Polietilenning asosiy mexanik va fizik xossalari
Ko’rsatkichlar
|
Yuqori bosimli
|
Past bosimli
|
O’rtacha bosimli
|
Zichligi ,kg/m3
|
918-930
|
954-960
|
960-968
|
Mustahkamligi,MPA: cho’zilishda
|
10-17
|
18-45
|
18-40
|
Egilishda
|
17-20
|
18-45
|
25-40
|
Siqilishda
|
14-17
|
30-36
|
20-37
|
Nisbiy cho’zilish,%
|
15-20
|
10-12
|
5-8
|
,Om∙m
|
1015
|
1015
|
1015
|
8,Om∙m
|
1015
|
1015
|
1015
|
r (1MGs)
|
2,2-2,3
|
2,2-2,4
|
2,3-2,4
|
tg
|
(2-3) 10-4
|
(2-4) 10-4
|
(2-4) 10-4
|
Er, MV/m
|
45-55
|
45-55
|
45-55
|
Erish harorati, 0C
|
108-110
|
124-132
|
128-135
|
Suv yutishi (30 sutka),%
|
0,02
|
0,005
|
0,01
|
Ish harorati, 0C
|
90
|
90
|
90
|
Shellakdan qoplovchi yoki yelimlovchi loklar tayyorlanib, ko’pincha, undan elektr asboblarining qismlarini loklashda foydalaniladi
Kanifol – to’q sariq rangli mo’rt modda bo’lib, daraxt yelimidan ajratib olinadi. Kanifol spirt, benzin, benzol, skipidar, aseton, neft va o’simlik moylarida osongina eriydi, suvda esa mutlaqo erimaydi. Uning dielektrik xossalari quyidagicha: r = 2,8; tg = 0,003; = 1013 – 1014 Om∙m; Et = 10-15 MV/m.
Elektr izolyatsiyasida kanifol lok va kompaund tayyorlashda, qatron tarkibida va yuqori kuchlanishli kabellar uchun neft moyiga qo’shimcha sifatida ishlatiladi.
Qahrabo – och sariq – qo’ng’ir tusli o’simlik maxsulidir. Qahraboning zichligi 1050 – 1096 kg/m3, yumshash harorati 175 – 200 0C. Uning dielektrik xossalari: r 2,8; tg= 0,001; = 1915Om∙m; = 1915Om∙m. Bu qatron skipidar, benzin va moylarda yaxshi eriydi. Qahrabo qimmat bo’lganligi sababli, undan faqat maxsus o’lchov asboblarida va katta qarshiliklar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Sellyuloza
Sellyuloza yuqori molekulali chiziqli polimer bo’lib, yog’ochga ishlov berish orqali olinadi. Sellyuloza yuqori molekulyar massaga ega. Sellyuloza tarkibida qutbli gidroksid guruh bo’lganligi sababli, u qutbli polimer hisoblanadi. Mazkur polimerning dielektrik xossalari quyidagicha: r = 6,5-7,0; tgδ = 0,005-0,01.98
Elektr texnikada izolyatsiya materiali sifatida ko’pgina sellyuloza materiallaridan foydalaniladi. Ulardan elektr mashinasi va transformatorlar uchun turli xil izolyatsiya materiallari yoki konstruksiya detallari ishlab chiqariladi. Sellyuloza asosida olingan qog’oz esa yuqori kuchlanishli kabel, telefon kabeli, transformator va kondensatorlar izolyatsiyasida ishlatiladi.
Sellyuloza atsetati yaxshi tozalangan paxta sellyulozasidan olinadi. Bu materialning metilenxloriddagi eritmasidan tola va plyonka olinadi. Ularga egiluvchanlik xususiyatini berish maqsadida eritmaga plastifikator (dibutilftalat) qo’shiladi.
Triatsetat plyonkasi, odatda, elektr mashinasining paz izolyatsiyasida qo’llaniladi.
Nitrosellyuloza loki past kuchlanishli simlarning izolyatsiyasida ishlatiladi. Etilsellyuloza noyob xossalarga ega bo’lganligi sababli, undan kabel sanoatida sim usti va tola yuzasiga qoplama berishda foydalaniladi.
98 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 91-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |