Polimer plyonkalar va suyuq kristallar
Elektr izolyatsiya plyonkalari yupqa va egiluvchan material bo’lib, ular har xil kenglikda va qalinlikda tayyorlanadi. Plyonkalarning elektr va mexanik xossalari yaxshi bo’lganligi sababli, ulardan kondensator, elektr mashina va apparat, kabellar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Plyonkalar ekstruziya, quyish va puflab chiqarish usullari orqali tayyorlanadi. Egiluvchan plyonkalar yuqori molekulyar massali chiziqli polimerlardan tayyorlanib, egiluvchanlikka materialga plastifikator qo’shish yoki harorat ta’sirida polimer molekulalarini ma’lum yo’nalishga burish orqali erishiladi.
104 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 205-bet.
Elektr izolyatsiyasida triatsetat sellyuloza ko’p ishlatiladi. Uning asosida olingan plyonka xossalari quyidagicha: r = 3,6; tgδ = 0,007; gigroskopikligi 2-3%; ish harorati 90-100C, bu plyonkaning mexanik mustahkamligi kichik bo’lganligi sababli, u ko’pincha qalin qog’oz yuzasiga qoplangan holda ishlatiladi.
Sintetik qutbli plyonkalarga polietilentereftalat plyonkalari: lavsan, melineks, xostafon va hokazolar misol bo’ladi. Bu plyonkalar 0,04-0,035 mm qalinlikda tayyorlanib, ularning xossalari quyidagichadir: zichligi 1400 kg/m3; cho’zilishdagi mustahkamligi 120-180 MPa; =1014 Om∙m; r =3,3; tgδ=0,007; ish harorati – 60150C; uzilishdagi nisbiy cho’zilishi 50100%.
Polikarbonat makrofol plyonkasining xossalari: zichligi 3200 kg/m3; cho’zilishidagi mustahkamligi 100-2000 MPa; =1014-1015 Om∙m; r=2,9; tgδ=0,006; ET=60-90 MV/m; uzilishdagi nisbiy cho’zilishi 100-300%.
Politetraftoretilen asosida olingan plyonkaning xossalari: zichligi 2100 kg/m3; cho’zilishdagi mexanik mustahkamligi 10-15 MPa; r =2,0; tgδ=0,0003; =1014- 1015 Om∙m; ET=45-100 MV/m bo’lib, ish harorati ancha yuqori (260C) dir.
Polietilen asosidagi plyonka ekstruziya asosida olinib, uning zichligi 920 kg/m3, cho’zilishdagi mexanik mustahkamligi 14-6 MPa, dielektrik xossalari
r=2,2; tgδ=0,0003; =1014-1015 Om∙m; ET=300 MV/m, ish harorati 85-120C. Polistirol asosidagi plyonka (stirofleks)ning xossalari quyidagicha:
cho’zilishdagi mexanik mustahkamligi 60-70 MPa; r=2-2,6; tgδ=0,0003-0,0004;
=1014-1016 Om∙m; ET=110-190 MV/m; ish harorati 70-85C.105
Polipropilen plyonkasining xossalari: zichligi 900 kg/m3, cho’zilishdagi mexanik mustahkamligi 100-200 MPa; r=2,0; tgδ=0,0002; =1015-1017 Om∙m; ET=300 MV/m va yuqori ish harorati 90-100Cga tengdir.
Qutbsiz plyonkalarning izolyatsiya qarshiligi yuqori bo’lib, o’zidan elektr tokini juda kam miqdorda o’tkazadi. Shu sababli ulardan o’zgarmas sig’imli kondensatorlar ishlab chiqariladi. Qutbli plyonkalarda qiymati katta bo’lgani sababli, ulardan kichik hajmli kondensatorlar olish mumkin.
105 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 112-bet
Stirofleks plyonkalari yuqori chastotali kabellarda ishlatiladi, polikarbonatlisi esa quvvatli (yuqori kuchlanishli) kabel ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Plyonkalarning qalinligi kamaytirilsa, ularning elektr mustahkamligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |