samaradorligi, uni amalga oshirish yo'llari
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi sharti har bir gektar yerdan va har bir bosh moldan olinadigan mahsulotni ko'paytirish hisoblanadi. Intensivlashtirish jarayoni bir gektar yerga yoki bir bosh molga qo'shimcha mablag'ning o'sishi bilan birga ulardan samarali foydalanishni ham bildiradi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi sarflangan xarajatlar hajmiga taqqoslaganda har bir gektar yerdan arzon va yuqori sifatli mahsulotni yuqori sur’atda olishda ifodalanadi.
Qishloq xo'jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, yer, moddiy texnika va mehnat resurslaridan faol foydalanish, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni har tomonlama hisobga olishni talab qiladi. Nazariy jihatdan har qanday yer uchastkasiga, har qanday hajmda har qanday kapitalni qo'yish mumkin, lekin bu mamlakatda shu paytda barcha sharoitlar, ya’ni iqtisodiy, texnikaviy, madaniy va boshqa sharoitlar mavjud bo'lishiga bog'liq. Qishloq xo'jaligini rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar oqilona sarflanishi kerak, bunda xo'jalik har bir birlik xarajatga ko'proq mahsulot va maksimum foyda olsin.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi ko'rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi. Ular orasida birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lganlari quyidagilar:
—bir gektar yer maydonga to'g'ri kelgan yalpi mahsulot:
ISam intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi, so'm/ga;
YM — yalpi mahsulot qiymati, so'm;
S — yer maydoni, ga.
Xo'jalik yalpi mahsuloti taqqoslama baholarda baholanadi. Bunday baholanish ushbu ko'rsatkichni dinamikada, shuningdek, bir xil sharoitda ishlaydigan qator xo'jaliklar faoliyatini taqqoslashni o'tkazishda foyda- lanish imkonini beradi. Hosildorlikning oshishi va bir vaqtning o'zida unga sarflangan tannarxning pasayishi intensivlashtirish samaradorli- gining yuqori darajada ekanligini bildiradi. Bunday holatda yerga sarf qilingan har bir so‘m nafaqat xarajatlarni qoplaydigan qo'shimcha mahsulot olib kelmasdan, balki qo'shimcha sof daromad olish imkonini ham beradi:
— bir gektar qishloq xo'jaligiga yaroqli yerga to'g'ri kelgan yalpi daromad:
I„„= ™ (M.3)
bunda: YD — yalpi daromad (sof mahsulot), so'm.
Bu ko'rsatkich ancha takomillashgan ishlab chiqarish vositalarida,
ilg'or texnologiyada, qishloq xo'jaligi ekinlarining yuqori navi va mollar
zoti hamda boshaalarda bajarilgan, qo'shimcha mablag'lardan oqilona
foydalanishni aks ettiradi.
—bir gektar qishloq xo'jaligiga yaroqli yerga to'g'ri kelgan sof
daromad yoki foyda:
т SD F
U = -g- y°kl s
bunda: SD — sof daromad, so'm:
(!4_4)
F — foyda, so'm.
Bu ko'rsatkich alohida ahamiyatga ega. Modomiki, sof daromad qo'shimcha qo'yilmalaming asosiy manbayi hisoblanar ekan, u holda kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirish va mustahkamlash uning hajmiga bog'liq. Qishloq xo'jaligini izchillik bilan intensivlashtirish qo'shimcha mablag'larning tez qaytarilishiga va mos ravishda sof daromadning o sishiga olib keladi.
Qishloq xo'jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi, shuningdek, quyidagi ko'rsatkichlar bilan ham xarakterlanishi mumkin:
— bir birlik mehnat xarajatlari hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot (yalpi va sof daromad) hajmi: YM YD SD
Tsam ■ M У0к‘ M
Iv,xar 1v1xar
1Y1var
Do'stlaringiz bilan baham: |