@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
esa sharoitga qarab harakat qilishingiz lozim bo'ladi. Qolaversa, bu joy siz uchun eng
ishonchli hisoblanadi – bu yerda xotirjam bo'lasiz. Mahalliy flora turli xil hayvonlarga
boy, shuning uchun siz tabiatning tabiiy muvozanatini buzmasdan ov qilishingiz
mumkin. – U so'zlarini yakunlab, mushuksimonlar in’omi va epchilligi bilan o'zidan
uch metr narida joylashgan ochiq derazadan bir sakrashda chiqib, tashqaridagi
daraxtning qalin shoxiga joylashdi. Uning imkoniyatlari meni hayratga soldi. U
haqiqatan ham ajoyib edi, qolaversa, Aro uning kuchi va go'zalligi haqida gapirganda
hech qanday mubolag'a qilmaganiga endi amin bo’ldim.
Karlayl mulohaza bilan bosh chayqadi: - Demak, bizning unga quloq solishdan
boshqa choramiz yo'q. Edvard, bu haqda nima deb o'ylaysan.
Edvard mening ko'zlarimga tikilib, keyin Karlaylga qaradi – Bagirra bizga
yordam berishni istayapti va biz ham unga ishonishimiz kerak. U qo'llari bilan
yelkamdan quchib, bag’riga bosdi.
Men biroz vaqt balkonda turib, daraxtlarning orqasida yashiringan quyoshni va
yakunlayotgan kunni tomosha qildim. Men hayot, har bir o’tgan baxtli kun, ajoyib
damlar haqida o'ylardim. Vampirga aylanganimdan so'ng, menga abadiy baxt va
muhabbat nasib qilganday tuyuldi, lekin Volturiylar kelib, bu inju orzularni barbod
qilishdi. Endigina vampirning hayoti ham osuda va silliq bo'lmasligini angladim.
Ammo mening qalbimda umid bor edi. Uzoq vaqt davomida meni ta'qib qilayotgan
muammolar karvoni a’lal-oqibat baxtli yakunlanishiga umid qilaman. Mening
fikrlarimni orqamdagi shovqin to'xtatdi. Men orqaga o'girildim va beixtiyor mudofaa
holatiga o’tdim. Bagirra mening qarshimda turardi. Aftidan, u bu joyga daraxtning
yuqori shoxidan sakrab chiqqan. Uning ko'zlari zulmatda oyning nuri tufayli yorqin
yashil maftunkor rangga ega bo'lib, qorachiqlari mushuknikiga o'xshab bir chiziqdek
bo’lib qolgandi. Bu manzara kishini abadiy hayratga soladigandek tuyulib ketdi.
Uning nigohi maftunkor edi va meni harakatlanish qobiliyatidan mahrum edi, lekin
o'zining yoqimli ovozi bilan meni yana o’zligimga qaytardi.
- Bella, yomon fikrlar senga tinchlik bermasa, ularni unut va
yaxshi narsalarga
haqida o’yla. Ishonaver, bu yordam beradi. Hayotimda quvonchli lahzalar ko'p
bo'lmaganiga qaramay, men buni doim qilaman. – U mehr ila ko'zlarimga qaradi.
- Girra – Men uning bu ismga munosabat bildirilishidan qo'rqib, biroz to’xtalib
qoldim, chunki birinchi uchrashuvimizda u faqat do’stari shunday chaqirishini
aytgandi, men esa uning do'sti bo'lishni xohlardim – Seni shunday chaqira olamanmi?
– men tortinchoq nigohimni ko'tarib uning yuziga qaradim.
- Ha, Bella. – Lablariga ozgina tabassum yugurdi - Sen va va butun oilang
ham... Men sizlarni do'stlarim deb bilaman. – Uning ko'zlari iliqlik va mehrga to'ldi.
- Girra! Bizni nima kutmoqda? Ertangi kun bizga nima olib keladi? – Men
undan o'lim haqida so'rashdan qo'rqardim.