6. 15.5. Davlat sarflari o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilni aniqlang:
a) davlatning investitsion sarflari o‘zgarishi;
b) davlat byudjetidan beriladigan ish haqi miqdori;
c) atrof-muhitni muhofaza qilishga sarflar o‘zgarishi;
d) sof eksportdagi o‘zgarishlar;
e) pulning aylanish tezligi.
7. 16.9. Investitsion sarflar nima uchun o‘zgaruvchan hisoblanadi?
a) investitsion tovarlar noaniq xizmat muddatiga egaligidan;
b) buyuk kashfiyotlar doimiy paydo bo‘lib turmaydi;
c) foyda doimiy barqaror emas;
d) davlat iqtisodiy siyosati o‘zgarib turadi;
e) yuqoridagi barcha sabablarga ko‘ra.
8. 16.10. Foizniig muvozanatli stavkasi (pulga talab va pul taklifi kesishgan nuqta) nimaga ta’sir ko‘rsatadi?
a) investitsiyalar darajasiga;
b) yalpi milliy mahsulot darajasiga;
c) moliyaviy va real kapitalning raqobatlashuvchi korxona va tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishiga;
d) a va b to‘g‘ri;
e) a va c to‘g‘ri.
9. 17.13. Agar jamiyat xarajatlarini minimallashtirishga va cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni optimallashtirishga intilsa, iqtisodiy maqsad:
a) to‘la bandlikka erishish;
b) iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash;
c) iqtisodiy xavfsizlik;
d) iqtisodiy samaradorlik;
e) yuqoridagilarning barchasi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |