Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
ulg’ayishga harakat qilma. Agar biror narsa bo'lsa, menga bog’lan. – Girra quvnoq
jilmayib, uni yengil quchoqladi.
- Men seni sog'inaman, opajon. – Renesmi do'stona tarzda Bagirraning
sochlaridan tortdi.
Keyin Bagirra Karlayl tomon yo'l oldi. Men ularning qiyofalarini ko'rdim. Ular
sevgi va qayg’u bilan to’lib turishgandi. Hozir ular uchun bu chidab bo'lmas darajada
og'riqli va qiyin ekanligini bilardim.
- Karlayl, barchasi uchun tashakkur! Sen meni dunyodagi eng baxtli ayol
qilding. Men seni hech qachon unutmayman. Sen mening qalbimda abadiy qolasan
va men seni umrbod sevaman. – U Karlaylni qattiq quchoqladi va ko'zlarini yumdi.
Ikki shaffof tomchi uning yonoqlaridan oqib tushdi. Ko'z yoshlari uni bo'g'ib qo'ydi
va gapirishga to'sqinlik qildi.
- Girra, qaroringga aminmisiz? – Karlaylning ovozi noaniq bo'lib eshitildi. U
dahshatli tanlovga duch kelgandi. Ammo Bagirra uni davom ettirishiga yo'l qo'ymadi.
U orqaga yarim qadam tashlab, uning g'amgin ko'zlariga tikildi.
- Ishonchim komil. Ko'zlaring menga bu ishonchni beradi. Sen Esmeni
ko'rishni xohlaysan va bu men uchun eng asosiy narsa. Men seni baxtli qilish uchun
hamma narsaga tayyorman. Esme esa Lusi uchun yaxshi ona bo'lishiga aminman. U
ham baxtli bo'lishga loyiq. – Bu so'zlari bilan u qizini Karlaylga berib, mehr bilan
o'pdi. Keyin u oyoq uchida turib, Karlaylning lablaridan bo’sa oldi va orqaga qadam
tashladi. Men umurtqamdan titroq tushayotganini sezdim.
- Barchangizga rahmat, menga chinakam baxt baxsh etdingiz. Buning uchun
sizdan behad minnatdorman. Bir-biringizga g'amxo'rlik qiling va baxtli bo'ling. Ikki
hafta ichida Esme oroliga keling.
Men barchangizni yaxshi ko'raman va har doim sizni oilam deb bilaman. Men
xotirjam qalb va osoyishta ruh bilan ketyapman. Endi esa xayr. – U shunday dedi-yu,
o'girilib daraxtlarning barglari orasida g'oyib bo'ldi.
Darhaqiqat, u ketganidan keyin biz og'riq his qilmadik. U o'zidan yaxshi iz
qoldirib ketdi…
U aytganidek, ikki haftadan so'ng biz Esme oroliga bordik.
Ushbu orolga qadam qo'yganim bilan, ruhimni tushunarsiz tashvish qamrab
oldi. Biz sukutda Esmening dahmasi tomon yurdik. Nihoyat, yetib bordik va ichkariga
kirdik.
Esme, avvalgidek, tosh tobutda harakatsiz yotardi. Bir necha oy oldin bu joyni
tark etganimizdan beri hech narsa o'zgarmaganday tuyuldi.
Ammo birdan Esme chuqur nafas oldi va ko'zlarini ochdi.
Ajablangancha, hamma o'z joyida qotib qoldi.
- Bagirra, ketma! – Bu Esmening hali to'liq tiklanmagan birinchi narsa edi.
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
- Ha, Bagirra va'dasini bajardi. U bizga Esmeni qaytarib berdi.
Esme ajablanib bizga qarab turardi. – Ajabo... Nima bo'ldi? Men uxlab qoldim
va g'alati tush ko'rdim, go'yo men o'lgan edim va Bagirra meni qutqarayotgandi... –
Keyin u atrofga diqqat bilan nazar tashladi. – Bu joy... Bu tush emas... To'g'rimi?! –
Uning ovozini vahima bosdi.
- Esme, azizim, tinchlan. Bu allaqachon tugadi. Biz shu yerdamiz, hammamiz
oldingdamiz. – Karlayl uni quchoqladi va mehr bilan o'pdi.
Barchamiz uni o'rab olib, quchoqladik va tinchlantirishga kirishdik.
- Lusi qayerda? Men qizimizni ko'rmoqchiman. – Bu so'zlari bilan Esme bizni
hayratda qoldirdi. Biz biron bir narsa deya olmay jim bo’lib qoldik.
Ha, Bagirra menga hamma narsani aytib berdi. U mensiz o’tgan butun hayotini
menga ko'rsatdi, Karlayl bilan munosabatlari haqida aytib berdi va Lusini
o'zimnikidek qabul qilishni iltimos qildi. Xo'sh, u qayerda?
- Esme, biz barcha bolalarni Jeykobga qoldirdik va seni oldingga o’zimizgina
keldik. – Karlisl ohista uning yuzini silab qo'ydi.
- Men ularni darhol ko'rishni xohlayman. Olg’a. Vaqtni behuda o'tkazmaylik.
– Esme bizning quchog'imizdan ozod bo'lib, chiqish tomon yo'l oldi.
XOTIMA
Esme qaytgani va Bagirraning bizni tark etganiga ikki oy bo'ldi. Bizning
hayotimiz odatiy tusda davom eta boshladi. Biz hammamiz baxtiyor edik. Bagirra
Esmega uning yo'qligida biz bilan sodir bo'lgan barcha narsalar haqida gapirib
bergandi. Bagirra, shuningdek, o’zining Karlaylga bo'lgan his-tuyg'ulari va Esmeni
qanchalik qadrlashini ham aytib bergan edi. Esme esa, nafaqat, uni kechirishga, balki
tushunishga ham qodir edi. U Lusini o'z qizi sifatida qabul qildi. Bolalar tezda katta
bo'lishdi. Rozali baxtdan go’yo uchib yurardi. Bizning oilamiz yana bir butunga
aylandi.
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Do'stlaringiz bilan baham: |