A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

Hulq-atvor ko‘rinishlari
har xil. D.Dyusberi hayvonlar hulq-atvorini uch 
guruxga ajratadi. Ular shaxsiy, reproduktiv va ijtimoiy xulq-atvorlardir.
I. Shaxsiy hulq-atvorga: 
1.
Uyg‗unlashgan harakatlar. 
2.Oziqlanish, nafas olish (ozuqani topish, uni zahirada asrash, kislorodga boy 
joyni tanlash) bilan bog‗liq hatti-harakatlar. 
3.O‗z tana haroratini boshqarish. 
4.Pana joy topish.. 
5.Yirtqichlardan qochish. 
6
.
Uyqu
7.Tanani toza tutish. 
8.Biologik maromlar. 
9.Biror narsani tekshirib ko‗rish. 
10.O‗yin. 
11.Tayyor quroldan foydalanish. 
12.Ayyorlik qilish. 
II. Reproduktiv hulq-atvor (o‘zga jinsni jalb etish). 
1.
Jinsiy qo‗shilishdan oldin o‗yin ko‗rsatish. 
2.
Chiroyli ko‗rinish orqali. 
3.
«Ashula» orqali. 
4.
Kuch orqali. 
5.
Hatti-harakat orqali.
6.
Qarama-qarshi jinsning ko‗nglini ―ovlash‖. 
7.
Tuyg‗uni ifodalash orqali. 
8.
Naslga g‗amxo‗rlik ko‗rsatish. 
III. Ijtimoiy hulq-atvor: 
1.
Yo‗lboshchilikga intilishga oid hatti-harakatlar. 
2.
To‗dada bo‗ysinish tartibi. 


43 
3.
To‗dani himoya qilish. 
4.
To‗dadagi erkak organizmlar orasidagi munosabat. 
5.
Ota-onalar bilan ularning nasllari orasydagi munosabat. 
6.
Oziqlanishda bo‗ysinish tartibi. 
7. Jinsiy qo‗shilish davrida bo‗ysinish tartibi. 
8.
Hayvonlarning «tili».
9.
Jamoada funksiyaning taqsimlanishi. 
Hayvonlarning hulq-atvorini o‘rganish. 
Klassik genetikada ayrim, 
belgilarning irsiylanishini bilish uchun qo‗llaniladigan metodlardan hayvonlar 
hulq-atvorini o‗rganishga oid tajribalarda ham foydalaniladi. Hayvonlarning xulq-
atvorini o‗rganish uchun avvalo qaysi hususiyatini o‗rganish aniqlanib olinadi. 
Misol tariqasida hayvonlar hulq-atvoridagi tanani toza tutish yoki tanani toza 
tutmaslik, jinsiy qo‗shilishga mayl, jinsiy qo‗shilishga befarq, qarama-qarshi 
jins bilan qo‗shiladigan, gomoseksuallar, nasl uchun qayg‗uradigan, nasl uchun 
unchalik qayg‗urmaydigan kabi belgilarni olish mumkin. Mana shunday 
belgilarga ega va ega bo‗lmagan urg‗ochi va erkak hayvonlar tanlanib olinadi va 
alohida-alohida urchitiladi. Ularni urchitish to gomozigota va izogen liniyalarni 
hosil etguncha davom etdiriladi. 
Gomozigota individlar hosil bo‗lganligiga ishonch hosil qilingach, qarama-
qarshi xossalarga ega individlar o‗zaro chatishtirilib, duragay organizmlar 
olinadi. Birinchi avlod duragaylarining erkak va urgochi formalarning bir-biri bilan 
chatishtirilib, ikkinchi avlod olinib, ularda tekshirilayotgan belgiga ega hamda ega 
bo‗lmagan yoki o‗rganilayotgan belgini o‗rtacha namoyon bo‗lgan hayvonlar 
nisbati aniqlanadi. Shuningdek G‗
1
duragaylarda taxliliy chatishtirish 
o‗tkazilishi hamda bekrossdan hosil bo‗lgan individlarning qanchasida 
o‗rganilayotgan belgi borligi, yo‗qligi yoki oraliq holda rivojlanganligi taxlil 
qilinadi. Olingan ma‘lumotlarga asoslanib o‗rganilayotgan belgi qaysi biri 
dominant, qaysi biri retsessiv ekanligi, ular bir gen yoki ikki gen ta‘sirida 
rivojlanganligi aniqlanadi. 


44 
Masalan, drozofilada hulq-atvor bilan bog‗liq ko‗rish, oziqlanish, hid bilish, 
jinsiy qo‗shilishga moyillik, himoyalanish kabi xususiyatlar irsiylanishi 
o‗rganilgan. Drozofilada jinsiy qo‗shilish paytidagi fe‘l-atvorning genetik asoslari 
ham o‗rganilgan. Aniqlanishicha, jinsiy qo‗shilishga urg‗ochi drozofilaning 
moyilligini ro‗yobga chiqarish uchun erkak drozofila «o‗yin» ko‗rsatar ekan. Mazkur 
«o‗yin» urg‗ochi drozofilaning qornini qitiqlash, uning atrofida aylanib uchish, jinsiy 
qo‗shilish uchun urg‗ochining qorin qismini o‗ziga tortish va «ashula» aytish. 
Drozofilaning «ashula»si 50 sekund mobaynida tez-tez qanot qoqishdan iborat. 
Drozofilada ko‗rish, hid sezish, eshitish bilan bog‗liq mutatsiya jinsiy qo‗shilish 
paytida «ko‗ngilni» ovlashga ta‘sir etish mumkin. Masalan, ko‗r erkak drozofila 
urg‗ochini ko‗rmaydi yoki garang urg‗ochi pashsha erkak drozofilaning «sevgi 
ashulasini» eshitolmaydi.
Ichkilikga yuqori darajada moyil va moyil bo‗lmagan sichqonlarning inbred 
liniyalarini chatishtirib, so‗ng ularning G‗
1
va G‗
2
dagi nasllarning har birini 
ichkilikga bo‗lgan talabini o‗rganish natijasida mazkur belgi bo‗yicha farq ikkita 
bir-biri bilan bog‗liq bo‗lmagan genlar uyushmasiga bog‗liq ekanligi ma‘lum 
bo‗lgan. 
Odamlarning hulq-atvori doimo olimlar diqqatini o‗ziga tortib kelgan. 
Genetika fan sifatida shakllanmasdan ancha ilgari ham olimlar odam hulq-atvori, 
ruhiyatini irsiylanishi bilan qiziqqanlar. Masalan, eramizdan ancha ilgari yashagan 
antik dunyo olimi Platon birinchi bo‗lib nikohlarni davlat tomonidan boshqarishning 
lozimligini ta‘kidlagan. U jismoniy jihatdan o‗ta baquvvat bolalarni dunyoga 
keltirish uchun qanday er-xotinlarni saralash lozimligi haqida fikr bildirgan. XX 
asrda yashagan F.Galton iste‘dodli odamlar shajarasini o‗rganib ikki xil xulosaga 
keldi. 1) Ulug‗ iste‘dodlar avloddan-avlodga beriladi. 2) Har bir odam hulq-atvor, 
iste‘dod hamda kasallikni ifodalovchi belgilar zahirasiga ega. 
F.Galton yevgenika fanining otasi hisoblanadi. Mazkur atama yunon 
tilidan olingan bo‗lib, «yaxshi, ma‘qul odamlarni tug‗ilishi» degan ma‘noni 
anglatadi. Olim nufuzli oilalar shajarasini o‗rganib, shaxslarning jamiyatdagi 
faoliyati irsiyatga bog‗liqligini qayd qiladi. Masalan, AQShdagi Edvardslar 


45 
oilasidagi 1394 erkakning to‗rtdan uch qismi jamiyat hayotida iz qoldirgan va tarix 
sahifalaridan o‗rin olgan shaxslar bo‗lgan.
Tarixchilarning ma‘lum qilishicha buyuk kompozitor I.S.Bax avlodidan 
musikaga iste‘dodi bor shaxslar 56 ta bo‗lgan. Buyuk bobomiz Amir Temur 
avlodlari orasida Mirzo Ulug‗bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Xumoyun, 
Akbarshoxlar yetishib chiqqanligi qobiliyat, iste‘dod kabi belgilar avloddan-avlodga 
irsiylanishidan dalolat beradi. Qobiliyat, iste‘dod bilan bir qatorda odamdagi 
salbiy xislatlar ham avloddan-avlodga o‗tishi mumkinligi haqida ma‘lumotlar bor. 
Chunonchi XVIII asrda Shimoliy Amerikada yashagan aroqxo‗r baliqchi Djyuka va 
yengil tabiatli ayol shajarasidagi 2500 odamlardan 600 tasining aqli past, 55 foizi 
o‗g‗ri, firibgar, aroqxo‗r bo‗lgan. Shunga o‗xshash dalillarga asoslanib turli 
mamlakat siyosatdonlari aqli zaif, aroqxo‗r jinoyatchilardan qutilish uchun zararli 
genlarni o‗zida saqlovchi odamlarni bichish zarurligi to‗g‗risida fikr bildiradilar 
va uni «odam zotini yaxshilaymiz» degan shior ostida targ‗ib qila boshladilar. 
Oqibatda XX asrniig birinchi 10 yilligida Amerikaning 22 shtatida, Angliya, 
Estoniya kabi mamlakatlarda tajovuzkorlikga moyil kishilar bichila boshlandi. 
Rossiyada XX asrning 20-30 yillarida yevgenik olimlardan Yu.A.Filipchenko, 
S.L.Serebrovskiylar ziyoli, iste‘dodli odamlarning genlarini jamiyatning boshqa 
a‘zolariga tarqatish kerak, ―sovet jamiyati‖ uchun yangi odam zotini yaratish lozim, 
shundagina besh yillikga mo‗ljallangan rejalarni ikki yilda bajarish mumkin degan 
g‗oyani ilgari surdilar. 
XX asrning 30 yillariga kelib yevgenika jamiyat uchun zararli soha, 
millatchilar fani deb e‘lon qilindi hamda bu sohadagi tadqiqotlar to‗xtatib qo‗yildi. 
Yevgenika to‗g‗risida mulohaza yuritganda uchta masalani muhokama qilish 
kerak. 1) Odamlarda zararli irsiy belgi-xossalar bormi va ular avloddan-avlodga 
o‗tgan sari orta boradimi?. 2) Fandagi mavjud tadqiqot metodlari yordamida 
zararli belgilarni odamlarda kamaytirish mumkinmi?. 3) Agar kelgusi 
avlodlarni irsiyatiga ta‘sir etish mumkin bo‗lsa, uni boshqarish uchun axloq 
hamda yuridik huquqga egamizmi?. Bu haqda to‗xtab hozirgi vaqtda odam 
tanasining har bir organlar sistemasida yuzlab nuqsonlar-kasalliklar borligi va 


46 
ularning ko‗pchiligi gen funksiyasiga bog‗liq ekanligi aniqlanganligini qayd etish 
kerak. 
Odamlar orasida jismonan nogiron, masalan, qo‗l, oyoqlari qisqa, aqli zaif, 
ruhiy kasali bor shaxslar uchrashi barchaga ayon. Kuzatishlarning ko‗rsatishicha 
aqli zaif erkak va ayoldan aqli zaif farzandlar tug‗iladi. Insoniyat oldida 
turgan bunday muammoni na hukumat va na vrachlar hal qilaoladilar. Mazkur 
muammoni yechimini topish insoniyat oldidagi ulkan vazifadir. Binobarin, 
odam irsiyatini o‗rganish hozirgi vaqtda nihoyatda dolzarb sanaladi 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish