Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi iqtisodiy samaraning (natijaning) resurslarga (xarajatlarga) nisbati yoki, aksincha, usuli bilan aniqlanadi:
1 =| ; x- (16.1) s” ''-xap ■ S„
Iqtisodiy samaradorlik darajasi qanday bahodagi resurslar hisobiga iqtisodiy samaraga erishilganligini bildiradi. Samara qancha katta va xarajat shuncha kichkina bo ‘Isa, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi shuncha katta bo'ladi va aksincha.
Resurslar va iqtisodiy samaradorlik o‘rtasida maium bir aloqa mavjud. Xarajatlar ikki xil boiishi mumkin: jonli va buyumlashgan. Jonli mehnat, asosiy va moddiy aylanma vositalarning absolut miqdori resurslar (xarajatlar) sifatida, ular miqdorining kamayishi va ulami tejash — iqtisodiy samara shaklida ko‘rinadi.
Qishloq xo!jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi mohiyati, uning mezoni va ko'rsatkichlari orqali amalga oshadi. Mezonning ilmiy tushunchasi maium bir belgi, baho oichovini ifodalaydigan asosiy sifati uning muhim xossasidir. Qishloq xo'jalik
ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi mezoni jamiyatga kerak boigan yer maydoni birligidan chiqadigan qishloq xo'jalik mahsulotining olinishi shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishning tejamliligi va yuqori sifatini ta’minlashdir.
Ko'rsatilgan mezon qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining maqsadiga — tarmoq mahsulotiga aholining o‘sib borayotgan talabini toiaroq qondirishga javob beradi va uning yutuqlari yoiini — ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish va intensivlashtirish asosida sistemali ravishda ishlab chiqarishni o'stirishni aniqladi.
Shu bilan birga bu mezonda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining o'ziga xos xususiyati, eng awalo, yer resurslari bilan mustahkam aloqasini aks ettiradi.
Qishloq xo'jaligida samara va resurslarning bosqich darajasiga qarab, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi xalq xo'jaligi, tarmoq, qishloq xo'jaligi, davlat, fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari ayrim qishloq xo'jalik tarmoqlari va mahsulotlari samaradorligi, alohida ishlab chiqarish resurslari, shuningdek, alohida xo'jalik tadbirlari agrotexnik, zootexnik, veterinariya, texnika, iqtisodiy tashkiliy munosabatlar va boshqalarning samaradorligi kabi turlarga boiinadi.
Xalq xo'jaligi samaradorligi oziq-ovqatga boigan ehtiyojni qondirish, sanoatning xomashyoga boigan ehtiyojini qondirish, shuningdek, tarmoqni umumdavlat, xalq xo'jalik topshiriqlari va muammolarini hal qilishda moliyaviy hissasi nuqtayi nazaridan baholanadi.
Tarmoq samaradorligi resurslar salohiyatidan foydalanishda xalq xo'jaligining shu tarmog'ida samara (natija) va resurs (xarajat) o'rtasidagi erishilgan nisbatning natijasini aks ettiradi.
Fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaligi ishlab chiqarishining samaradorligi tarmoq samaradorligi boiib hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi tarmoqlari va alohida mahsulot turlarini ishlab chiqarish samaradorligi dehqonchilik, chorvachilik va shu tarmoqlar mahsulotlari — g'alla, paxta, kartoshka, sabzavot, go'sht, sut, tuxum va boshqalarning pirovard iqtisodiy natijalarini xarakterlaydi.
Ishlab chiqarishni intensivlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan turli xo'jalik tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash ancha muhim hisoblanadi. Bunday tadbirlar jumlasiga ekin maydonlarining turli tarkibi, qishloq xo'jaligining yangi navlari, ilg'or texnologiya va alohida agrotexnik tadbirlar (tuproqni ishlash, ekish, hosilni yig'ish va boshqa usullar), hayvonlaming yangi zoti, poda strukturasi, oziqlantirish ratsioni va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi
Do'stlaringiz bilan baham: |