Abadiy quyosh botishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/54
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#297948
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
2 5424642693844175211

7-BOB 
QONGA QON
 
 
Mening  butum  tanam  toshdek  qotib  qoldi...  Renesmi  qo'llarimni  mahkam 
ushlab  olgan  edi.  Mening  ko'zlarim  Volturiylar  kelayotgan  daraxtlar  orasidagi 
zulmatga yo’naltirildi. Men faqat bitta narsani o'ylardim - agar qalqonim ishlasa edi, 
men  uni  tinimsiz  boshqara  olsam  edi...  Qaniyni…  Oilamni  tushkunlikka  solmaslik 
uchun…  Chunki  jang  natijasi  shunga  bog'liq  bo'ladi.  Hammaning  taqdiri  menga 
bog'liq... Bu safar jangni oldini olish mumkin emasligini aniq bilardim. Volturiylar 
qat'iyatli va hech qachon o'z maqsadlaridan voz kechishmaydi. Ular bizni yo'q qilish 
uchun  kEllishmoqda,  men  bunga  zarracha  shubha  qilmayotgandim.  Ruhiy  jihatdan 
men jangga tayyorgarlik ko'rayotgan edim. Jangning yuzlab variantlari mening ongim 
bo'ylab tez  aylanib  yurar, lekin  faqat  ikkita  natija  bo'lishi  muqarrar  edi:  yo  biz, yo 
ular! 
Birdan  ko'zlarim  qalin  yaproqlar  orasidagi  ohista  harakatlarga  tushdi. 
Atrofimda himoya aurasi (qobig’i) hukm surar, bu esa havoni tozalayotganday tuyular 
edi.  Bir  lahzadan  so’ng  o'rmondan  qorong'u  sharpa,  soyalar  chiqib  keldi.  Ularning 
soni ellikka yaqin edi, ehtimol undan ham ko'proq. Bu holat esa meni dahshatga soldi. 
Shuncha  vampirga  qarshi  imkoniyatimiz  yetarmikin?  Men  nigohimni  Bagirraga 
qaratdim. U menga orqa o'girib turardi, men uning yuzini ko'ra olmasdim, lekin tanasi 
shunchalar o'ziga bo'lgan ishonch va to'la jangovar tayyorlik energiyasidan nur sochib 
turardi. Bu  energiya  undan  ko’chib bizga o'tdi,  u  xuddi bizning qalqonimiz  singari 
bizni o'rab oldi va hammamizni o’z ostiga go’yo muhofazaga oldi. Endi ishonchim 
komil  bo’ldi  –  Bagirra  bizni  qalqon  bilan  qoplagandi. Yo'q,  meniki  kabi  emas. Bu 
boshqacha energiya edi va uni men buni osonlik bilan payqadim. Bagirraning qalqoni 
bizga uning kuchi va g'ayratining bir qismini o’tkazardi. Endi men bu qalqonni yaxshi 
his qildim va hatto uning chegaralarini ham ko'ra boshladim. U hammamizni o’rab, 
o’ziga hos muhitni hosil qilgandi. 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
Yaqinlashib kelayotgan soyalarga diqqat bilan razm soldim. Ular Volturilar edi 
–  adashishim  mumkin  emasdi.  Ularning  hammasi  qora  rido  kiygan,  lekin  yuzlari 
parda  ortida  yashirilmagandi.  Aftidan,  ular  bu  orolda  yashirish  uchun  odamzod 
yo'qligini  bilishgan.  Faqat  biz  bor  edik  va  ular...  Oldinda  ikkita  aka-uka  kelardi. 
Ehtimol,  ular  Aro  bilan  uyimizga  kelgan  o’sha  vampirlardir...  Demak,  ular  uning 
asosiy ruhiy qalqoni bo'lgan, ya’ni ular mening asosiy raqiblarim bo’lishi mumkin. 
Aroning o'zi va uning izdoshlari  ortda ohista kEllishardi. Ular turli xil ko'rinish va 
yoshdagi  vampirlarning  zich  zanjiri  bilan  muhofazalangandi.  Ular  yetarlicha 
yaqinlashgach, ularning yuzlaridagi ifodalarni bemalol ko’rish imkoniyati shakllandi. 
Ularning  tashqi  qiyofalari...  Ular  ringga  chiqqan  bokschilarga  o'xshardi.  Bu  ular 
uchun  shunchaki  ishdek  tuyulardi.  Aro  haqiqatan  ham  kuchli  va  sodiq  armiyani 
yaratishga muvaffaq bo'libdi. Butun dunyodagi tengi yo'q qo'shin… 
Ularning barchasi tekislikdan o'tib, Bagirradan bir necha qadam narida bizning 
qarshimizga  to'xtashdi.  Endi  ularning  kuchi  va  soni  yanada  aniqroq  sezildi.  Ular 
olomon ichida bizni oyoq osti qilishlari mumkin edi. 
Ikkita  yetakchi  yigit o’z  rahnamolarining o'tishi  uchun  ora  bo’shatishdi. Aro 
oldinga biroz qadam tashladi va o'zining jirkanch ovozida gapira boshladi: 
-  Karlayl,  qadrdonim!  Ko'ryapmanki,  siz  bizlarning  yordamimizni  ham 
kutmasdan,  bu  yovuz  maxluqni  yo'q  qilish  uchun  birgalikdagi  rejamizni  amalga 
oshirishga kirishgansiz!  Bu  maqtovga  sazovor! –  U  makkorona  nigohini  Bagirraga 
qaratdi. 
Karlayl norozilik bildirish uchun og'iz juftladi, ammo Bagirra undan avval so’z 
boshladi: 
- Yovuz maxluq deganda sen o'zing va yoningdagi qabih kimsalarni nazarda 
tutyapsanmi, Aro? – bu so'zlardan so’ng u qahrli jilmaydi. 
Aro sekin boshini Bagirra tomon burdi va uni o’tkir qarash bilan qarshi oldi: 
-  Oh,  chatishma  maxluq  ovoz  bergan  ko’rinadi?  Salom,  mashhur  Bagirra! 
Nihoyat,  sen  bilan  uchrashganimdan  xursandman.  Bugun  men  o'nlab  yillar  oldin 
boshlagan ishimni  yakunlayman  va,  nihoyat, Vergil  klanining so'nggi vakilini ham 
yo'q qilaman! 
Bagirra o'zining kuchi va ustunligini zavq bilan namoyish etib, qo'llarini beliga 
qo'ydi. – Yo'q, Aro! Aksincha, men yer yuzidan bir necha o'nlab yaramaslarni qirib 
tashlamoqchiman, shuning uchun ko’plab yillar mobaynida yashab kelmoqdaman. – 
Uning  qalqoni  yangi,  hayratlanarli  kuchga  kirgandi.  Bu  kuch  bizni  energiya  bilan 
yanada kuchliroq ta’minladi, bizga dalda berdi. Vujudimdan elektr toki o’tayotganini 
sezardim. Bu yoqimli, ajib tuyg'u va cheksiz kuch hissi edi. 
Aro  namoyishkorona  Bagirradan  yuz  o'girdi.  Uning  ifodasi  muloyim  va 
do'stona bo'lib qoldi. 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish