Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet41/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Epir despotati (qirolligi) – Vizantiyaning salibchilar egallamagan hududida – Bolqonda tashkil topgan yunon davlati. 1220-yillarning oxiri va 1230-yillarning boshlarida oʻzining qisqa gullab-yashnash davrini boshdan kechirdi, Bolqondagi eng yirik davlatga aylandi va Fessaloniki imperiyasiga aylantirildi.
Epistolyar (yunon. noma) – maktublar yoki nomalar (epistol) yozishda foydalaniladigan adabiy janr. Odatda oʻrta asrlarning yozma tili lotin tili boʻlgan. Koʻpincha nomalar va maktublar bitish monastirlar va ruhoniylar tomonidan amalga oshirilgan. Shuning uchun ham eski lotin yozuvi yangi xristian formulalari bilan boyitilgan. Oʻrta asrlarning soʻnggi davriga kelganda maktub va nomalarni milliy tillarda bitish boshlandi.
Ekloga (yunon. saylov) – Vizantiya qonunchiligining qisqacha toʻplami (lot. Ecloga Basilicorum). Lev III Isavr (717-741) hukmronligi davrida (726) yaratilgan. E.da asosan majburiy huquqlar me’yorlari jam qilingan. Garchi qulchilik munosabatlari ham aks etgan boʻlishiga qaramasdan, feodal munosabatlar rivojlanishining yuqori darajasi ifodasini topgan. Xristian dini ta’siri ham namoyon boʻladi.
Erkin shaharlar – nemis huquqida qaysi davlat hududida joylashuvdan qat’iy nazar hududiy-siyosiy mustaqil shaharlar. Koʻproq yepiskop va arxiyepiskoplar hokimiyatidan mustaqil boʻlgan shaharlarni anglatgan. E.Sh.lar oʻz-oʻzini boshqarish huquqiga, mustaqil soliq yigʻish, qoʻshin toʻplash va oʻz hududida sud hokimiyatiga ega boʻlgan. M: Kyoln (1794-yilgacha), Zost. Maynst (1462-yilgacha), Augusburg, Vorms kabilar.
Erkinliklarning Buyuk Xartiyasi” – Angliya qiroli Ioann Yersiz tomonidan isyon koʻtargan baronlar uchun 1215-yil 15-iyunda chiqargan yorligʻi. Uning imzolanishiga qirol va feodallar oʻrtasidagi ziddiyat va unda shaharliklar hamda dehqonlarning ishtiroki sabab boʻlgan. Xartiya 63 moddadan iborat boʻlib, oʻz davri uchun progressiv hujjat edi, unda baronlar, cherkov feodallarining manfaatlari ifoda qilingan. Unga binoan, qirol oʻz vassallarining manfaatlariga zid keladigan ishlarni amalga oshirmasligi koʻrsatib oʻtilgan. “Qalqon puli” kabi ayrim toʻlovlar va majburiyatlar cheklab qoʻyilgan (12-modda), qirol erkin kishilarning mulkini talon-taroj qilmasligi va ularni sababsiz hibsga olishi mumkin boʻlmagan (39-modda). Xartiya moddalarining bajarilishini nazorat qilish uchun 25 nafar barondan iborat kengash tashkil qilingan. Qirol xartiyaga zid ish qilgan taqdirda ularning qarori bilan qirolga qarshi baronlar urush boshlashi mumkin edi. Xartiya shaharliklar uchun talya soligʻini saqlab qolgan, ammo villanlarga hech narsa bermagan. Xorijlik savdogarlar uchun bir xil ogʻirlik va boshqa oʻlchov birliklarini joriy qilgan. Shu bilan birga, inson huquqlari borasida Yevropadagi birinchi hujjat hisoblanadi.
Erllar – anglo-saksonlar Britaniyasida XI asrda jamiyatning yuqori toifasi boʻlgan aristokratlarning unvoni, urugʻ zodogonlar. Kelib chiqishi skandinavlarga borib taqaladi (vikinglar yoʻlboshchilari yarl unvoni bilan atalgan).
Ermandadalar (isp. hermandades – birodarlar) – Pireney yarim orolidagi (Ispaniya hududida) shahar va dehqonlar jamoasining ittifoqi. Feodal tarqoqlik va arablarga qarshi urush davrida mudofaa va himoya uchun tuzilgan. Lekin asosiysi oʻzlarinig huquq va erkinliklarini feodallar zulmidan himoya qilish koʻzda tutilgan. Birinchi E. Asturiyada 1115-yilda tuzilgan. XIII asrga kelib markaziy hokimiyatni bir xil tizimga keltirish maqsadida bir necha E.lar tuzilgan. XIII-XIV asrlarda keng tarqalgan (mas. Kastiliyada). Ular oʻz huquqlari, oʻz boshqaruvi va qurolli qoʻshiniga ega boʻlgan. 1476-yilda Kastiliya, Leon va Asturiya shahar va qishloq jamoasi “Muqaddas E.” (oʻrta asrlarda Pireney yarim orolidagi eng yirik E.si) ga birlashgan. Ular oʻz-oʻzini boshqarib, 1498-yilgacha mavjud boʻlgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish