A. Taniyev innovatsion iqtisodiyot darslik



Download 0,97 Mb.
bet77/141
Sana19.11.2022
Hajmi0,97 Mb.
#868378
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   141
Bog'liq
3 чи Таниев Инновацион иытисодиёт 2020

Tayanch iboralari:


Qiymat taklifi, korporativ madaniyat, inson kapitali, FACETS tizimi, dastlabki izdoshlar (vizyonerlar), erta ko‘pchilik (pragmatistlar), keyinchalik ko‘pchilik (konservatorlar), inert qism (skeptiklar).

Nazorat savollari


  1. Innovatsion biznesda inson resurslari samaradorligini qanday omillar belgilaydi?

  2. Innovatsion kompaniya korporativ madaniyatining xususiyatlari qanday?

  3. Innovatsion kompaniyaning korporativ madaniyatiga qanday qadriyatlar xosdir?

  4. Innovatsion biznesning o‘ziga xos xususiyati kompaniyaning vazifasi va shiori shakllanishida qanday aks etadi?

  5. Innovatsion biznesni yaratadigan tadbirkor qanday vakolatlarga ega bo‘lishi kerak?

  6. Innovatsion biznesda kadrlarni tanlashda qanday mezonlardan foydalanish kerak?

  7. Innovatsion kompaniyada xodimlarni baholash tizimi qanday qurilishi kerak?

  8. Innovatsiyalarni yaratadigan va ularni tijoratlashtiradigan xodimlarni rag‘batlantirish va rag‘batlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
  1. Mavzu. Ilmiy-texnik tashkilotlarda xodimlar mexnatini tashki etish




Reja

    1. Ilmiy-texnik (innovatsion) tashkilotlar xodimlari mexnatini tashki etishning xususiyatlari

    2. Jamoalar shakllanishi

    3. Innovatsion faoliyat sohasida ishchilar mehnati motivatsiyasi va rag‘batlantirish



  1. Ilmiy-texnik (innovatsion) tashkilotlar xodimlari mexnatini tashki etishning xususiyatlari


Innovatsion mexanizm (ilmiy salohiyat) ning kadrlar tarkibi, ya’ni ilmiy-texnik xodimlar, “tadqiqot – ishlab chiqarish – iste’mol” jarayonini amalga oshiruvchi ilmiy, muhandislik-texnik va boshqa toifadagi xodimlardan tashkil topgan ijtimoiy- professional guruhdir. Ular yagona yakuniy maqsad, mehnat mazmuni, tabiati va sharoitlari, rag‘batlantirish tizimida umumiy xususiyatlar bilan bog‘liq. Ilmiy-texnik xodimlarga doimiy ravishda tadqiqotlar, loyihaviy-konstruktorlik, texnologik, tashkiliy-uslubiy ishlanmalar va ularni amalga oshirish (o‘zlashtirish va tadbiq etish) bilan shug‘ullangan xodimlar kiradi. Innovatsion jarayonga jalb etilgan ilmiy-texnik xodimlar umumiy ishchi tarkibiga kirib, milliy daromad yaratilishida ishtirok etishadi.
Ilmiy-texnik kadrlar tarkibiga ilmiy xodimlar, konstruktorlar, texnologlar, loyihachilar, iqtisodchilar, ITI va KBlarning boshqa toifa mutaxassislari, hamda tajriba-eksperimental korxona va sexlar ishchilari kiradi. Birlashma va korxonalarning ilmiy-texnik bo‘linmalar xodimlarini ham ularning tadqiqot va ishlanmalarda ishtirok etishi darajasini hisobga olgan holda ushbu toifaga kiritish mumkin. 1995 yil Kanberrada (Avstraliya) IHRT (Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) tomonidan qabul qilingan “Fan va texnika kadrlar resursini o‘lchash bo‘yicha Kanberra qo‘llanmasi” ga muvofiq, ilmiy-texnik kadrlar malaka darajasi,
ilm-fan, kasb-hunar sohalari, bandlik toifalari (shu jumladan, ishsizlar va iqtisodda band bo‘lmaganlar), sohalar, hududlar, jins, yosh, milliy kelib chiqishi bo‘yicha tasniflanadi. Bundan tashqari, ularning turli manbalar bo‘yicha kelishi va turli yo‘nalishda, shu jumladan, xorijga, ketishi hisobga olinadi.
Ilmiy-texnik tashkilotlar xodimlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ilmiy xodimlar, ilmiy-texnik personal, ilmiy-yordamchi personal, ma’muriy-xo‘jalik personal, ishlab chiqarish personali (tajribaviy va ishlab chiqarish bo‘linmalari bilan). Ilmiy-texnik kadrlar tuzilmasida asosiy bo‘g‘in – ilmiy xodimlar bo‘lib, ular yangi g‘oyalarni ilgari surib, kashfiyotlar qilib, innovatsion yechimlar taklif etib, muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy-texnik personalga konstruktorlar, texnologlar, eksperimentchilar va ilmiy xizmat ko‘rsatish, tadqiqotlar natijalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan boshqa toifadagi ishchilar kiradi. Ilmiy- yordamchi personal patent xizmatlar, ilmiy-texnik va moliya- tijorat axboroti bo‘linmalari, moliya-iqtisod bo‘linmalari xodimlari, laborantlar, hamda tajribaviy-eksperimental ishlab chiqarish ishchilari, ilmiy jihoz va asboblar sozlovchilari, kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislardan iborat. Ma’muriy-xo‘jalik personalga kotiblar, ish yurituvchilar, referentlar, mashinistkalar, hujjatlarni ko‘paytirish xizmati (kserokopiya va b.) ishchilari kiradi.
Ilmiy-texnik tashkilotlar (shu jumladan, korxona va birlashmalar ilmiy bo‘linmalari) da xodimlarni boshqarish bu kadrlar rejalashtirilishi, tanlovi xodimlar joyini almashtirish, jamoada o‘zaro munosabatlarning optimal (ratsional) tuzilmasini shakllantirish, xodimlarning motivatsion fe’l-atvorini tartibga solish, jamoada maqbul ma’naviy-psixologik iqlim yaratish, nizoli vaziyatlarni hal etish, mehnatni tashkil etish va rag‘batlantirish funksiyalarini bajarishdir. Innovatsion tashkilotlarda xodimlarni boshqarish funksiya va usullari ko‘p jihatdan innovatsion ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari va mazmuniga bog‘liq. Ushbu xususiyatlarga quyidagilar kiradi: bajarilayotgan ishlar noyobligi va betakrorligi, xodimlar bilimdonligi va yuqori malakasi,
innovatsion jarayonni informatsion ta’minlash yetishmovchiligi (ayniqsa, dastlabki bosqichlarda), ko‘plab tashkilotlar (shu jumladan, venchur) faoliyat ko‘rsatishi xavfi, innovatsion ishlarni bajaradigan mutaxassislar tarkibida ijtimoiy guruhlar turli- tumanligi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda, xodimlarni boshqarishning ayrim jihatlari quyida keltirilgan.



  1. Download 0,97 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish