CHIQARISHINING SAMARADORLIGI bob. QISHLOQ XO‘JALIGINI
INTENSIVLASHTIRISHNING IQTISODIY ASOSLARI Ishlab chiqarishni ekstensiv va intensiv
rivojlantirishning mohiyati
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining rivojlanishi kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarish qonuni asosida amalga oshadi. Bu rivojlanishga ekstensiv rivojlantirish va intensiv rivojlantirish yoilaridan foydalangan holda erishiladi.
Qishloq xo‘jaligini ekstensiv shaklda rivojlantirishdeganda, mahsulot ishlab chiqarish va samaradorlikning o'sishini miqdoriy omillar evaziga — yangi yerlarni o'zlashtirish hisobiga ekin maydonlarini ko'paytirish, chorva mollari boshini ko'paytirishga qo'shimcha ishlovchilarni jalb etish orqali erishish tushuniladi. Bunda ishlab chiqarish resurslari ko'lamlarining ortishi yuz bergani holda texnika texnologiyasi, sifat darajasi, yer unumdorligi va chorva mollari mahsuldorligi tubdan o'zgarmaydi.
Ekstensiv omillar dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ko'plab ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar qadimda o'zlari o'zlashtirgan yerlarni tark etib unumdor yerlarni qidi- rish uchun yer sharining har tomoniga tarqalganlar. Yangi yerlarni o'zlashtirish hozir dunyoning boshqa mamlakatlarida ham davom etmoqda. Shu bilan birgalikda dunyo mamlakatlarining rivojlanish tarixi tajribasi shuni
ko'rsatadiki, qishloq xo'jaligini yuksaltirishni nisbatan samaradorlik va ahamiyatliroq shakli bo'lgan intensivlashtirish muhim o'rin tutadi.
Qishloq xo'jaligini rivojlantirishning intensiv shaklida — mahsulot ishlab chiqarishning o'sishi sifat omillari evaziga, ya’ni ishlab chiqarishga nisbatan takomillashgan zamonaviy ishlab chiqarish resurslarini tadbiq etish (ulardan to'la va samarali foydalanish), dehqonchilik va chorvachilikning mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etuvchi ilg'or texnologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti natijalari, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkillashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali amalga oshiriladi. Shuni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerakki, kengay- tirilgan takror ishlab chiqarishning ekstensiv shakli ba’zi hollarda samarali bo'lishi mumkin, shunga muvofiq har doim ekstensiv shaklni samarasiz deb hisoblash o'zini oqlamaydi.
Amalda bu ikki yo'l ishlab chiqarishning rivojlanishida bir-birini toidirib, pirovardida umumiy iqtisodiy samaradorlikning ortishiga olib keladi. Shu sababli qishloq xo'jaligida ayrim holatlarda ekstensiv o'sish omillari va intensiv o'sish omillarini birgalikda qo'llash natijasida samaraga erishiladi. Ular yagona xo'jalik faoliyatiga xos usullar bo'lib, bir vaqtning o'zida iqtisodiy o'sishda ham miqdoriy (ekstensiv), ham sifat (intensiv) jihatlari mavjuddir, ammo ulaming nisbati har xil mutanosiblikda bo'ladi. Iqtisodiyotda qo'l mehnati texnologiyasi va malakasiz ish kuchiga asoslanilsa, ekstensiv o'sish ustun turadi. Aksincha, ishlab chiqarish mashinalashgan, serunum texnologiya va yuksak malakali ish kuchiga tayanilgan joyda intensiv o'sish birinchi o'rinda turadi, ishlab chiqarish rivojlangan sari qonuniyatli tarzda intensiv o'sishning ahamiyati barqaror oshib boradi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish nazariyasi, awalo, yer xususiyatini hisobga olish, uni qishloq xo'jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi ekaniga asoslanadi. Ma’lumki, yeming asosiy vosita sifatida muhim xususiyatlaridan biri uning chegaralanganligidir. Yeming chegaralanganligi, o'z navbatida, qishloq xo'jaligini intensiv- lashtirishni taqozo etadi.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirishni qo'shimcha yer maydonlarini o'zlashtirish orqali amalga oshirish chegaralanganligi ishlab chiqarish oldiga mavjud o'zlashtirilgan yerlarning sifatini yaxshilash. binobarin, ulardan intensiv foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarishni intensivlashtirishning asosiy omillari
Qishloq xo'jaligini intensivlashtirish - ko'p jihatli jarayon bo'lib, hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni intensivlashtirishda quyidagi omillar
muhim hisoblanadi: . Iqtisodiy munosabatlarni tubdan qayta qurish. Qishloq xo'jaligini yuksaltirishni birlamchi masalalaridan biri qishloqda iqtisodiy munosabatlarni o'zgartirish, dehqonlarga kam xarajat qilgan holda ko'plab sifatli mahsulot yetishtirishga intilish hissiyotiga ega bo'lgan yeming haqiqiy egalik huquqini qaytarish. Qishloqda iqtisodiy qayta
257
17 — Samatov, G‘. A. va boshq.
qurishning asosida — dehqonlarga mustaqil harakat etish, tadbirkorlik va tashabbuskorlikni amalga oshirish uchun xo'jalik yuritishning turli mulkchilikka va shakliga asoslangan muhitni yaratish; . Yetishtirilgan mahsulotlarni asrash, nobudgarchilikning
oldini olish. Qishloq xo'jaligini mavsumiylik xususiyatiga mutanosib holda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish. Qishloq xo'jaligida xo'jalik yuritishning turli mulkchilik shakllarini keng rivojlantirish orqali ishlab chiqarishda saqlash, qayta ishlash shoxobchalarini yaratish. Mahsulotlaming nobudgarchiligi oldini olish bilan bir qatorda ulami tashish bilan bog'liq xarajatlarni kamaytirish; . Qishloq xo'jaligini kimyolashtirish. Ishlab chiqarishni
kimyo- lashtirish asosida yeming unumdorligini oshirish orqali dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko'paytirishga qaratilgan tadbirlar yotadi: Qishloq xo'jaligida hosildorlikni oshirishga qaratilgan mineral o'g'itlarni qo'llash tadbirlari;
Kimyoviy vositalardan begona o'tlarga qarshi kurashish tadbirlari; O'simlik va chorva mollarining zararkunanda hashoratlari va kasalliklariga qarshi kurashishda kimyoviy vositalardan foydalanish tadbirlari;
Chorva mollari ozuqasini to'yimliligini oshirishda kimyoviy mahsulotlarni keng ko'lamda qo'llashga qaratilgan tadbirlar;
Qishloq xo'jaligi chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda qo'shimchalardan foydalanish. Qishloq xo'jaligini melioratsiyalash — sug'orish, zax qochirish, yerni ohaklash, sho'mi yuvish tadbirlarini o'z vaqtida, sifatli amalga oshirish tadbirlari;
Resurs talabchanligi kam bo'lgan intensiv texnologiyalami qo'llash. Dehqonchiiikda mavjud texnologiyalami takomillashtirish muhim bo'lib, ularning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: Ilmiy asoslangan o'g'it me’yorlarini qo'llash orqali qishloq xo'jaligi ekinlarining ozuqa talabchanligini optimallashtirish;
Qishloq xo'jalik ekinlarining intensiv navlarini ishlab chiqarishga
tadbiq etish; Yerdan va boshqa asosiy vositalardan samarali foydalanishni ko'zda tutgan o'simliklami joylashtirishning ratsional usullarini ishlab chiqish;
Qishloq xo'jalik mashinalarini takomillashtirish orqali agrotexnika tadbirlarini amalga oshirishni qisqartirish va qo'shib olib borish;
Mahsulotlarni yig'ish, ortish va tashishdagi tadbirlarni takomil- lashtirish. Chorva mollarining tarkibi, sifati va ozuqa bazasini yaxshilash. Chorvachilikni intevsivlashtirishning muhim omili poda harakati va sifatini yaxshilash hisoblanadi. Bunga yuqori mahsuldor mollar nasllarini yaratish bilan bog'liq tadbirlar kiradi. Chorvachilikning rivojlanishida uning mustahkam ozuqa bazasini yaratish muhim bo'lib, ozuqa tarkibi, ko'lami va sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar;
. Ishlab chiqarishni joylashtirish va ixtisoslashtirishni
takomillashtirish. Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida qishloq xo'jalik ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi yuksala boradi. Shu bilan birga iqtisodiy asoslangan qishloq xo'jalik korxonalarining optimal oichamlari, ularni mehnatga muvofiq ixtisoslashuviga, dehqonchilik va chorvachilik ma- daniyatini ko'tarishga, fan-texnika yutuqlarining amaliyotga tadbiq etilishiga zamin yaratilib, mahsulot yetishtirish samaradorligini oshirishga erishiladi; Mutaxassislaming malakasini oshirish. Qishloq xo'jaligiga fan yutuqlarini tadbiq etishga kadrlarning mutaxassislik saviyasi va texnik tayyorgarlik darajasini oshirmay turib erishish mumkin emas. Qishloq xo'jaligida mutaxassislaming malakasini oshirish, birinchidan, mutaxas- sislarga murakkab va ilgari amalga oshira olmagan ishlarni bajarish uchun ulaming malakasini oshirish va qo'shimcha kasblami egallashiga zamin yaratish, ikkinchidan, nisbatan yuqori sifatga ega bo'lgan mahsulot olish, uchinchidan, ma’lum bir vaqt oralig'i davomida awal- dagidan ko'proq mahsulot yetishtirish yoki xizmatlar hajmini bajarish- ga imkon yaratish;
Ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlari va ilg'orlar tajribasini tadbiq etish. Hozirgi sharoitda qishloq xo'jaligini intensivlashtirish sur’atlarini oshirish va uning samaradorligini ko'tarishga fan yutuqlari natijalarining tadbiqisiz erishib bo'lmaydi. Fan-texnika sohalaridagi yutuqlar ishlab chiqarish kuchlarini yanada yuksaltiruvchi muhim omil bo'lib, ishlab chiqarish resurslari qatorida ishlab chiqarish jarayonlarida ishtiroq etadi. Qishloq xo'jaligini intensivlashtirishda amaliyotda mavjud bo'lgan ilg'or tajribalar natijasini tahlil qilish va ulami ishlab chiqarishga keng tadbiq qilinishi katta ahamiyat kasb etib, mahsulot ko'lamining ortishiga va ishlab chiqarish samaradorligining o'sishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Ishlab chiqarishni intensivlashtirishning