A. Z. Umarov Avtomobillar texnik ekspluatasiyasi


Radioaktiv emirilish va radioaktiv oilalar



Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/149
Sana29.05.2022
Hajmi6,77 Mb.
#618663
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   149
Bog'liq
Mineralogiya va geokimyo. Umarov A.Z. (1)

Radioaktiv emirilish va radioaktiv oilalar.
Radioaktiv 
elementlar emirilganda ularning ba’zilaridan a - zarrachalar va 
ba’zilarda P - zarrachalar, ba’zan esa bu zarrachalar bilan birga 
у -
zarrachalar ham tarqaladi.
Soddi va Fayans radioaktiv elementlaming emirilishidan hosil 
bo‘ladigan yangi elementlaming atom og‘irligi va bu elementlaming 
davriy sistemada oladigan o‘mi haqida siljish qonuni deb atalgan bir 
qonunni topdilar. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi a - emirilishda 
hosil bo‘ladigan elementlaming atom og‘irligi bosh element atom 
og‘irligidan 4 birlik kichik bo‘ladi va undan davriy sistemada ikki 
xona chapga siljiydi; P-emirilishda atom og‘irlik o4zgarmaydi va 
yangi element davriy sistemada o‘ng tomonga bir xona siljiydi.
Darhaqiqat, element atomi a - zarracha chiqaradigan hosil 
bo‘ladigan yangi elementning ikkita musbat zaiyadga kamaydi
atom og‘irligi (to‘g‘riroq aytganda massa soni) 4 birlik kamayishi
206


kerak, chunki а - zarracha geliy ionidir, uning zaryadi +2 ga, atom 
og‘irligi esa 4 ga teng; p - zarracha chiqqanda massa deyarli 
kamaymaydi, chunki p - zarrachalar elektronlar oqimidan iborat
elektron massasi esa g‘oyat kichikdir. Bunda ajralgan elektron 
chiqib ketadi va yadroning bir neytroni protonga aylanadi. Yadrodan 
bir manfiy zaryad chiqib ketgani uchun unda bir musbat zaryad 
ortadi, Shuning uchun bu element davriy sistemada bir xona o‘ngga 
siljiydi.
Hosil bo‘ladigan yangi radioaktiv elementlaming atomlari 
neytraldir, demak, а - yemirilishda sirtqi qavatdan ikki elektron 
uziladi, p - yemirilishda esa sirtqi qavatga bir elektron qo‘shiladi.
Radioaktiv element yemirilganda uning miqdori kamayib 
boradi va u yangi elementga aylanadi, yemirilishda barcha 
radioaktiv elementlar quyidagi qonunga bo‘y sunadi.
Vaqt birligida yemirilgan atomlar soni element miqdoriga 
proporsionaldir.
Bu qonun radioaktiv emirilish qonuni deyiladi. Demak 
element kamayib borgan sari yemiriluvchi atomlar soni ham 
kamayib boradi.
Olingan miqdoming yarim emirilishi uchun ketgan vaqt yarim 
yemirilish davri deb ataladi.
Elementlaming yarim yemirilish davri g‘oyat xilma-xil 
bo‘ladi: ba’zi elementlaming yarim yemirilish davri milliard yillarga 
teng bo‘lsa, ba’zilariniki sekundning juda kichik ulushlariga ten^ 
bo‘lishi mumkin. Hozir yarim yemirilish davri 14 mlrd. Yildan 10" 
sekundga qadar bo‘lgan elementlar ma’lum. Quyidagi jadvalda bir 
necha elementning yarim yemirilish davri ko‘rsatiladi.
41-jadva
Nomeri
Element
Atom
og‘irligi
Yemirilish
Yarim yemirilish 
davri
88
Ra
Г226]
а
1622-yil
92
U
238
а
4500000000
86
Rn
[2221
а
3,65 kun
93
Np
[237]
P
3,8 min.
94
Pu
[2421
(3
5 soat
84
207


Radioaktiv element yemirilib yangi elementga aylanadi, hosil 
boMgan element ham, o‘z navbatida yemirilib boshqa elementga 
aylanadi va hokazo. Bunday elementlar yig‘ilib bir oilani tashkil 
etadi. Hozir barcha radioaktiv elementlar uch oilaga bo‘Iib 
o‘rganiladi. Uchala oila ham eng so‘nggi element qo‘rg‘oshindir. 
Qo‘rg‘oshin esa radioaktiv emas, Shuning uchun u hosil bo‘ldi 
deguncha у emirilish to‘xtaydi.
Oilalaming biri uran oilasi (uning bosh elementi uran), 
ikkinchisi toriy oilasi, uchinchisi esa aktiniy oilasidir.

Download 6,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish