Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
leopard timsolli yumorni olib, Lusiga taqib qo’ydi. – Qizim, bu hayvonning belgisi,
butun umr seni himoya qiladigan tilsim. U bizni har qanday masofada bog'laydi va
agar senda biron bir narsa yuz bersa, men darhol buni sezaman va senga yordamga
kelaman. Esme sen uchun yaxshi ona bo'ladi. Ushbu oilada sen muhabbat va
g'amxo'rlik bilan voyaga yetasan va men sendan xotirjam bo'laman. – U kichkina
tanani yanada qattiqroq bag’riga bosdi.
- Qachon ketishim kerak, deb o'ylaysan? – Karlayl unga afsus bilan unga nazar
tashladi.
- Tong otishi bilan men izlashga ketaman.
Bu Bagirraning uyimizda o'tkazgan so'nggi kechasi edi. U va Karlayl oxirgi
marta xonalariga birga chiqib ketishdi. Hatto, ular nima haqida gaplashayotganlarini
ham bilmasdik. – Bilaman, men buni yaqinlarim uchun qila olaman, u uchun ketaman.
– Hozir Bagirraning yuragi qanday siqilayotganini, uning ruhini qanday azoblar
qiynayotganini tasavvur qildim.
Tong otganda hammamiz Bagirrani ko’rish uchun uyga yig'ildik. Men u bilan
xayrlashishni xohlamasdim, uning qolishini xohlardim, lekin uning ilojsizligini ham
bilardim. U sevgilisiga boshqasi muhabbat bilan qarashini ko’rgandan ko’ra, uzoqda
bo’lishni afzal ko’rdi. Albatta-da!. Karlayl Esmeni har doim yaxshi ko'rgan va bundan
keyin ham shunday bo’ladi. Bagirra ham u uchun juda qadrli edi, ammo bu yetarli
emasdi.
Bagirra uydan chiqayotib, bir qo'li bilan Lusini ko’targancha, ikkinchi qo'li
bilan Karlaylni bag’riga bosdi. Ular bizning oldimizda turishardi.
- Men takallufni yoqtirmayman, lekin boshqachasi ham imkonsiz.
Barchangizdan minnatdorman. Sizlar mening haqiqiy oilamga aylandingiz.
Hayotimning eng baxtli onlarini sizlar bilan birga o'tkazdim. Endi mening ruhim
xotirjam va endi sarguzashtlarni qidirib tinchgina ketishim mumkin. – U oldinga bir
qadam tashlab, Rozali tomon burildi.
- Rouz, opaginam, men senga yordam bera olganimdan baxtiyorman. Endi
senda Riki bor. Unga g'amxo'rlik qil va uni sev. Bilginki, unda mening bir parcham
yashaydi. – U Rozalining qo'lidagi chaqaloqni mehr bilan o'pib qo’ydi.
Rozali Bagirraning bo'yniga quchoq tashladi va asta pichirladi. – Rahmat,
Girra. Men seni hech qachon unutmayman. Sen mening chinakam sevimli
singlimsan!
Keyin Girra Emmet tomon yurdi. – Emmet, sen mening haqiqiy jasur akamsan,
ammo men beysbolni sendan yaxshiroq o'ynayman! – U makkorona kuldi.
Emmet norozilik qiyofasida so’z qotdi. – Opaginam, mening fikrimcha, bizda
jangovar durang bor. Ehtimol, sen bir kun qaytib g'alaba qozonishni istarsan. – U
handon otib kulib yubordi va musht bilan yelkasidan itarib qo’ydi.
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
- Balki.. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Axir, ertaga bizni nima kutayotganini
hech kim bilmaydi. Albatta, Ellisdan boshqa. – Hamma birgalikda kulib yubordi va
Bagirra Ellisga yuzlandi.
- Ellis, rahmat, men sendan ko'p narsani o'rgandim. Sen haqiqiy do'st va
beg’araz ko’makchi bo’lding.
- Rahmat, Bagirra. Biz hech qachon yaqin do'st bo'lmaganmiz, lekin men seni
juda yaxshi ko'raman va hurmat qilaman, opaginam. – U Bagirraning bo'yniga osildi
va uning yuzidan ohista o'pib qo’ydi.
- Jasper, sendan kattagina umidlarim bor. Sen ushbu uydagi muhit uchun
javobgarsan. Shunday qilib, qadrdonlarim ustidagi osmon har doim ko'k bo'lishiga
urin, albatta, majoziy ma'noda. – Girra o'zi quvnoq ohangda kulib yubordi. – Aks
holda, faqat Jeykob va Lusi tashqariga chiqa oladi, xolos.
- Jeykob, - u quvonch bilan unga qo'lini uzatdi. – Balki tabiatan biz it (bo’ri) va
mushukmiz (panterra), aslida, dushman bo'lishimiz kerak, lekin men har doim o'z
taqdirimga qarshi chiqishga odatlanib qolganman. Shuning uchun, men seni
birodarlarim safiga qo'shib qo'yaman.
Jeykob quvnoq tabassum bilan uning qo'lini siqib qo’ydi.
- Edvard, sen menga boshidanoq ishongansan va zarar yetkazmasligimni
bilgansan. Sen meni himoya qilding va qo'llab-quvvatlading. Buning uchun rahmat.
Sen yaxshi odamsan va sening haqiqiy oilang bor. Ularga g'amxo'rlik qil. – U
Edvardni yengilgina quchoqladi.
- Rahmat, Bagirra, sen bizning hayotimizga quvonch keltirding.
Shunda Bagirra mening oldimga keldi. U menga nima deyishini kutib,
nafasimni ushlashga harakat qildim.
- Bella, sen va men qarindoshmiz va shunday bo'lib qolamiz. Muhabbat va
g'amxo'rliging uchun tashakkur.
Men uning bo'yniga osildim. Undan qolishini iltimos qilmoqchi edim, lekin his-
tuyg'ularimni jilovladim va faqat astagina shivirlay oldim – Girra, agar biror narsa
yuz bersa, seni qanday topsam bo'ladi?
- Bella, - U ham meni quchog’iga bosdi. – Azizim. Faqat meni o'ylagin-da,
aqlan xabar ber. Biz sen bilan bog'liqmiz, bu haqda unutma. Men sening birinchi
chaqiruvingdayoq yetib kelaman. – U mening yonimda turgan Renesmiga
yonboshladi.
- Xo'sh, qara Nessi. Sen haq eding. – Men qizimning bo'yniga tumor ilib
qo’ydim. – Senda biz bilmagan ko'plab qobiliyatlar yashiringan. Sen hali o'zingni
ko'rsatasan, men bunga aminman. Ungacha ulg'ayib, bolaligingning har bir
daqiqasidan zavqlan. Hech qachon qaytib kelmasligiga ishon, muddatidan oldin
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Do'stlaringiz bilan baham: |