Abadiy quyosh botishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/54
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#297948
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
2 5424642693844175211

21-BOB 
HAYOTIY ESLATMA
 
 
Bagirra bilan suhbatimizdan bir hafta o'tdi. Uning aytganlaridan keyin o'zimni 
qo’ygani joy topolmasdim. Qalbim o’rtanardi. Nimani to'g'ri qilishni bilmay qoldim. 
Kun quyoshli va biz uchun ko'chaga chiqish xavfli edi. Shuning uchun, butun 
oila  uyda  o'tirdik  va  har  kim  o'z  ishini  qilardi.  Edvard  va  Emmet  garajda  shovqin 
solishardi.  Ellis,  har  doimgidek,  shkafi  bilan  band  edi,  Bagirra  va  Karlayl  ishdan 
bo'shab, xonalariga kirib ketishgandi. Men, Jeykob va Renesmi mehmonxonada edik, 
Jeykob o’zi yasagan yog'och askarlar bilan  qo’llarida  “urush” sahnasini ijro etardi. 
Men  ikkinchi  qavatga  chiqadigan  zinada  o'tirardim.  Ammo  shu  holatda  ham  men 
Rozalining  nigohini  payqadim.  Men  bu  qarashni  anglagandim.  Og'riq  va  hasadga 
to'lgan  qiyofa…  Rozali  mendek  umrboqiy  vampirning  o'z  farzandi  bilan  o'ynab 
yurganimni ko'rib azob chekardi. Rozali mening o'rnimda bo'lish uchun dunyodagi 
hamma  narsani  berishga  tayyorligini  bilardim.  Rouz  menga  o’zining  o’tmishi 
haqidagi  voqeani  aytib  berganidan  so'ng,  unga  boshqacha  munosabatda  bo'lishni 
boshlagandim.  U  orzu  qilgan  hamma  narsani  tortib  olishgandi  va  men  esa  o’z 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
ixtiyorim bilan inson bo’lib qolishni rad etgandim, shunday bo’lsa-da, baribir men 
onalik baxtiga erishgandim. Men Rozalining dardini tushunar, unga hamdard edim, 
lekin yordam berolmasdim. 
-  Rozali,  men  nima  deb  o'ylayotganingni  bilaman.  –  Bagirraning  yumshoq 
ovozini  payqab  qoldim.  Biz  uni  eshitmasligimiz  uchun  u  past  ohangda  gapirishga 
urinardi.  Men  esa o'girilib o'tirmadim,  o’zimni  uning qiyofasini  sezmagandek  qilib 
ko'rsatdim. 
- Bu tabiiy, ongni o’qiy olganingdan keyin… – Rozali afsus bilan xo'rsindi. 
- Sen nima deb o'ylayotganingni bilish uchun fikrlarni o'qish shart emas. Sening 
ko'zlaring hamma narsani bayon etib turibdi. Sen azoblanyapsan, Rouz. Sen farzand 
ko'rolmasligingdan g’am-anduhga botgansan. 
- Girra, bu men uchun juda qiyin sinov. Nessi paydo bo'lishi bilan men uchun 
yanada qiyinlashdi. Bilasanmi, men uni o’z qizimdek yaxshi ko'raman, meni onam 
deb  chaqirishini  xohlayman.  Buning  oqibatida  esa  men  Bellani  yomon  ko'rib 
qolishimdan qo'rqaman. Ba'zan ularning baxtini ko'rmaslik uchun bu uydan ketishni 
istayman.  Rozalining  ovozi  titrardi,  mening  esa  so’ngan  yuragim  go’yo  ko’ksimga 
tiqilib qoldi. 
Rouz... Men, albatta, aniq ishonchim komil emas... – Bagirra so'zlarini tanlab, 
biroz to’xtaldi. – Lekin men senga yordam bera olaman, deb o'ylayman... 
Men o’zimni bosolmay asta o'girildim. Men Rozalining ko'zlari yonayotganini 
ko'rdim,  lekin  u  his-tuyg'ularini  jilovlashga  urinardi.  –  Bagirra,  menga  hech  kim 
yordam berolmaydi. Men hech qachon farzand ko'rolmayman va boshqasi esa kerak 
emas. 
Men  Bagirraning  nigohiga  razm  soldim.  U  kerakli  so'zlarni  qidirardi.  – 
Bilasanmi,  otam  vampirlar  va  bo'rituslar  ustida  tadqiqot  olib  borgan.  Albatta, 
tajribalar  hech  qachon  amaliy  tarzda  o'tkazilmagan,  ammo  nazariy  jihatdan...  – 
Bagirra  ikkilanib  turdi  va  keyin  yana  davom  etdi.  –  Vampirning  tanasi  bolani 
homilador  qilishga  qodir,  ammo  uni  dunyoga  keltirolmaydi.  Agar  siz  homilani 
inkubatorga qo'ysangiz – vampir bola tug’ilishi va, bir vaqtning o'zida, omon qolishi 
mumkin bo'lgan tanada bo'lsa, unda ijobiy natija uchun imkoniyat bor. 
- Rozali unga g’ayrioddiy mas’um nigoh tashladi. – Ammo bunday inkubatorni 
qayerdan olishim mumkin? Bunday sinovga hech kim dosh berolmaydi. Homila ham 
rivojlana olmaydi… Vampirlar o'smaydi, unutdingmi? 
- Nazariy jihatdan, Rozali, men ushbu inkubatorga aylanishim mumkin. Sen va 
Emmetdan bola barcha genlarni, mendan esa rivojlanish qobiliyati hamda qo'shimcha 
qobiliyatlarni oladi. - Bagirra ajib tarzda jilmayib qo'ydi. 
Rozalining ko'zlarida baxt va umid uchquni alangalandi. U Girraning qo'llarini 
ushlab, uning ko'zlariga tikildi. – Girra, buni men uchun qila olasanmi??? 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish