A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


Magistrlarning bilimini nazarot qilish uchun savollar



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

Magistrlarning bilimini nazarot qilish uchun savollar
1.
Hulq-atvor genetikasining qanday vazifalarini bilasiz?. 
2.
D.Dyusberining hayvonlar hulq-atvorini qanday guruxlarga va xillarga 
ajratadi?. 
3.
Shaxsiy hulq-atvorga nimalar kiradi?. 
4.
Reproduktiv hulq-atvorga nimalar kiradi? 
5.
Ijtimoiy hulq-atvorga nimalar kiradi?. 
6.
Hayvonlar va odamlarning hulq-atvori qanday metodlar yordamida 
o‗rganiladi?. 
7.
Drozofila meva pashshasida hulq-atvorning qanday xususiyatlarini genetikasi 
o‗rganiladi?. 
8.
Yevgenika fani qanday fan va unga kim asos solgan?. 
9.
Odamlar nikohlarni o‗zaro taqqoslab F.Galton qanday xulosalarga keldi?. 
10.
Odamning hulq-atvori bilan bog‗liq qaysi belgi-xossalar irsiylanadi?. Bunga 
misollar keltiring. 
11.
Odamning hulq-atvori bilan yuksak darajada rivojlangan hayvonlar hulq-
atvoridagi qanday o‗xshashlik va tafovutlar mavjud?. 
12.
Odamlardagi hulq-atvorni o‗zgarishi bilan aloqador qanday kasalliklarni 
bilasiz?. Ularning hulq-atvoridagi o‗zgarishlarni tavsiflab bering. 
 
 


48 
II-BOB. ANTROPOGENEZ 
4§.Chala maymunlar va maymunlar. Odamsimon maymunlar.
Asosiy tushunchalarva bilimlar: 
primatlar, primatlarning kelib chiqishi, 
primatlarning o„ziga xos tomonlari, primatlarning asosiy vakillari, chala 
maymunlar, yuksak maymunlar, primatlarning kenja turkumlari va oilalari.
K. Linney tuzgan sistemasida odamni primatlar turkumiga kiritgan. 
Evolyutsion jarayonda primatlar turkumiga kiruvchi yarim maymun va 
maymunlarda bir qancha umumiy belgi hamda hossalar rivojlangan. Ularning bu 
hossalari - belgilari daraxtlarda yashash bilan aloqador. Ularda oyoq va qo‘llar 5 
barmoqli bo‘lib daraxtga chiqishga, ushlashga moslashgan. Ularning hammasida 
o‘mrov suyagi bo‘lib - bilak tirsak suyaklari bir - biridan aloxidalashgan. Bu esa 
qo‘llarning har-xil harakat qilishiga imkon beradi. Bosh barmoq yoki boshmaldoq 
harakatchan u ko‘pchilik primatlarda boshqa barmoqlarga qarama – qarshi 
joylashgan. Ularning oyoq va qo‘llarida tirnoqlar bo‘lib, harakat qilganlarida 
primatlar tayoqqa tayanadilar. Ularda hid bilish reduksiyaga uchrab ko‘rish va 
eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Chala maymunlarning ko‘zi oldinga qaragan 
bo‘lib bosh qismida tuban primat (tupay, lemur, keng tovonli)larda 4-5 gurux, 
yuksak vakillarida 2-3 gurux sezuvchi yunglar bo‘ladi. Panjalaridagi teri chiziqlari 
maymunlar va odamlarda panjaning barcha yuzasida yarim maymunlarda esa faqat 
yostiqchalarning o‘zida bo‘ladi. 
Primatlarning faol hayot kechirishi va qo‘llarining har xil vazifalarini 
bajarishi bosh miyani kuchli taraqqiy etishiga va miya hajmini kattalashyviga yuz 
qismini esa kichrayishiga sababchi bo‘lgan. Lekin miya yarim sharlarining kuchli 
taraqqiy etishi va undagi egatlar sonini ortishi faqat yuksak primatlarga hosdir. 
Primatlar ko‘proq o‘simliklar, ma‘lum misdorda hasharotlar bilan 
oziqlanadilar. Aralash oziqlangani uchun ularni me‘dasi sodda tuzilgan. Tish 
sistemasi kurak, qoziq, oziq tishlari ko‘rinishida shakllangan. Dastlab ularda sut 
keyin esa haqiqiy tishlar rivojlanadi. 
Gavda hajmi primatlarda sichqonsimon lemurlardan tortib 180 sm baxaybat 
gorillagacha bo‘ladi. Yung qavati yarim maymunlarda qalin, ko‘p maymunlarda 


49 
esa kuchsiz rivojlangan. Ko‘pchilik turlarda yung va teri qavati yorqin rangda, 
ko‘zlarining shoxsimon qavati qora yoki sariq rangdadir. Primatlar yil davomida 
urchiydilar. Ular asosan bittadan, ahyon - ahyonda 2-3ta bola tug‘adilar.
Ko‘pchiligi daraxtlarda yashaydilar. Lekin ham daraxt, ham yerda va faqat 
yerda yashaydigan xillari ham bor. Ular kunduzi faol bo‘ladilar, juft -juft, axyon - 
axyonda alohida - bittadan bo‘lib yashaydilar. Ular Afrika, Osiyo va Amerikaning 
tropik, subtropik o‘rmonlarida va baland tog‘li o‘lkalarda hayot kechiradilar. 
Hozirgi vaqtda primatlarning 200ta turi bo‘lib, 54 avlodga, 12 oilaga 2ta 
kenja turkum ya‘ni yarim maymunlar va maymunlarga ajratiladi. Maymunlar yoki 
chala maymunlarga tupaylar, lemurlar va boshqa oilalar kiradi.

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish