“Dars muqaddas” bo`yicha bir soatlik dars ishlanma
Sana_________________ Sinf 5 z Fani O`zbek (davlat) tili
Mavzu: Xatolar ustida ishlash
Darsning maqsadi:
a)Tálimiy maqsadi: yozilgan nazorat ishlarini tahlil qilish, xatolar ustida ishlash;
b)Tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarni Vatanga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash;
v)Rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash malakasini shakllantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya (o`zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta tilni
mukammal o`zlashtirish; fikrini oǵzaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish)
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi (turli manbalardan zarur bo`lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash);
O`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi (o`qib-o`rganish, bilimini mustaqil ravishda oshirib borish);
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi (o`zaro munosabatlarida muomala, huquqiy madaniyatga ega bo`lish);
Milliy va umummadaniy kompetensiya (milliy-madaniy an’analarni bilish, ulardan tasirlana olish, ularga hurmat bilan munosabatda bo`lish);
Nutqiy kompetensiya (Tinglab tushinish, gapirish, o`qish, yozish);
Lingvistik kompetensiya(Grafika va Orfografiya, Fonetika, Liksika, Grammatika);
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi
Darsning usuli: Noan’anaviy
Jihozlanishi: Darslik, nazorat ishi daftarlari
Darsning borish:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib, sinf xonaning tozaligini nazorat qilish, o`quvchilarning darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O`quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o`quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
Yangi mavzu bayoni: Yozilgan nazorat ishlari quyidagi BKM (Bilim, ko’nikma, malaka elementlari asosida ) tekshirildi:
1. Imlo savodxonligi
2. Ishoraviy savodxonligi
3. Uslubiy savodxonligi
4. bo’g’in ko’chirish qoidalariga amal qilganligi
5. Husnixati
Avvalo, eng chiroyli, yuqoridagi BKM elementlari asosida yozilgan nazorat ishi egalari nomi aytiladi va rag’batlantiriladi. Dastlab imlo xatolari ustida ishlanadi. Imlo xatoga yo’l qo’ygan so’zning to’g’ri variantini o’n marta sinf daftariga yozib chiqadi. Bu shu so’zning imlosini yodda saqlab qolishga yordam beradi. So’ngra tinish belgilari bo’yicha yo’l qo’yilgan xatolar tahlil qilinadi.Tinish belgilari yuzasidan olingan bilimlar takrorlanadi. So’ngra uslubiy xatolar ustida ishlanadi. Gap tuzish qoidalari eslatib o’tiladi
Salomatlik – eng katta boylik.
Sog’lik har bir inson uchun eng katta boylikdir. Inson sog’ – salomat bo’lsagina uzoq umr ko’radi. Insonning sog’ligi faqat o’zi, oilasi uchungina emas, balki Vatani uchun ham kerak. Chunki sog’lom avlod Vatanimizning kelajagidir. Salomatlikni saqlashda badantarbiya mashqlari, piyoda yurishning foydasi katta. Ibn Sino bobomiz “badantarbiyani tark etgan xarob bo’ladi”, deb yozgan edilar. Shifokorlar harakatsiz qolgan tana a’zolarining quvvati zayiflashishi, buning oqibatida xotira ham susayib borishini ta’kidlaydilar. Salomatlikni saqlashda faqat badantarbiya mashqlarigina emas, to’g’ri ovqatlanishning ham o’rni katta. Bularning barchasini bir meyor asosida muntazam bajarib turishgina salomatligimizni asraydi.
Mustahkamlash:
1 - mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zlarni qo'ying.
1. Bu bizning ... . 2. Bu sinf xonasida ... tili darsi bo'ladi. 3. O‘zbek tili xonasining devorlariga ... va ... suratlari ilingan. 4. Kitob ... badiiy kitoblar bor. 5. Doska tepasida ... yozilgan plakatni ko‘rasiz.
Foydalanish uchun so‘zlar: yozuvchi, shoirlarning, sinf, o'zbek, javonida, hikmatli so'zlar.
3- mashq. Bosh kelishikda kelgan so'zlar qatnashgan gaplarni toping va daftaringizga ko'chiring.
1. Yulduz xolasinikiga borsa, jim o'tirmaydi. 2. Men ertak kitobini olib o'qidim. 3. Maktabning uchinchi qavatida o'zbek tili xonasi joylashgan. 4. Sinf devoriga plakatlar ilingan. 5. Javonda o'zbek yozuvchilarining asarlari bor.
4 - mashq. Nuqtalar o'rniga mos so'zlarni qo'yib, ko'chiring.
Bu ........ xonasi. Xonamiz ... va ... . O'zbek tili ... doim o'quvchilar bilan gavjum. Sinf rahbarimiz o'zbek tili fanidan ... beradilar. Bugun maktabda ........ bilan uchrashuv bo'ldi.
Foydalanish uchun so‘zlar: o‘zbek tili, shinam, katta, xonasi, dars, tilshunos olimlar.
O‘quvchilarni baholash: O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Darsda faol ishtirok etmagan o`quvchilar bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: O'zbek tili xonasi haqida 4 - 5 ta gap tuzing.
O`quv ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari______________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |