Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
Uy bo'shashi bilan men mohirlik bilan daraxtning o’zimga yaqin shoxiga
sakrab, Bagirraning yoniga o'tirdim. U qimirlamay, ko'zlarini ham ochmadi.
Men biroz o’zimni noqulay his qildim, keyin ikkilanib so’z ochdim – Girra,
agar halaqit bergan bo'lsam, kechirasan.. Shunchaki, sen bilan dildan
suhbatlashmoqchi edim.
Ha, Bella. – Bagirra ko'zlarini ochdi va menga uzun o’tkir tishlarini ko’rsatib,
makkorona jilmayib qo'ydi. – Mendan nima so'rashni xohlayotganingni bilaman,
lekin savolingga javob eshitishga hali tayyormisan, bilmayman. – U mening
ko'zlarimga tikildi.
- Men nimadir bo'layotganini his qilyapman, lekin nima ekanligini
tushunolmayapman. Bilasanmi, men sir saqlashni bilaman – men tortinchoq
ko'zlarimni pastga tushirdim.
- Albatta, Bella, bilaman. Balki, senga bu sirni aytib berarman. Sen bunga ruhiy
jihatdan tayyormisan? Ammo sen menga bularni hech kim, hattoki, Edvardga ham
aytmayman, deb so’z berishing kerak! Men ko’ksingizni puch yong’oqqa
to’ldirmoqchi emasman.
- Va'da beraman! – Darhol uning porloq yashil ko'zlariga qaradim.
Bagirra kinoyali kulib qo’ydi. – Mening aytadiganlarim senga ortiqcha yuk va
azob bo’ladi, xolos. Bu oson emas, Bella.
- Girra, sen menga ishonishing mumkinligini bilasan. Shuningdek, mening
qalqonim sening siringni saqlashga yordam beradi.
- Yaxshi. Xohlaganingdek bo’laqolsin. – Bagirra tahlikali jilmaydi. – Bu yerda
men boshqa vampirlar va oddiy odamlarning fikrlarini tinglayman. Men izlayapman...
Esmeni qaytara oladigan odamni qidiryapman...
Ko’zlarim hayratdan kattalashib ketdi. - Qanaqasiga? Buning iloji bormi, hali
ham-a? Biz uni dafn etdik va sen umid yo'qligini aytding...
- To’g’ri, Bella. Behuda umid bog’lab, puch hayollarga ishonib
yashamasligingiz uchun aytgandim. Bu vaqt ichida men qidirdim, izlandim va umid
qila boshladim. Nazariy jihatdan, men o'liklarning dunyosiga kirib chiqa oldim,
demak, agar kimdir menga yordam bersa, Esme uchun yo'l topa olaman. Axir,
Esmening tanasi hamisha o’z ruhini kutadi. Vaqt uning ustidan hech qanday kuchga
ega emas.
- Lekin qanday? Kimdir enga yordam berishi va, umuman, shunday kimsaning
mavjudligi haqidagi fikrni qayerdan olding? – hayollarning miyyamda g’ujg’on
o’ynardi.
- Bilasanmi, Bella, bu dunyodagi hamma narsa bir-biriga bog'langan va o’zaro
muvozanatdadir. Har bir harakatning o'ziga xos qarama-qarshiliklari mavjud. –
Bagirra qo'lini daraxt tanasi bo'ylab yurgizib, chuqur izlar qoldirdi. – Agar tanani
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
buzmay ruhni oladigan kishi bo'lgan bo'lsa, demak uni xuddi shu tarzda qaytaradigan
kishi ham bo'lishi kerak. Esmeni qaytarib berish uchun menga bu iqtidorli kishining
roziligi, aslida, kerak ham emas. Men, shunchaki, uning in’omini qarzga
olmoqchiman, xolos… Uni o'zim o'rganaman!
- Bu shunchaki ajoyib! – Men boshqa so’z deyolmay qoldim.
- Ammo Volturiylarning qirib tashlanishi hamma narsani murakkablashtirib
yubordi. Ular o'zlarini qonun va tartibning xizmatchilari, deb e'lon qilishdi, lekin
aslida bu nom ostida ular o’zlariga bo’ysunmaganlarni yo'q qilardilar - mantiqan
kuchliroq bo'lib chiqqan va o'zlarining imperiyalariga qo'shilmaganlarni... Hech
bo'lmaganda, kelajakda ularga tahdid solishi mumkin bo'lgan barcha kuchli
vampirlarni qirib tashlashardi. Agar men aralashmaganimda, xuddi shu taqdir sizning
oilangizni qismatiga aylanar edi. Men bunga yo’l qo’ymaslikka tirishdim, ammo
biringizning o’limida baribir hech nima qila olmadim. Endi esa bu xatoyimni
tuzatishga urinyapman.
- Ammo, Bagirra, lekin nima bo'ladi... – Men kerakli so’zlarni, arang,
ongimdan qidirib bayon etardim.
- Bilaman, Bella. Hozir mendan nimani so'ramoqchi ekaningni anglab
turibman. Ammo bu savolingga esa javobim yo'q. – U ko'zlarini yumdi va og'riq
sezgandek yuzini burishtirdi. – Bilmayman... Menga vaqt ber. Men, allaqachon,
javobga yaqinlashib qoldim. Tez orada, aniq javobni ishonch bilan ayta olaman.
Ungacha, bu haqda hech kimga aytma! Men eski, davolanmagan yaralarni ochib, puch
umid bermoqchi emasman. – U ko'zlarini mahkam yumdi. – Endi, agar qarshi
bo'lmasang, men ov qilishim lozim.
Bu so'zlar bilan u daraxtdan sakrab tushdi va, ko'z ochib yumguncha, o'rmon
orasida g'oyib bo'ldi.
Men ov faqat yolg'iz qolish, tanholikda azob chekish uchun bahona ekanligini
bilardim. U Karlaylni sevadi, hammamizni jonidan ortiq ko’radi. Esme qaytib
kelganidan so’ng esa nima bo'ladi? Bagirra unga vaqt berishimni so'radi, men unga
qarshi chiqmadim. Har holda, bu uning shaxsiy qarori. Tanlov ham uniki...
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |