Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik


Teologiya – diniy ruhdagi falsafa, ilohiyot. Tevton ordeni



Download 1,74 Mb.
bet170/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Teologiya – diniy ruhdagi falsafa, ilohiyot.
Tevton ordeni – salib yurishlari davrida vujudga kelgan diniy-ritsarlik ordenlaridan biri. T.O.ga asosan, nemis tilida soʻzlashuvchi ritsarlar a’zo boʻlishgan, ammo ordenning nizomida bunday soʻzlar uchramaydi. Orden nemis shifoxona birodarligi negizida 1118-yilda Quddusda tashkil topgan va birodarlik ioannitlar ordeniga boʻysungan. 1187-yilda salibchilar yengilib, Quddusdan chiqib ketgandan keyin 1190-yil nemis ritsarlari Akra shahrini qamal qilgan paytda yaradorlar uchun shifoxona tashkil qilishadi va u 1191-yilda Rim papasi Kliment III tomonidan tan olinadi. Rim papasi Innokentiy III davrida u “Iyerusalimdagi nemislarning Muqaddas Bibi Maryam orden shifoxonasi” deb nomlanadi. Orden oʻz nomini german qabilalaridan boʻlgan tevtonlardan olgan edi. Ularning asosiy kiyimi chap tomonida qora rangli xoch tasviri boʻlgan oq yopinchiq edi. Orden a’zolari bir necha darajalarga boʻlingan boʻlib, ularning yuqorisida ritsar-birodarlari turgan. Ular feodallar avlodlari boʻlishgan. Faqat ular orasidan grossmeyster (boshqaruvchi) saylanishi mumkin edi. Bir yilda bir marta ritsar-birodarlari kapituli (majlis) ga kelishardi va oʻta muhim masalalarni muhokama qilishgan. Ordenning dignatarlar kengashi 5 kishidan iborat boʻlib, u komtura (grossmeysterning oʻrinbosari), Buyuk marshal (harbiy ishlarga mas’ul), buyuk gospitalyer (tibbiyot ishlariga mas’ul), buyuk tikuvchi va buyuk moliyachi lavozimlaridan iborat edi. Undan tashqari orden tarkibida koʻplab dehqonlar va boshqa soha kishilarini ham uchratish mumkin edi. Ular turli vazifalarni bajarishgan. Dastlab orden a’zolari juda kam edi va shu sabab ularning na siyosiy va na harbiy ta’siri boʻlmagan. 4-grossmeyster German fon Zals davrida qisqa muddat ichida orden tampliyerlar va ionnitlar kabi ta’siri kuchli boʻlgan ordenga aylangan. Natijada T.O. mulklari Germaniyadan tashqari Fransiya, Italiya, Pireney yarim oroli, Gretsiya va Falastinga yoyilgan. Shu davrda ordenni Vengriya qiroli Andrey II qipchoq qabilalarga qarshi kurashish uchun taklif qiladi va keyinroq orden tomonidan venger yerlarining egallanishi natijasida orden Vengriyadan quvib chiqarilgan. 1226-yilda Polsha knyazi Konrad Mazovskiy ordenga Xelmin viloyatini berib, ularni prusslarga qarshi kurashish uchun taklif qiladi. 1237-yilda ular qilichbardorlar ordeni bilan birlashib, Estoniya va Latviya yerlarini boʻysundiradi. 1242-yilda ordenning sharqqa yurishi Chud koʻli ustida Aleksandr Nevskiy boshliq rus askarlari tomonidan toʻxtatiladi. 1410-yil Polsha va Buyuk Litva knyazligining birlashgan qoʻshinlari Gryunvald jangida ordenni magʻlub qiladi. Papa va german qirollari oʻrtasidagi raqobatda orden qirollar tomonda turgan. Shu sabab orden papaning buyruqlarini bajarmagan. Bu esa 1241-yilda Falastinda ioannitlar ordeni bilan urush chiqishiga ham sabab boʻlgan. 1256-yilda esa Vilgelm fon Urenbaxning grossmeyster boʻlishi natijasida Sharqiy Yevropa davlatlariga qator harbiy yurishlar uyushtirila boshlagan. Orden XV asr 2-yarmiga qadar Polsha qirollariga vassal boʻlgan. 1525-yildan orden hukmronligi dunyoviy xarakterga ega boʻlib, shu yili orden grossmeysteri Albrext Gogensollern Prussiya gersogi boʻlgan.
Tiara – Rim papalarining toji. Qimmatbaho metallardan yasalgan va qimmatbaho toshlar bilan beza-tilgan. T. asosida papalarning uchta ramziy huquqlari yotadi. Ular oliy sud, qonun chiqarish va cherkov xodimi huquqlaridir. T. xoch bilan birgalikda bir butun hisoblangan. Tiaralarning bu koʻrinishi XIV asrdan shakllangan.
Ting (qad.skand.yigʻilish) – oʻrta asrlar german va skandinav qabilalarida voyaga yetgan va ozod erkaklarning yigʻini. Keyinroq davlat miqyosida chaqirila boshlangach u alting deb atala boshlangan. Islandiyada X asrdan boshlab alting yagona butunisland boshqaruv organi boʻlgan. Shuningdek mintaqaviy, mahalliy T. ham boʻlgan: Shvetsiya va Daniyada landsting, Norvegiyada lagting. Shaharliklar oʻzlarining T.ga ega boʻlgan. Qirollik hokimiyati mustahkamlanishi bilan T. oʻzining qonunchilik funksiyasini yoʻqotib, faqatgina sud funksiyasini saqlab qoladi, biroq bunda ham hal qiluvchi rol qirol vakillariga tegishli boʻla boshlagan.
Tiran – XIII-XVI asrlar Italiya shahar-respublikalarida hokimiyatni kuch bilan egallab olgan hukmdorlarga nisbatan ishlatilgan. Shu bilan birga shahar kommunalarining bosh-qaruvchilari ham shu nom bilan atalgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish