Mineral tuzlar va suv.
Odam hayot faoliyatida yuqorida qayd etilgan
oqsillar, yog‘lar, uglevodlardan tashqari temir, osh tuzi, yod, kalsiy, suv nihoyatda
katta ahamiyatga ega. Bu moddalar tabiatda bir xil tarqalmagan.
Kalsiy.
Agar oziqada kalsiy kam bo‘lsa, ichaklarda uni shimish tezlashadi.
Kalsiy balansining bir maromda ushlab turish ultrabinafsha nurlarini ta‘siriga ham
bog‘liq. Teri orqali ultrabinafsha nurlarni o‘zlashtirish D vitamin uchun xom-ashyo
hisoblanadi. Ergosteral moddasiga yaqin moddani ko‘paytirishga olib keladi. Agar
teri ultrabinafsha nurlar ta‘siridan holi bo‘lsa, u ruhiy kasallik paydo qiladi. U qora
tanlilarda ko‘p uchraydi. Chunki terida melanin ko‘p bo‘lishi sababli ultrabinafsha
nurlar teri osti qismiga kam o‘tadi. Kalsiy sut va pishloqda ko‘p bo‘ladi. Agar
ozuqada kalsiy kam bo‘lsa, odamlar past bo‘yli suyaklari unchalik uzun bo‘lmagan
tishlarining rivojlanishi ham orqada qoladi. Seylonda go‘sht, sut kam, uglevodlar
ko‘p ozuqa bo‘masligi sababli odamlari past bo‘yli bo‘ladi. Agar o‘simliklarda kalsiy
kam bo‘lsa, qo‘ylar ham past bo‘yli bo‘ladi. Lekin laplandiyaliklar, eskimoslar
kalsiyni go‘sht bilan ko‘p olsa ham past bo‘ylidirlar.
161
Temir.
Iste‘mol qilinadigan ozuqalarda temir moddasi yetarli bo‘lishi kerak.
Temirga bo‘lgan ehtiyoj anemiya, bezgak, talassemiya, yoysimon anemiya
kasalliklarida ko‘p bo‘ladi. Homila va bolalar ko‘krak suti bilan boqadigan ayollarda
yilning ma‘lum faslida temir kam bo‘lishi kuzatilgan.
Osh tuzi.
Osh tuziga ehtiyoj har kuni kuzatiladi. Issiq mintaqalarda
yashovchi odamlarda natriy xlorid ter orqali ko‘p ajraladi. Shunga ko‘ra osh tuziga
talab bunday joylarda bir muncha yuqori bo‘ladi. Iqlimga moslashish moboynida
natriy xlorid iste‘mol qilish bilan uni ter va siydik orqali ajralishi orasida muvozanat
paydo bo‘lgan. Odam ovqatidagi tuz miqdorining kam yoki ko‘p bo‘lishiga tez
moslashadi. Masalan Qashqadaryoning Kasbi rayoni suvlarida natriy xlorid ko‘p,
ba‘zi buloq suvlarida uning miqdori kam. Afrikaning tropik rayonlarida yashovchi
ba‘zi qabilalarda yevropaliklarga nisbatan qonda natriy xlorid kam. Lekin bu irqiy
belgi sanalmaydi. Chunki tropiklarda yashovchi yevropaliklar qonida ham natriy
xlorid kam bo‘ladi.
Tuz dengiz suvida ko‘p. Tuzni qidirib topish qadimgi qabilalarda
alohidalanishning buzilishiga sababchi bo‘lgan. Hozir ham sahro va cho‘llarda
bunday hayot kuzatiladi.
Yod.
Odamning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun yod juda zarur. Uning
yetishmasligi qalqonsimon bez funksiyasining buzilishiga sababchi bo‘ladi. Bantu
eskimos, yevropaliklar, osiyoliklarda, jumladan, O‘zbekistonda ham yod
yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklar uchraydi.
Vitaminlar.
Organizm ko‘p vitaminlarni sintez qila olmaydi. U tashqaridan
qabul qilinadi. Shunga ko‘ra odam oziqasi hilma - xil bo‘lishi kerak. Avitaminoz
hamma irqlarda uchraydi. Agar ozuqada chorva mahsulotlari yetishmasa, A va D
vitamini bilan bog‘liq avitaminoz uchraydi. Bu vitaminlar sabzavotlarda ko‘p.
Shunday mulohazani B va C vitaminiga nisbatan ham aytish mumkin. Agar ozuqa bir
xil bo‘lsa, masalan, faqat donli o‘simliklardan iborat bo‘lsa, ularda yog‘ va oqsillar
kam bo‘lsa, organizmda vitamin yetishmasligi ro‘y beradi. Masalan, makkajo‘xoridan
iborat oziqani ko‘p iste‘mol qilish oqibatida nikotin qisman yetishmasa va pellarga
162
kasaligi paydo bo‘ladi. Ozuqada hayvon yog‘i va yangi sabzavotlar yetishmasa, D
avitaminoz kasali paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |