5. 14.30. Narxlar indeksidan qaysi holda foydalaniladi?
a) ikki davlat o‘rtasidagi narxlar darajasi taqqoslanganda;
b) ulgurji va chakana narxlar o‘rtasidagi farq hisoblanganda;
c) bazis va joriy davradagi ishlab chiqarish hajmi taqqoslanganda;
d) ishlab chiqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlarni aniqlashda;
e) yuqoridagi barcha hollarda.
6.15.6. Yalpi taklif egri chizig‘ining qaysi kesmasi milliy ishlab chiqarishning real hajmi o‘zgarishi narx darajasining o‘zgarishi bilan mutanosib borishini ko‘rsatadi?
a) yotiq va Keynscha kesma;
b) oraliq kesma;
c) tik yoki klassik kesma;
d) a) va b) kesma;
e) b) va c).
7.16.11. Investitsion qarorlar qabul qilishga quyidagilardan qaysi biri asos hisoblanadi?
a) foizning nominal stavkasi;
b) foizning real stavkasi;
c) soliqlar darajasi;
d) pul taklifi;
e) yuqoridagilarning barchasi.
8.16.12. Jamoat ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishning pirovard natijalari va iqtisodiy resurslardan foydalanish jarayoni – bu:
a) iste’mol;
b) shaxsiy iste’mol;
c) unumli iste’mol;
d) ijtimoiy iste’mol;
e) davlat iste’moli.
Do'stlaringiz bilan baham: |