To’qimachilik materiallari
To’qimachilik materiallari tarkibi tolalardan iborat xom- ashyoga maxsus ishlov berish orqali olinadi. Elektr izolyatsiyada tola sim va shnur yuzasiga o’rab yoki to’qib chiqiladi. Elektr mashina va apparatlarning asosiy izolyatsiyasini tashqi mexanik ta’siridan himoya qilishda ham tasma va gazlama matolar ishlatiladi.
Tola diametri silindrsimon bo’lmagani sababli, uning qalinligini aniqlashda raqamlash usulidan foydalaniladi. Tola raqami tola uzunligining uning massasiga nisbati orqali aniqlanadi. Demak, tola raqami qancha katta bo’lsa, tola shuncha ingichka bo’ladi. Agar bir necha tolalar birlashtirilib to’qilsa, to’qima qalinligi kasr sonda (75/3) ko’rsatilib, uning suratida tola raqami, mahrajida esa tola soni ko’rsatiladi
Tolasimon materiallar zichligi 920- 2500 kg/m3 atrofida bo’lib, uning quyi chegarasi polietilenga, yuqori chegarasi esa asbest va shisha materiallariga xosdir. Elektr texnikada qo’llaniladigan gazlamalarga misol qilib shifon (qalinligi 0,15 mm), batist (0,12mm) va bo’z (0,40 mm) ni olish mumkin.
Elektr mashina izolyatsiyasida, kabellarda va elektr uskunalarini ta’mirlashda, mitkal va batist tasmalar ishlatiladi. Bu tasmalarning eni 10 mm bo’lib, qalinligi kiper tasmasida 0,45 mm, mitkal va batistda -0,12 mm qilib olinadi
Tabiiy shoyi tolasining tashqi qismi ipak yelimi seritsin bilan qoplangan bo’ladi. Izolyatsiyada ishlatiladigan ipak tolasi seritsin va boshqa material qo’shimchalaridan tozalanadi. Tabiiy shoyi tolalari juda ingichka bo’lib, sim yuzalariga qoplama sifatida ishlatiladi. Bu material yaxshi dielektrik xossaga va mustahkamlikka ega. Tabiiy ipak gazlamalariga lok shimdirish orqali mexanik va elektr mustahkamligi yuqori bo’lgan materiallar olinadi. Bunday shoyi to’qimalaridan shoyi-slyuda tasmalari ishlab chiqariladi. Izolyatsiyada ishlatiladigan shoyi gazlamalarning qalinligi 0,07-0,08 mm bo’lib, ulardan juda yupqa izolyatsiya qatlami tayyorlanadi. Shoyi ishlatib tayyorlangan izolyatsiya yupqaligi va nafisligi bilan ajralib turadi.
Sintetik tola va ulardan olingan turli materiallar elektrotexnikada triatsetat shoyisi, kapron, lavsan nomi bilan tanishdir.99
Triatsetat shoyisi asosan triatsetat sellyulozasi eritmasidan tayyorlanadigan tolalardan ishlab chiqariladi. U sim va kabellarning izolyatsiyasida ishlatiladi. Kapron gazlamasi kapron tolalaridan tayyorlanadi, olinadigan lavsan gazlamasi yoki tasmasi polietilentereftalatdan olinadigan lavsan tolalaridan tayyorlanadi. Bu gazlamalardan, o’z navbatida, mitkal va batist deb nomlangan tasmalar tayyorlanadi. Mazkur tasmalarning eni 15-30 mm, qalinligi 0,14-0,16mm bo’lib, ular qayishqoqligi va mexanik mustahkamligi bilan ilgarigilaridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |