Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet111/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Missioner, missionerlik (lot. joʻnatish, topshiriq) – diniy tashkilotlar faoliyat turlaridan biri boʻlib, dinga e’tiqod qilmaydigan yoki boshqa dinlarga mansub shaxslarni muayyan dinga kiritishga dav’at etuvchi kishi va uning faoliyatidir. Oʻrta asrlarda Amerikada yangi mustamlakalar qoʻlga kiritilgach Yevropada M.lik ayniqsa avj oldi.
Misteriya (yunon.mysterion – sirli, maxfiy) – Gʻarbiy Yevropada oʻrta asrlar davrida diniy namoyish. M. XII-XIII asrlarda vujudga kelib, Fransiya, Angliya va Germaniyada XV asrda rivojlangan. Ularda shahar kengashi va hunarmandchilik sexlari vakillaridan iborat oʻnlab va gohida yuzlab kishilar ishtirok etganlar. Namoyishda spektakl tomoshalariga oʻxshash asarlarni ijro etishib, odatda shaharning markaziy maydoni yoki yarmarkalarida bir necha kun davom etgan. Ba’zida hafta davomidagi namoyishlarda doimiy tamoshabinlar boʻlgan. Ilk M.lardan biri sifatida “Adam haqida raqs” (XII asr) nomli anglo-normann M.sini koʻrsatish mumkin. Keyingi davrlarda M.larda diniy mazmundagi kitoblardan foydalanish kuchaygan. XVI asrdan boshlab cherkov M.lar oʻtkazishni taqiqlab qoʻydi.
Mistisizm (yunon. mystikos – maxfiy) – oʻrta asrlar davri falsafiy yoʻnalishi. Bu aslida Gʻarbiy Yevropa falsafasidagi birinchi yoʻnalish boʻlib, unga Ioann Skot Eriugen asos solgan. Undan tashqari uning asoschilaridan biri sifatida Bernar Klervoskiy ham koʻrsatiladi. Falsafiy yoʻnalishning markazi Fransiyaning Sen-Viktor monastiri qoshidagi diniy maktab edi. Monastirda oʻz davrining yirik faylasuflaridan Gilom Shampo, Gugo Sen-Viktor va Rishar Sen-Viktor kabilar faoliyat olib borgan. Ular hatto sxolastikani M. bilan almashtirish lozim deb ham tushuntirishgan. Bunday qarash tarafdorlari fransiskanlar diniy-qashshoqlik orde-ni a’zolari orasida koʻpchilikni tashkil qilgan. Oʻrta asr pravoslav ta’limotida M. isixazm sifatida Vizantiyada paydo boʻlgan va rivojlangan. Isixazm VII asrda Maksim Xudojoʻy faoliyati natijasida boshlangan. Isixazm ta’limoti haqida Simeon Yangi Xudojoʻy (949-1022) asarlaridan ma’lumot olish mumkin. Isixazmning gullab yashnashi Grigoriy Palam faoliyati bilan bogʻliq. Ular inson xudo bilan bir butun degan qarashlarni ilgari surgan. Ular ibodat davomida koʻz yosh (yurakdan ibodat qilish) toʻkishni targʻib qilib, uni “aqlli ibodat” deb nomlashgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish