A toshmatov, sh sh. Magzumova



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/102
Sana25.05.2023
Hajmi3,67 Mb.
#943643
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102
Bog'liq
Psixiatriya va narkologiya va hamshiralik ishi. Toshmatov B.A

Xavotirii depressiyasi
bor bemorlar o'ziga joy topa olmaydilar, bo'limda 
u yoqdan bu yoqqa bezovtalanib yuradi, ingranadi (ajitirlangan dep- 
ressiya). Ularga alohida nazorat kerak, chunki ular suiqasdga intiladilar, 
ko'pincha hayotdan ko'z yumishlariga yordam berishni so'rashadi. Bunday 
hollarda bemorlarni ushlab turish kerak. D arhol navbatchi shifokorga 
bemorning ahvoli haqida m a’lumot berish kerak.
Jismonan zaiflashgan, katatonik va depressiv stupor bilan bog'liq
harakatsizlik, bosh miya og‘ir organik zararlanishi va ovqatdan bosh
tortish holatlari boigan bemorlar parvarishi
Odatda, bo'limda katatonik va depressiv stupor holatida bo'lgan, og'ir 
organik bosh miya jarohatlari va falajliklar yoki chuqur aqli zaifliklari 
kuzatilgan, jismonan holsizlangan va boshqa parvarishga muhtoj bem or­
lar bo'lishi mumkin. U lar k o 'p in ch a m ustaqil ovqatlana olmaydilar; 
bunday bemorlarni qo'l bilan ovqatlantirish va chanqog'ini qondirish
9 - № 95
129


zarur bo'ladi. Jismonan holsizlangan bemorlarga, shuningdek, yutinish 
jarayoni buzilgan bemorlarga asosan suyuq ovqatlar, kichik miqdorda, 
shoshilmasdan berilishi lozim, chunki bemor qalqib ketishi mumkin. 
Bemor kiyimlari va o'rin-to'shaklarining tozaligini ham nazorat qilish 
zarur. Shu maqsadda vaqti-vaqti bilan bemorlarga tuvakni ko'rsatish 
zarur. lchaklami tozalash uchun tozalovchi klizmalar o'tkaziladi. Turishga 
ijozati b o ig an bem orlam i, hojatxonaga kuzatib borish zarur. Siydik 
tutilib qolgan holatlarda (ko'pincha bu katatonik bemorlarda kuzatiladi) 
uni kateter yordamida chiqariladi. Bemorlarning teri qoplamalari diqqat 
bilan (haftasiga 1-2 marta) ko'rib chiqilishi lozim, chunki ularda yotoq 
yaralar va bichilishlar yuzaga keladi. Dum g'aza va dumbalar sohalariga 
alohida ahamiyat berish lozim. Yotoq yaralarning birinchi belgilari — 
term ing turg'un qizargan sohalari paydo bo ‘lganda - bem orni rezina 
doiraga yotqizish, terini doimiy tarzda kamfora spirti bilan artib turish 
lozim. Ayniqsa, bem or ovqatlanmasa va suyuqlik ichmasa, balki zond 
orqali ovqatlantirilganda, uning og‘iz b o ‘shiig‘ini yuvib turish zarur. 
Bemor sochlarining tozaligini nazorat qilish lozim (yaxshisi kalta qilib 
qirqish kerak).
O vqatdan bosh tortuvchi bem orlar tibbiy xodim larning k o ‘p 
ahamiyatini jalb etadi. Bemorning ovqatdan bosh tortishi, birinchidan, 
uning ahvoli og'irligini ko‘rsatsa, ikkinchidan bem orning t o ‘g‘ri 
oziqlanishini buzadi, bu esa uning ahvolini yanada og‘irlashtiradi, 
uchinchidan, parvarishhni qiyinlashtiradi, chunki bunda alohida tadbirlami 
ko'rishga to'g'ri keladi va bularni bemor o'ziga nisbatan jismoniy kuch 
ishlatilishi deb biladi.
Ba’zida bem or har qanday ovqat va suyuqlikdan butunlay bosh 
tortishi yoki bem or ovqat yemasligi, am m o suyuqlik ichishi yoki faqat 
alohida turdagi ovqatlami talab qilishi mumkin (masalan, faqat non va 
choy ichadi), boshqa turdagi ovqatlardan esa q at’iyan bosh tortadi; 
b a’zida bemor kasalxona ovqatini yemasligi, faqat uydan olib kelingan 
ovqatlam i yeyishi mumkin. Tibbiy xodim bularning barchasini qayd 
etishi lozim.
Ovqatdan bosh tortish turli sabablarga ko'ra kelib chiqadi: katatonik 
stupor yoki aksincha, katatonik qo'zg'alish, negativizm, vasvasa g'oyalari 
(zaharlash, o'zini ayblash), bemorga ovqat yeyishni taqiqlovchi imperativ 
gallutsinatsiyalar. H ar bir alohida holatlarda ovqatdan bosh tortish 
sabablarini aniqlashga harakat qilish lozim. Agar bemor ovqat zaharlangan 
deb hisoblaganligi uchun ovqatdan bosh torsa, bu holatlarda unga ovqatga 
«zahar» tega olmaydigan ovqatlar, masalan, po'chog'i archilmagan tuxum 
taklif qilinadi. Bu holatlarda bemorning ko'zi oldida tibbiy xodimning
130


o'zi ovqatni tatib ko‘rishi, b a ’zida bemorni ovqat yeyishiga olib keladi. 
Depressiv holatlardagi bemorlarga agar ular ovqat yesalar, tezroq tuzalib, 
tezroq kasalxonadan chiqishlarini aytish mumkin.
Negativizmda bemorni ko'ndirishga barcha urinishlar, odatda, foydasiz. 
H atto buning aksi bo'lishi: qancha bemorning fikrini o ‘zgartirishga 
urinishsa, u shuncha aks ta ’sir ko'rsatishi mumkin. Bunday holatlarda 
bem om ing oldida ovqatni qoldirib, bironta so‘z demav, chiqib ketish 
zarur. 0 ‘ziga e ’tibor berishmayotganligiga amin bo‘lganidan so‘ng, bemor 
ovqat yeya boshlaydi. Ko'pincha och qoringa 10-15 ED insulin tayinlanishi, 
bemorlarda ochlik hissini chaqiradi yoki bem orlarda am ital-kofeinli 
qo'zg'atish chaqirib, so‘ngra ovqatlantirish mumkin.
A lohida holatlarda bem o rlar faqat birorta tibbiy hodim yoki 
qarindoshlaridan biriga o ‘zlarini ovqatlantirishlarini ishonadilar.
Agar barcha ko'rilgan choralar samara berm asa, bem orni su n ’iy — 
zond orqali ovqatlantirishga to ‘g‘ri keladi. Buning uchun bem orni 
kushetkaga orqasi bilan yotqiziladi. Agar bem or qarshilik ko'rsatsa, uni 
ikkita farrosh ushlab turadi. Z ond uchi vazeiin yoki glitserin bilan 
yaxshilab surtiladi va burun orqali kiritiladi. Odatda, zond qiyinchiliklarsiz 
burundan dimoqqa, o ‘tdan qizilo‘ngachga o ‘tadi va oshqozonga tushadi; 
buning uchun zond 50 sm uzunlikda kiritiladi. Zond dimoqdan o'tayotgan 
paytda bem orda reflektor qayt qilish harakatlari chaqirilishi m um kin. 
Bu paytda qisqa muddatga nafas to'xtab qolishi mumkin, bem or qizarib 
ketadi, kuchanadi. Bunaqa holatlaiga bemorga og'zini ochib burun orqali 
nafas olishi va yutinishi kerakligi kerakligi aytiladi. N afas olish 
qiyinlashganda, yuz ko‘katganda, qo‘zg‘alish kuchayganda zondni darhol 
olib tashlash kerak, chunki bu zond traxeyadaligidan darak beradi. 
Agar zondni burun orqali kiritishning iloji bo ‘lmasa (bum n to ‘sig‘i 
qiyshayganda, p olip lar b o ‘lganda), bu holda uni og‘iz b o ‘shlig‘i 
orqali kiritish kerak, am m o bem or zondni tishi bilan tishlab olmasligi 
uchun, aw al og‘iz kengaytiradigan asbobdan foydalanish lozim.

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish