Bitumlar
Bitum – murakkab uglevodorod birikmalaridan iborat bo’lgan, qora yoki to’q qo’ng’ir rangli termoplastik amorf gigroskopik bo’lmagan va o’ziga suv singdirmaydigan materialdir. U benzol va toluolda oson eriydi, spirt va suvda esa mutlaqo erimaydi. Tabiiy (qazib olinadigan) bitum asfalt deb ham ataladi.
Sun’iy bitum neftni qayta ishlash orqali olinadi. Neftdan olinadigan bitumlarga BN-III, BN-IV, BN-V navli bitumlar hamda qiyin eruvchan bitumlar misol bo’ladi. Mazkur bitumlarning yumshash harorati 50125C ni tashkil etadi.
Asfalt yaxshi elektr izolyatsiya xossasiga ega bo’lib, mo’rt va qattiqdir. Uning yumshash harorati 200C gacha yetadi.
Bitumlarning dielektrik xossalari quyidagicha: r =2,5-3,0; tgδ =0,01; =1013- 1014 Om∙m; Em=10-25 MV/m. Bitumlar, asosan, lok va kompaundlar tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |