Rejali tartib — rejali topshiriqlarni o 'z vaqtida va sifatli bajarish.
Rejali ko'rsatkichlar — ishlab chiqarish va iste’moljarayoniningreja davri ichida resurs ta’minoti, parametrlarini belgilovchi reja topshiriqlarini ifodalaydigan son va sifat xususiy atlari.
Korxonaga foyda keltirish uchun bozor konyunkturasida to‘g‘ri yo‘nalishni tanlash, bozordagi o‘z o'rnim to‘g‘ri va aniq belgilay olish, darhol olinadigan foydani emas, balki uzoq istiqboldagi rivojlanishni ko‘ra bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo'jaligi korxonalarida, ishlab chiqarish salohiyatini, asosiy va aylanma mablag'larni, xo'jalik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, moliyaviy va boshqalarni baholash me’yoriari keng qo'llaniladi.
Me’yorlar amaliyotda quyidagi asosiy gumhlar bo'yicha ishlab chiqiladi:
tirik mehnat sarfi me’yori;
moddiy xarajatlar me’yori ;
vaqt me’yori (asosiy, qo'shimcha va hokazo);
mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanish me’yori;
ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish me’yori;
atrof-muhitni muhofaza qilish me’yori;
kapital qo'yilmalar samaradorligi me’yori;
loyihadagi quwatlami o'zlashtirish me’yori;
aylanma vositalar, ishlab chiqarish zaxiralar me’yori va hoka- zolar.
Me’yorlar asosida, odatda, rejadagi davr uchun faoliyatning texnik- iqtisodiy va tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o'tishi yoki sharoitlarning o'zgarishi bilan, fan-texnika taraqiyoti ta’siri ostida mavjud me’yorlar qayta ko'rib chiqilishi mumkin. Ularni qayta ko'rib chiqishda ilg'or ishlab chiqarish tajribalari va yutuqlar hisobga olinishi lozim.
Me’yorlar qo'llanish miqyosi va me’yorlash obyektlariga ko'ra farqlanadi.
Me’yorlash asoslari qo'llanish miqyosiga ko'ra quyidagilarga taqsimlanadi:
davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan me’yorlar;
umumkorxona me’yorlari, ya’ni korxonaning o'zida ishlab chiqilgan va qo'llanuvchi me’yorlar;
sex me’yorlari;
predmetli, detalli va operatsion me’yorlar.
Me’yorlash obyektlariga ko'ra me’yorlar asoslari mehnat. moddiy, texnik va moliyaviy resurslarga taqsimlanadi.
Me’yorlash asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun boshlang'ich nuqta bo'lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot tannarxini aniq va bexato belgilashga imkon beradi.
Umuman olganda, me’yorlar, birinchidan, resurslaming ortiqcha sarflanishini oldini olish, ikkinchidan, korxonaning belgilangan ish rejimini ta’minlash, uchinchidan, ishlab cliiqarilayotgan mahsulotning belgilangan tavsifnomalardan chetga chiqishining oldini olish, to‘rtin- chidan, atrof- muhitni muhofaza qilish va me’yoriy mehnat sharoitla- riga rioya qilish, beshinchidan, korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish uchun ma’lumotlar to‘plamini yaratish maqsadida ishlab chiqiladi va belgilanadi.
Me’yorlash asoslarini yaratish bo'yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va organidan qat’i nazar, ishlab chiqarish iqtisodiyoti texnika va texnologiyaiaridan yaxshi xabardor bo‘lgan mutaxassislar, professional normativ guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali va asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma va normativlaming amal qilish davri uzoq bo‘lib, ular kamdan kam o‘zgarishlarga uchraydi. Shunday bo‘lsa-da, yuqorida aylib o‘tilganidek, eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o‘tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or ishlab chiqarish tajribalari ta’siri ostida qayta ko‘rib chiqiladi.
Qishloq xo'jaligi korxonasining biznes-rejasi
Biznes («business») so ‘zi ingliz tilidan olingan bo ‘lib, ish degan ma'noni anglatadi. Biznes bilan mashg‘ul bo'lgan odamlar biznesmenlar, ya ’ni ishbilarmonlar deb ataladi.
chiqqan holda qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo va bank biznesi kabi turlarga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish miqyosiga bog‘liq holda esa biznesni kichik, o'rta, yirik va xalqaro biznes turlarga ajratish mumkin. Biroq biznesning istalgan shakli va miqyosida ham undan pirovard ko'rsatgan maqsad foyda yoki daromad olish hisoblanadi.
Biznes va tadbirkorlik o’rtasidagi farqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |