Fermer xo'jaliklari uyushmasining maqsadi fermerxo'jaliklarining keng ко ‘lamda va samarali rivojlanishiga ко ‘maklashish bilan ularni qishloq xo ‘jalik mahsulotlarini asosiy yetishtiruvchilariga aylanishiga, qishloqda xususiy mulkdorlar sinfini keng shakllanishiga, uning jamoat va iqtisodiy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyatini oshirishda qo'llab- quvvatlashdir.
Fermer xo'jaliklari uyushmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
fermer xo'jaliklarining barqaror rivojlanishini ta’minlash, ulaming iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini (jumladan, ishlab chiqarish faoliyatlarini aniqlashda moliyalashtirishni usul va shakllarini tanlashda, moliyaviy mablag'lardan foydalanishda) fermerlarga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer resurslaridan, boshqa moddiy va moliyaviy mablag'lardan oqilona hamda unumli foydalanishiga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish va hayotga joriy etish;
fermer xo'jaliklari va Uyushmaning boshqa a’zolarini haq- huquqlari, manfaatlarini davlatning boshqamv va xo'jalik organlarida, xo'jalik yurituvchi boshqa subyektlar hamda huquqiy va jismoniy shaxslar oldida, sudlarda himoya qilish va ifodalash;
xizmat ko'rsatuvchi, tayyorlovchi, ta’minlovchi va boshqa tashkilotlar, huquqiy hamda jismoniy shaxslar tomonidan shartnoma talablarini o'z muddatida va to'liq ijrosi monitoringini yuritish;
respublika hududidagi fermer xo'jaliklariga ichki va tashqi hamkorlar hamda investorlar bilan aloqalarni o'rnatilishida yordam berish, fermer xo'jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishda, respublika qishloq xo'jaligiga chet el sarmoyalarini kiritilishini
kengaytirishda hamda qishloqda qo‘shma korxonalar tashkil etishda ularga ko'maklashish;
fermer xo'jaliklari uchun zarur mutaxassislarni tayyorlash tizimini, fermerlarni o'qitish va malakasini oshirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida, biznesda ularni asosiy va kasbiy bilimlarini oshirishlikni takomillashtirish;
qishloq xo'jalik yerlarini, texnika va texnologik uskunalarini, fermer xo'jaliklari foydalanishi uchun qulay va oson, yangi ixtirolarini hamda ixtisoslashtirilgan axborot — marketing xizmatlarini ko'rsati- lishida hamkorlik qilish;
qishloqda zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirishga, fermer xo'jaliklari ishlab chiqarishiga, muhandislik — texnikaviy, tashkiliy-huquqiy va fermer xo'jaliklarining talab hamda ehtiyojlariga mos tushadigan boshqa xizmat turlarini yaratish uchun tadbir va ijro usullarini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |