A. V. Mavlonov


Neft, gaz va kondensatni chiqarish koeffitsientining geologik asoslanishi



Download 2,39 Mb.
bet41/118
Sana30.06.2021
Hajmi2,39 Mb.
#105509
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
Bog'liq
Toshkent davlat texnika universiteti

5.2. Neft, gaz va kondensatni chiqarish koeffitsientining geologik asoslanishi
Neft-gaz, kondensat beruvchanlik deb dastlabki termodinamik sharoitlarni sun’iy usulda g’zgartirish natijasida kolletktorga shimilgan uglevodorodlarning olinishiga aytiladi. Qatlamning neft-gaz beruvchanlik xususiyati uyumning ish rejimiga, uning kollektorlik xususiyatlariga, uglevodorodlarning xossalariga hamda qazib chiqarish sistemasi va texnologiyasiga bog’liqdir. Bu kg’rsatkich hamma vaqt balans zahiralaridan kam bg’ladi.

Neft beruvchanlik koeffitsienti deb ma’lum vaqt davomida olingan neftning uyum balans zahiralari nisbatiga aytiladi:



= Qt / V6.,

bu erda - uyumning neft beruvchanlik koeffitsienti, Qt - t vaqt ichida olingan neft miqdori, V6. - uyumning balans zahirasi.

Qatlam uyumdan olinishi mumkin bg’lgan neft miqdorini avvaldan chamalash mumkin. Buni gidrodinamik usullar bilan qatlamni qazib chiqarish kg’rsatkichlarida chamalash va kon geologiyasi ma’lumotlariga asoslangan holda belgilanadi. Uni neft beruvchanlikning loyiha kg’rsatkichi deyiladi. Haqiqiy faktlarga asoslanganini esa faktik koeffitsient deyiladi. Undan tashqari joriy va oxirgi neft beruvchanlik tushunchasi ham mavjud. SHu kungacha olingan neft miqdorini uning balans zahirasiga nisbati-joriy neft beruvchanlik koeffitsientidir. Qazib chiqarish tugagan vaqtdagi olingan neft miqdorini uning balans zahirasiga nisbati esa – neft beruvchanlikning oxirgi koeffitsienti deb yuritiladi.
j= Qt / V6.

o= Qo / V6.

j - joriy neft beruvchanlik koeffitsienti; Qt - shu kungacha olingan neft miqdori; 0 - oxirgi neft beruvchanlik koeffitsienti; Q0 -uyumdan olingan neftning umumiy miqdori; Vb - uyumning balans zahirasi.

Neft beruvchanlik xususiyatini g’rganish jarayonida qatlamga ta’sir qilingan suv haydash usulini ham inobatga olish lozim bg’ladi. Bunda siqib chiqarish koeffitsienti, suv bostirish koeffitsienti, qatlamni suv bostirishga jalb etish koeffitsienti, tushunchalar inobatga olmoq lozim.

Siqib chiqarish koeffitsienti Ksch deb siqib chiqarish vositasi bilan siqib chiqarilgan neftning g’sha hajmda mavjud neft miqdoriga nisbati tushiniladi. Bu ish asosan tajriba asosida kollektor namunalarida olib boriladi va hisoblanayotgan ob’ekt strukturasining mikro darajasi deb qarash mumkin.

Suv bostirish koeffitsienti Ksb deb kollektorga suv haydalishi natijasida siqib chiqarilgan neft miqdo-rining g’sha kondagi neft miqdoriga nisbatiga aytiladi. Bunda g’sha joydan mutlaqo toza suv olingunga qadar suv haydalishi lozimdir. Lekin suv bostirish koeffitsienti hozirgi qazib chiqarish sharoitlarida hamma neftni yuvib chiqarish imkoniyatini bermaydi.

Suv bostirish va siqib chiqish koeffitsientlari suv bilan siqb chiqrish jarayonining mikrodarajasidir.

Siqib chiqarish jarayonida qatlamni jalb qilish koeffitsienti Ksj deb siqib chiqarishga jalb qolgan jinslar hajmining neft - mavjud bg’lgan hajmga nisbatiga aytiladi.

SHunday qilib, neft beruvchanlik koeffitsienti yuqorida ko’rsatilgan uchta koeffitsientning bir-biriga kg’paytmasidan hosil bg’ladi:


= Ks.ch. * Ks.b.. * K.s.j.
Bunda agar suv g’rniga boshqa bir modda ishlatilsa, nisbatning mazmuniga ta’sir etmaydi.

YUqorida qayd etganamizdek, qatlamni siqib chiqarishga jalb qilish koeffitsienti bir qancha holatlarga bog’liqdir. Buni quyidagicha ifodalash mumkin;


Ks.j = 1 2 3 4 5 , bu erda
1 - qatlamning g’tkazuvchanligidagi notekislik bilan bog’liq bg’lgan jalb qilish koeffitsienti (hisob ob’ektiga mikrostrukturaning ta’siri), 2 - qatlamning barqaror emasligi (linzalar mavjudligi) bilan bog’liq bg’lgan jalb qilish koeffitsienti (hisob ob’ektiga mezostrukturaning ta’siri), 2 - qatlamning har xil g’tkazuvchanlikka ega bg’lgan qatlamchalardan tashkil topganligini (chunki ular har xil darajada suv bostirishga jalb etiladi) hisobga oluvchi jalb qilish koeffitsienti (hisob ob’ektiga mikrostrukturaning ta’siri), 3 - siqib chiqarish jarayoni har xil quduqlar bilan notekis tortilishini inobatga oluvchi jalb qilish koeffitsienti, 5 qatlamga suv haydovchi quduq qatorlarining bg’luvchi xususiyati tufayli qatlam qismining jalb (qilinmasligini inobatga oluvchi koeffitsient ( 4 5 hisob ob’ektiga megastruktu-raning ta’siri).

Gaz va kondensat beruvchanlik koeffitsientlari ham neft beruvchanlik kabi tushunchalardir.


g=Gt / Vg.b.,
bu erda g - gaz beruvchanlik koeffitsienti, Gt - ma’lum vaqt orasida (t) olingan gaz miqdori, Vb - gazning balans zahiralari.

g.o. =  S / Vg.b. bu erda g.o. - oxirgi gaz beruvchanlik koeffitsienti, G – qatlamdan olingan hamma gazlar yig’indisi.

Neft bilan birga chiqadigan gaz ham hisobga olinadi va uning ham qazib chiqarilish koeffitsienti mavjud. Bunda qazib chiqariladigan neftda erigan gaz miqdorini umuman hamma neftda erigan gaz miqdoriga nisbati tushuniladi.

Qatlamning kondensat beruvchanlik koeffitsienti ham xuddi neft beruvchanlik koeffitsienti kabi hisoblanadi:


k=Qkt / Vk.b.,
bu erda: k - kondensat beruvchanlik koeffitsienti, Qkt-t muddat ichida olingan kondensat miqdori, Vk.b. - kondensatning balans zahirasi.

Neft beruvchanlik koeffitsientining kg’rinishlari kabi gaz va kondensat beruvchanlik koeffitsientlarining loyihali, oxirgi, joriy koeffitsientlari mavjud bg’lib, ular tg’g’risidagi tg’liq ma’lumotlar "zahiralarni hisoblash va neft-gaz boyliklarini baholash usullari" kursida yoritilgandir.

Neft konlarining pirovard neft beruvchanlik xususiyati tg’g’risida juda rang-barang va bir-biriga tg’g’ri kelmaydigan ma’lumotlar mavjud, chunki neft beruvchanlik koeffitsientiga yuqorida keltirganimizdek, juda kg’p kg’rsatkichlar ta’sir qiladi. SHuning uchun ham neft beruvchanlik koeffitsienti bir necha foizdan tortib to 80 foizgacha bg’lishi qayd etiladi. Krasnodar g’lkasida kg’p yillardan berib qazib chiqarilgan 100 dan ortiq neft konlarining pirovard neft beruvchanlik koeffitsienti g’rtacha 0,35 ni tashkil qiladi. Uyumlarning ishlash rejimiga qarab g’rtacha kg’rsatkich quyidagichadir: suv bosimi - 0,7, aralash rejimda 0,45 erigan gaz rejimda 0,27.

Neft zahiralarini hisoblash va qazib chiqarishni loyihalashtirish ishlarida neft chiqarish koeffitsienti-ni oldindan aytish uchu:n butun ma’lumotlarga sistemali yondashish taqozo etiladi va bunda butun mavjud ma’lumotlar ham nazariy ham amaliy jihatdan chuqur tahlil qilinishi lozim.

Siqib chiqarish koeffitsienti Ks.chni aniqlash eksperiment shaklida olib borilib, qatlamning modellari tashkil qilinadi va laboratoriyada qatlam sharoiti hosil qilinib, undan neft siqib chiqarish jarayoni tashkil qilinadi va natijalar tahlil qilinadi.

Suv bostirish koeffitsienti Ks.b esa aksariyat gidrodinamik hisoblarga asoslangan holda olib boriladi. Bunda g’ziga xos alohida hisob usulidan foydalaniladi.

Siqib chiqarish jarayonida qatlamni jalb qilish koeffitsienti K.s.j ni hisob qilish omillari mavjud emas, shuning uchun bu kg’rsatkichni aksariyat boshqa qatlamlar uyumlar sharoitiga taqqoslash va ularga o’xshash kg’rsatkichlar tanlash orqali bajariladi.

Hozirgi vaqtda neft beruvchanlikning loyiha kg’rsatkichi asosan gidrodinamik hisoblash natijasida keltirib chiqariladi. Bunda qazib chiqarishning mavjud bir qancha kg’rinishlari tahlil qilinadi. Lekin aksariyat zahiralarni hisoblash va qatlamni qazib chiqarish loyihalarini tuzgan vaqtlarda qabul qilingan neft beruvchanlikiing loyiha kg’rsatkichi ancha kam manbalarga asoslangan holda qabul qilingan bg’lishi tabiiy. SHuning uchun uzoq muddat davomida qazib chiqarilayotgan konlarning kg’rsatkichlaridan foydalanish va avval qabul qilingan raqamlarni yangi manbalar asosida tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

SHu maqsad bilan V.K.Gomzikov va N.A.Molotova Volga O’rol g’lkasidagi uzoq muddat qazib chiqarilgan va neftni suv bilan haydalgan 50 konni tahlil qilganlar. Tahlil qilingan konlarning kg’rsatkichlari quyidagichadir: neftning qovushqoqligi =0,5 - 34,3, 0= 5,4 kollektorlarning fizik g’tkazuvchanligi K = (1,3-258)* 10-14 m2, neftga shimilgan samarali qalinlik he.f =3,4-25,0, he.f =9,5m. Suv neft uyumiga nisbatan neft uyumining nisbati (yoki neft zahiralarining uyumdagi suv-neft zahiralarini nisbati) kg’rsatkichi Fs.n = 0,06-1,0 -Fsn = 0,45 neftga tg’yinganlik koeffitsienti Kn = 0,7-0,95, Kn =0,87, qatlam harorati t =22-73°S, oluvchi va haydovchi quduqlar tg’rining qalinligi f=10-100 ga/qud f=36 ga/qud, neft beruvchanlikning pirovard kg’rsatkichi = 0,28-0,70, n=0,54. SHu kg’rsatkichlarni tahlil qilish natijasida quyidagi tenglama olingan:
n= 0,195 - 0,0078 + 0,082 lgK + 0,00146t +0,18kq -0,054 Fs.n. + 0,27 Kn -0,00086f
Keltirilgan tenglama har xil sharoitlardagi suv bostirish holatiga mos keladi (tabiiy, chegara oldi, chegara orqasi, chegara ichi va sh.k.), lekin bunda yiliga balans zahiralarining 2-10 % miqdori olinishi lozim. SHuni qayd etish lozimki, neftni faqat neftga shimilgan joydan chiqarish, uni suv bilan birgalikdagi holatda chiqarishdan unumliroqdir. SHuning uchun ularning kg’rsatkichini alohida hisob qilgan maqsadga muvofikdir.

Analitik va eksperimental tadqiqotlarga asoslanib g’sha vaqtdagi Butunittifoq neft ilmiy tadqiqot instituti (BINITI) gaz erigan rejimda neft beruvchanlik pirovard kg’rsatkichining uning fizik xossalariga bog’liqligini quyidagi 6-jadvalda ifoda etadi:


6-jadval.

Qatlam sharoitidagi

neftning hajmii

koeffitsienti

Gazning eruvchanlik koeffitsienti



Neftning yopishqoqligida neft beruvchanlik koeffitsienti,

MPS








3-13

1-3

0,5-1

1,0

0,5

0,13-0,16

0,20-0,25

0,25

1,0

1,0

0,16-0,20

0,20-0,30

0,30

1,2

0,5

0,06-0,10

0,10-0,16

0,20

1,2

1,0

-

0,15-0,25

0,25

1,4-1,5

0,5

-

-

0,10

1,4-1,5

1,0

-

-

0,15

Ozarbayjondagi 9 ta gaz va kondensat konlarida erishilgan gaz va kondensat beruvchanlik 0,6-0,9 atrofida bo’lgan. Eng yuqori kg’rsatkichga gaz rejimida va suv elastikligi namoyon bg’lgan rejimda erishilgan. Bularda albatta kollektorlar g’z xususiyatlari bilan uncha rang-barang bg’lmagan (nisbatan bir tekis bg’lgan).

Neft beruvchanlik qobiliyati qatlamning juda kg’p holatlari bilan bog’liq, shuning uchun ham biz aksariyat ko’p miqdorda neftni er bag’rida qoldirib yubormoqdamiz. Hozirgi va kelgusidagi vazifa - iloji boricha qatlam sharoitiga kirib borishi lozim bg’lgan erituvchilarni yaratish va ular bilan qatlamni jalb qilish (qamrash) koeffitsientini oshirishga erishishga harakat qilishdan iboratdir. SHu maqsadlar amalga oshirilganda biz eski konlarni yana qayta ''tiriltirishimiz" mumkin. Bu juda katta rezervlarni ishga solish degan gap.


Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish