Hulq-atvor ko‘rinishlari
har xil. D.Dyusberi hayvonlar hulq-atvorini uch
guruxga ajratadi. Ular shaxsiy, reproduktiv va ijtimoiy xulq-atvorlardir.
I. Shaxsiy hulq-atvorga:
1.
Uyg‗unlashgan harakatlar.
2.Oziqlanish, nafas olish (ozuqani topish, uni zahirada asrash, kislorodga boy
joyni tanlash) bilan bog‗liq hatti-harakatlar.
3.O‗z tana haroratini boshqarish.
4.Pana joy topish..
5.Yirtqichlardan qochish.
6
.
Uyqu
7.Tanani toza tutish.
8.Biologik maromlar.
9.Biror narsani tekshirib ko‗rish.
10.O‗yin.
11.Tayyor quroldan foydalanish.
12.Ayyorlik qilish.
II. Reproduktiv hulq-atvor (o‘zga jinsni jalb etish).
1.
Jinsiy qo‗shilishdan oldin o‗yin ko‗rsatish.
2.
Chiroyli ko‗rinish orqali.
3.
«Ashula» orqali.
4.
Kuch orqali.
5.
Hatti-harakat orqali.
6.
Qarama-qarshi jinsning ko‗nglini ―ovlash‖.
7.
Tuyg‗uni ifodalash orqali.
8.
Naslga g‗amxo‗rlik ko‗rsatish.
III. Ijtimoiy hulq-atvor:
1.
Yo‗lboshchilikga intilishga oid hatti-harakatlar.
2.
To‗dada bo‗ysinish tartibi.
43
3.
To‗dani himoya qilish.
4.
To‗dadagi erkak organizmlar orasidagi munosabat.
5.
Ota-onalar bilan ularning nasllari orasydagi munosabat.
6.
Oziqlanishda bo‗ysinish tartibi.
7. Jinsiy qo‗shilish davrida bo‗ysinish tartibi.
8.
Hayvonlarning «tili».
9.
Jamoada funksiyaning taqsimlanishi.
Hayvonlarning hulq-atvorini o‘rganish.
Klassik genetikada ayrim,
belgilarning irsiylanishini bilish uchun qo‗llaniladigan metodlardan hayvonlar
hulq-atvorini o‗rganishga oid tajribalarda ham foydalaniladi. Hayvonlarning xulq-
atvorini o‗rganish uchun avvalo qaysi hususiyatini o‗rganish aniqlanib olinadi.
Misol tariqasida hayvonlar hulq-atvoridagi tanani toza tutish yoki tanani toza
tutmaslik, jinsiy qo‗shilishga mayl, jinsiy qo‗shilishga befarq, qarama-qarshi
jins bilan qo‗shiladigan, gomoseksuallar, nasl uchun qayg‗uradigan, nasl uchun
unchalik qayg‗urmaydigan kabi belgilarni olish mumkin. Mana shunday
belgilarga ega va ega bo‗lmagan urg‗ochi va erkak hayvonlar tanlanib olinadi va
alohida-alohida urchitiladi. Ularni urchitish to gomozigota va izogen liniyalarni
hosil etguncha davom etdiriladi.
Gomozigota individlar hosil bo‗lganligiga ishonch hosil qilingach, qarama-
qarshi xossalarga ega individlar o‗zaro chatishtirilib, duragay organizmlar
olinadi. Birinchi avlod duragaylarining erkak va urgochi formalarning bir-biri bilan
chatishtirilib, ikkinchi avlod olinib, ularda tekshirilayotgan belgiga ega hamda ega
bo‗lmagan yoki o‗rganilayotgan belgini o‗rtacha namoyon bo‗lgan hayvonlar
nisbati aniqlanadi. Shuningdek G‗
1
duragaylarda taxliliy chatishtirish
o‗tkazilishi hamda bekrossdan hosil bo‗lgan individlarning qanchasida
o‗rganilayotgan belgi borligi, yo‗qligi yoki oraliq holda rivojlanganligi taxlil
qilinadi. Olingan ma‘lumotlarga asoslanib o‗rganilayotgan belgi qaysi biri
dominant, qaysi biri retsessiv ekanligi, ular bir gen yoki ikki gen ta‘sirida
rivojlanganligi aniqlanadi.
44
Masalan, drozofilada hulq-atvor bilan bog‗liq ko‗rish, oziqlanish, hid bilish,
jinsiy qo‗shilishga moyillik, himoyalanish kabi xususiyatlar irsiylanishi
o‗rganilgan. Drozofilada jinsiy qo‗shilish paytidagi fe‘l-atvorning genetik asoslari
ham o‗rganilgan. Aniqlanishicha, jinsiy qo‗shilishga urg‗ochi drozofilaning
moyilligini ro‗yobga chiqarish uchun erkak drozofila «o‗yin» ko‗rsatar ekan. Mazkur
«o‗yin» urg‗ochi drozofilaning qornini qitiqlash, uning atrofida aylanib uchish, jinsiy
qo‗shilish uchun urg‗ochining qorin qismini o‗ziga tortish va «ashula» aytish.
Drozofilaning «ashula»si 50 sekund mobaynida tez-tez qanot qoqishdan iborat.
Drozofilada ko‗rish, hid sezish, eshitish bilan bog‗liq mutatsiya jinsiy qo‗shilish
paytida «ko‗ngilni» ovlashga ta‘sir etish mumkin. Masalan, ko‗r erkak drozofila
urg‗ochini ko‗rmaydi yoki garang urg‗ochi pashsha erkak drozofilaning «sevgi
ashulasini» eshitolmaydi.
Ichkilikga yuqori darajada moyil va moyil bo‗lmagan sichqonlarning inbred
liniyalarini chatishtirib, so‗ng ularning G‗
1
va G‗
2
dagi nasllarning har birini
ichkilikga bo‗lgan talabini o‗rganish natijasida mazkur belgi bo‗yicha farq ikkita
bir-biri bilan bog‗liq bo‗lmagan genlar uyushmasiga bog‗liq ekanligi ma‘lum
bo‗lgan.
Odamlarning hulq-atvori doimo olimlar diqqatini o‗ziga tortib kelgan.
Genetika fan sifatida shakllanmasdan ancha ilgari ham olimlar odam hulq-atvori,
ruhiyatini irsiylanishi bilan qiziqqanlar. Masalan, eramizdan ancha ilgari yashagan
antik dunyo olimi Platon birinchi bo‗lib nikohlarni davlat tomonidan boshqarishning
lozimligini ta‘kidlagan. U jismoniy jihatdan o‗ta baquvvat bolalarni dunyoga
keltirish uchun qanday er-xotinlarni saralash lozimligi haqida fikr bildirgan. XX
asrda yashagan F.Galton iste‘dodli odamlar shajarasini o‗rganib ikki xil xulosaga
keldi. 1) Ulug‗ iste‘dodlar avloddan-avlodga beriladi. 2) Har bir odam hulq-atvor,
iste‘dod hamda kasallikni ifodalovchi belgilar zahirasiga ega.
F.Galton yevgenika fanining otasi hisoblanadi. Mazkur atama yunon
tilidan olingan bo‗lib, «yaxshi, ma‘qul odamlarni tug‗ilishi» degan ma‘noni
anglatadi. Olim nufuzli oilalar shajarasini o‗rganib, shaxslarning jamiyatdagi
faoliyati irsiyatga bog‗liqligini qayd qiladi. Masalan, AQShdagi Edvardslar
45
oilasidagi 1394 erkakning to‗rtdan uch qismi jamiyat hayotida iz qoldirgan va tarix
sahifalaridan o‗rin olgan shaxslar bo‗lgan.
Tarixchilarning ma‘lum qilishicha buyuk kompozitor I.S.Bax avlodidan
musikaga iste‘dodi bor shaxslar 56 ta bo‗lgan. Buyuk bobomiz Amir Temur
avlodlari orasida Mirzo Ulug‗bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Xumoyun,
Akbarshoxlar yetishib chiqqanligi qobiliyat, iste‘dod kabi belgilar avloddan-avlodga
irsiylanishidan dalolat beradi. Qobiliyat, iste‘dod bilan bir qatorda odamdagi
salbiy xislatlar ham avloddan-avlodga o‗tishi mumkinligi haqida ma‘lumotlar bor.
Chunonchi XVIII asrda Shimoliy Amerikada yashagan aroqxo‗r baliqchi Djyuka va
yengil tabiatli ayol shajarasidagi 2500 odamlardan 600 tasining aqli past, 55 foizi
o‗g‗ri, firibgar, aroqxo‗r bo‗lgan. Shunga o‗xshash dalillarga asoslanib turli
mamlakat siyosatdonlari aqli zaif, aroqxo‗r jinoyatchilardan qutilish uchun zararli
genlarni o‗zida saqlovchi odamlarni bichish zarurligi to‗g‗risida fikr bildiradilar
va uni «odam zotini yaxshilaymiz» degan shior ostida targ‗ib qila boshladilar.
Oqibatda XX asrniig birinchi 10 yilligida Amerikaning 22 shtatida, Angliya,
Estoniya kabi mamlakatlarda tajovuzkorlikga moyil kishilar bichila boshlandi.
Rossiyada XX asrning 20-30 yillarida yevgenik olimlardan Yu.A.Filipchenko,
S.L.Serebrovskiylar ziyoli, iste‘dodli odamlarning genlarini jamiyatning boshqa
a‘zolariga tarqatish kerak, ―sovet jamiyati‖ uchun yangi odam zotini yaratish lozim,
shundagina besh yillikga mo‗ljallangan rejalarni ikki yilda bajarish mumkin degan
g‗oyani ilgari surdilar.
XX asrning 30 yillariga kelib yevgenika jamiyat uchun zararli soha,
millatchilar fani deb e‘lon qilindi hamda bu sohadagi tadqiqotlar to‗xtatib qo‗yildi.
Yevgenika to‗g‗risida mulohaza yuritganda uchta masalani muhokama qilish
kerak. 1) Odamlarda zararli irsiy belgi-xossalar bormi va ular avloddan-avlodga
o‗tgan sari orta boradimi?. 2) Fandagi mavjud tadqiqot metodlari yordamida
zararli belgilarni odamlarda kamaytirish mumkinmi?. 3) Agar kelgusi
avlodlarni irsiyatiga ta‘sir etish mumkin bo‗lsa, uni boshqarish uchun axloq
hamda yuridik huquqga egamizmi?. Bu haqda to‗xtab hozirgi vaqtda odam
tanasining har bir organlar sistemasida yuzlab nuqsonlar-kasalliklar borligi va
46
ularning ko‗pchiligi gen funksiyasiga bog‗liq ekanligi aniqlanganligini qayd etish
kerak.
Odamlar orasida jismonan nogiron, masalan, qo‗l, oyoqlari qisqa, aqli zaif,
ruhiy kasali bor shaxslar uchrashi barchaga ayon. Kuzatishlarning ko‗rsatishicha
aqli zaif erkak va ayoldan aqli zaif farzandlar tug‗iladi. Insoniyat oldida
turgan bunday muammoni na hukumat va na vrachlar hal qilaoladilar. Mazkur
muammoni yechimini topish insoniyat oldidagi ulkan vazifadir. Binobarin,
odam irsiyatini o‗rganish hozirgi vaqtda nihoyatda dolzarb sanaladi
Do'stlaringiz bilan baham: |