5.3.3. Neft-gaz uyumlarining tabiiy rejimi
Uyumning tabiiy rejimi deb neft va gazning quduqlar tubiga oqib kelishini ta’minlovchi tabiiy kuchlar yig’indisiga aytiladi.
Neft qatlamlarining tabiiy rejimi xususidagi tushunchalarning nazariy asoslarini er osti gidrodinami-kasi va kon geologiyasiga tayangan holda olimlar yaratgandirlar.
Qatlamda neftni harakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardir: g’z massasi bilan ta’sir etuvchi chegara suvlarining bosimi, tog’ jinslari va suvning elastiklik xossalari tufayli ta’sir etuvchi chegara suvlari kuchi, gaz qalpoqdagi gazning bosimi, neftda erigan holatdan ajralib chiqayotgan gazning kuchi, neftning og’irlik kuchi. Keltirilgan omillarning qaysi biri ko’proq g’z ta’siriga ega bg’lganligiga qarab rejimlar suv bosimi, elastik suv bosimi, gaz bosimi, erigan gaz, gravitatsiya rejimlariga bg’linadilar.
Gaz va gazkondensat konlaridagi asosiy kuch bosim ostida yotgan gazning hamda chegara suvlarining siquv kuchidir, shunga qarab ulardagi rejimni gaz rejimi yoki elastik suv bosimi rejimi deb ataladi.
Qatlamning tabiiy rejimi asosan geologik omillar bilan belgilanadi, bular: uyum mavjud bg’lgan suv bosim sistemasining xususiyati va unda ta’minot hududiga nisbatan uyumning qanday joylashganligi, uyumning geologo-fizik xossalari, undagi termobarik sharoitlar, uglevodorodlarning fazali holati, kollektorlarning yotish sharoitlari, uyumning suv bosimi sistemasi bilan g’zaro bog’liqligi va sh.k. Qatlam rejimi uyumning ishlatish, undan neft-gaz olinishining jadalligi, hamda bu olinayotgan mahsulotning uyum hajmiga nisbati va taqsimlanishi ta’sir kg’rsatadi.
Uyumni qazib chiqarish jarayonida qatlam bosimining kamayii darajasi suv-neft, neft-gaz, gaz-suv chegaralarining harakatlanishi va shuning natijasida uyum hajmining hamda neft-gaz zahiralarining g’zgarishi tabiiy rejimga chambarchas bog’liqdir. Bularni qatlamga qazilishi lozim bg’lgan quduq soni va ularni joylashtirishda, ulardan olinadigan mahsulot mikdorini belgilashda, qatlam rg’parasini otish oraliqlarini belgilashda va qazib chiqarishni nazorat qilishda xamda tartibga solishda qilinishi lozim bg’lgan ishlarni bajarishda inobatga olish joizdir. Tabiiy rejim qazib chiqarish samaradorligini belgilaydi, yillik qazib chiqarish miqdorini hamda qatlamdan olinadigan hamma neftning miqdorini belgilash sharoitlarini kg’rsatadi. Tabiiy rejim sharoitining imkoniyatlariga qarab biz uyumga sun’iy suv haydash usullarini qg’llashimiz lozimmi yoki yg’qmi, degan savolga javob topamiz.
Quduqlarni ishlatish usullari va ularning muddatlari, kondagi texnologik qurilmalar hamda uni obodonlashtirish ishlari ham ma’lum darajada tabiiy rejimga bog’liq bg’ladi.
Uyumning rejimi ishlatish jarayonida har xil egri chiziqlar bilan ifodalangan qatlamning bosimi, undan olinayotgan mahsulotlar miqdori (neft, gaz, suv), ishlab turgan quduqlar va hamma quduqlar soni hamda shu kabilar bilan ifodalanadi.
Bunday kg’rsatkichlar uyumning qazib chiqarish chizmasi orqali kg’rsatiladi.
Neft uyumlari yuqorida aytganimizdek suv siquvi elastik suv siquvi, gaz siquvchi, erigan gaz, gravitatsion rejimlarda ishlatilishi mumkin. Quyida biz ularning g’ziga xos xususiyatlarini alohida-alohida tushunishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |