boshligʻi.
Dekretaliya (lot. decretum – farmon) – Rim papalarining munozarali masalalar, boshqa shunga oʻxshagan hodisalar boʻyicha yuborgan qarori. Boshqa ma’nosi esa, qonunlar toʻplami va qadimgi huquqiy aktlar sifatida talqin qilinadi.
Desyatina – daromadning (hosil, pul, foyda va boshqalar) oʻndan bir qismini cherkov foydasiga berish. Soliqning bu turi dastlab qadimgi Sharqda va yahudiylarda mavjud boʻlgan. Xristian dinida III asrdan D. tilga olingan. 585-yildagi butun jahon soborida birinchi marta cherkov D.ni qonuniylashtirgan. 779-yilda Buyuk Karl Franklar qirolligida D. barcha aholi birdek toʻlashi lozimligini belgilab qoʻydi. D.ning asosiy ogʻirligi dehqonlar zimmasiga toʻgʻri kelgan. D. uchga boʻlinib, ular “Katta D.” – bugʻdoy va uzum hosilidan olingan, “Kichik D.” – poliz ekinlari, madaniy va texnik oʻsimliklardan olingan va “Qon D.” – chorva mollari va chorva mahsulotlaridan olingan. D. birinchi marta Fransiyada 1789-yilda boshlangan Fransuz inqilobi natijasida bekor qilingan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish