Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
- Bella, men bir narsani bilaman. – Uning yuzi yana jiddiylashdi – ertangi kun
hammamiz uchun ahamiyatli bo'ladi. U kim bu dunyoda qolishi, kim esa abadiy yo’q
bo’lib ketishini belgilaydi. Uning ko'zlarida olov porladi... Qasos alangasi. – Tongda
men Italiyaga jo’nayman. Siz esa hammamiz uchun ibodat qilishingiz kerak. Ammo,
Bella, ishon, – u mening kaftlarimni qo'llariga oldi – men Nessi va barchangizni
qutqarish uchun bor kuchimni sarflayman. – Bu so'zlarni yakunlab, u balkondan
sakrab tushdi va o'rmon ichra g'oyib bo'ldi.
Men butun kechani balkonda harakatsiz o’tkazdim. Edvard mening his-
tuyg'ularimni tushundi va shuning uchun yolg'iz qolishimga imkon berdi. Osmonda
tongning dastlabki shafaqlari paydo bo'ldi. Edvard balkonga chiqdi va qo'llarini
belimga aylantirdi. Uning lablari ohista mening labimga tegdi va bo’sa olib
quchog’imizni bir-birimizga ochdik. Keyin u muloyimlik bilan qo'lini yonog'imga
bosdi va dedi: - Yur, Bella, Bagirra bizni kutmoqda.
Edvard bilan men yotoqxona uchun jihozlangan kichik xonaga kirdik. Butun
oila, shu jumladan, Jeykob ham allaqachon shu yerda edi. Renesmi Bagirraning
yelkasida o'tirar va mamnunlik ila uning sochlari turmaklaridan tortardi. Men
Bagirraning ko'zlariga qaradim. U menga qarata javob berdi. Bu qarashdan men
nimadir his qildim. Men uning qalbida tashvish his qila boshladim. – Biror narsa
bo'ldimi, Bagirra? – Men qo'rqib uning oldiga bordim. – Nimadir noto'g'ri
bajarildimi? – Men madad izlab Ellisning ko’zlariga qaradim, ularda buni ko’rmadim.
Ellis ham beixtiyor Bagirraga tikilib qoldi.
- Ellis... Sening tasavvurlaring... Sen haq eding... – Bagirraning ko'zlarida afsus
va hamdardlik aks etdi.
- Ammo, Bagirra, - Ellisning qiyofasi bir xil, tushunarsiz bo'lib qoldi. – Ular
o'zgarishi kerakmasmidi?
- Yo'q. Men xato qildim. – Uning yuzi ko'rinmas og'riqdan burishdi. – Men
Volturiylar armiyasining kuchini nazarga ilmadim yoki biron narsani e'tiborsiz
qoldirdim. Endi bu muhim emas. Vaziyatning ahamiyati shundaki, Volturiylar bizni
topishdi. Kutganimdan ancha tez... Men Aroning fiklarini o'qidim. Ular allaqachon
bu yerga kEllishmoqda. – Bagirra noumid bilan yelka qisdi – men ularni to’xtatishga
ulgurmayman. Kechirasiz, lekin janglardan qochib qutula olmaysiz. Barchangiz
kurash olib borishingiz va ushbu qudratli kuchga qarshi kurashishingizga to'g'ri
keladi.
- Sen-chi, Girra! Endi nima qilasan? – dahshatli fikr miyamga singib ketdi. U
bizni taqdirimizni o’z izmiga topshirib qo’ymoqchimi? U qochishga qaror qildimi?
Axir, agar o'ylab ko'rsangiz, bu uning uchun eng yaxshi variant-da! Hayotingizni
bexuda xavf ostiga qo'yish... qandaydir yashirin burchakdan panoh topish... o'zingizni
tayyorlash... kerakli daqiqani kutib, zarba berish... Ammo biz qanday amallaymiz?
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
Axir, halok bo’lamiz! U qasos olish uchun bizni qurbon qilishga tayyormi?
Miyamdagi fikrlar katta tezlik bilan mavjlanardi...
- Yo'q, Bella, men bunday qilmayman. – Bagirra, shubhasiz, men o'ylagan
hamma narsani bilib turgandi. U hammamizga sinchkovlik bilan nazar tashlab
chiqqan dedi: – Men sizlarni tark etmayman. Biz yonma-yon, yelkama-yelka birga
kurashamiz. – Uning ko'zlari qasos olish uchun tashnalik bilan to'lgan edi – Agar
menga Volturiylarning qabih panjalaridan o'lish va taqdirimni bajarmay abadiylikka
cho'mish nasib etgan bo'lsa, unda men taqdirning bu da'vosini qabul qilaman va yana
bir begunoh oilaning o'limiga yo'l qo'yishdan ko'ra siz uchun kurashib o'lishni afzal
bilaman. Men sizlarni olib keldim. Voqealar rivojini to'g'ri bashorat qila olmadim va
shu bilan sizni orolda ushlab qoldim. Ammo sizga va'da beramanki, men sizni jangga
olib bormayman va najodingiz uchun mumkin bo'lgan hamma narsani qilaman.
- Biz har doim tayyormiz, Bagirra! – Emmet jangga tayyorligini ko'rsatib,
oldinga qadam tashladi.
- Siz jangga tayyorligingizdan xursandman, lekin o'ylaymanki, yaxshiroq bir
nechta narsa bor – U xonaga bir nazar tashladi. – Jasper sizga yangi tug’ilganlar bilan
ishlash taktikasini o'rgatdi va shundagi bitta muhim narsani eslang – ular qonga tashna
yangi tug’ilganlardir. Volturiylarning butun armiyasi qayta tug’ilganlardan iborat –
uning ovozi ikki oktavga ko'tarildi va uning nutqi o’z hikoyasiga kirishib ketgan
professorning ma'ruzasiga o'xshardi. – Ammo bu konvertatsiya qilganlarning har biri
o'ziga xos va kuchli in’omga ega. Bu bizning eng katta muammomiz.
Jasper xayollardan holi bo’lib boshini ko'tardi. – Xo'sh, nima taklif qilasan,
Bagirra? Ularga qanday qarshi turamiz?
Bagirra biroz o'ylanib qoldi – Biz taktika ishlab chiqishimiz kerak. Hamjihatlik
va harakatlarni muvofiqlashtirish bizni qutqaradigan yagona narsa va, albatta, omad
kerak bo’ladi. U kinoyali tarzda jilmaydi.
- Demak, sen bizga omadga tayanib, o'limimizni istagan dushmanlarimiz
kelguniga qadar kutishimizni taklif qilyapsanmi? Rozali norozi bo'lib Bagirraga
qaradi.
- Yo'q. Men buni nazarda tutmadim. Siz omadga emas, balki menga va
kuchingizga ishonishingiz kerak. Axir, siz Volturiylar qo'rqqan Kallenning buyuk,
kuchli va iqtidorli oilasisiz. Buni unutmang! – Uning ovozida jo'shqinlik hissi paydo
bo'ldi. Ruhan u bu jangga to'liq tayyor edi. Uning jismoniy tayyorgarligi ham uni
uyaltirib qo’ymaydi deb umid qilishimiz mumkin edi.
- Barchangizni pastga tushishga va harakatlarimizni eng mayda-
chuydalarigacha o'ylab ko'rishga taklif qilaman. – Bagirraning kayfiyati nihoyat
ko'tarildi. U o'zining qo'rquvini jilovladi va ruhan, ehtimol, allaqachon Aro va uning
barcha qo'pol qo'shinlarini mayda-chuyda qilib tashladi. Uning kayfiyati qolganlarga
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Do'stlaringiz bilan baham: |