Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet29/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Butun jahon soborlari – xristian oliy ruhoniylarining yigʻinlari. Unga barcha mahalliy cherkovlardan vakillar saylanib yuborilgan. Soborlarda cherkovga oid juda muhim masalalar koʻrib chiqilgan. Asosiy e’tibor daxriylarga qarshi kurashishga qaratilgan. Birinchi B.J.S.i 325-yil Nikeyada chaqirilgan. Unda barcha xristianlar uchun yagona diniy ramzlar qabul qilingan. Antik davrda yana uchta sobor chaqirilgan boʻlib, ular 381-yil Konstantinopol, 431-yil Efess va 451-yil Xalkidon soborlaridir. Rim papalari mazkur soborlarda ishtirok etishmagan va ularga oʻz legatlarini yuborgan. Ilk oʻrta asrlarda uchta B.J.S. chaqirilgan. Ular 553-yil Ikkinchi Konstantinopol, 680–681-yillarda Uchinchi Konstantinopol va 787-yilda Ikkinchi Nikeya sobori boʻlib oʻtadi. 553-yildagi soborda mashhur uchta teolog Feodor Mopsuetskiy, Feodorit Kirrskiy va Iva Edesskiylar qatnashgan. Ularning uchalasi ham nestorianlikka qarshi boʻlishgan. Katolik cherkovi, asosan, keyingi oʻrta asrlarda chaqirilgan soborlarni tan oladi. Ularda cherkovlarning ichki hayoti va boshqaruvi, oliy ruhoniy va rohiblar uchun qat’iy selibat tartibining amal qilishi, dunyoviy va diniy hokimiyat oʻrtasidagi munosabatlar hamda daxriylar bilan kurash masalalari koʻrib chiqilgan. XIII asrdagi Toʻrtinchi Lateran (1215), Birinchi Lion (1245) va Ikkinchi Lion (1274) soborlari muhim qarorlarni qabul qilishgan. Ularning eng yirigi Toʻrtinchi Lateran Sobori boʻlib, unda daxriylarga qarshi keskin kurash olib borish masalasi koʻrib chiqilgan. Oʻrta asrlarning oxirgi yirik sobori sifatida 1431-1449-yillarda oʻtkazilgan Bazel–Florensiya soborini koʻrsatishadi. Unda pravoslav cherkovi bilan munosabat masalasi muhokama qilingan.
Buvin – Fransiyaning Shimoliy Sharqiy qismidagi qishloq. Uning yaqinida 1214-yil 27-iyul kuni Fransiya qiroli Filipp II va ingliz hamda german koalitsiyasi boshligʻi Otton IV lar oʻrtasida yirik jang boʻlib oʻtgan.
Buyuk Bulgʻoriya – Sharqiy Yevropa dashtlarida gʻarbiy turk qabilalari guruhiga mansub deb koʻrsatiluvchi bulgʻor (protobolgarlar ham deyiladi) qabilalari ittifoqi asosida yuzaga kelgan davlat uyushmasi (632–tax.671). “Qadimgi B.B” nomi bilan Vizantiya manbalarida uchraydi. Avarlar hukmronligi ostida boʻlgan bulgʻor qabilalarini Kurbat xon (632-665) birlashtirishga erishgan. Aftidan qabilalarni birlashtirish uning bobosi boʻlgan Organ davrida boshlangan. Kubrat bulgʻorlarning unogundur qabilasidan boʻlib, Vizantiya imperatori Irakliydan patrikiy martabasini oladi. Uning davrida davlat avarlar va xazarlarga ham boʻysinmagan. Uning oʻlimidan keyin davlat besh ogʻli oʻrtasida boʻlinib ketganligi aytiladi. Toʻngʻichi Batbayan (Bezmer) ota oʻrdasida qoladi va “qora bulgʻorlar” nomi bilan tilga olinadi, ikkinchi ogʻli Kotrag Don boʻyiga ketib, aftidan keyinchalik paydo boʻlgan Volga Bulgʻoriyasi tuzilishiga xissa qoʻshadi, uchinchi ogʻli Asparux Birinchi Bolgar podsholigining asoschisi boʻlsa, Kuber boshchiligidagi boshqa bulgʻorlar Voevodina va Makedoniya tomonga ketganligi ta’kidlanadi. Kenja oʻgʻil Alsek Italiyaga oʻrdasi bilan siljigan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish