A samatov, I. B. Rustamova


Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining tovarlilik darajasi muhim ahamiyatga ega boiib, u sotilgan mahsulotni yalpi mahsulotga boiib topiladi va foizlarda ifodalanadi



Download 0,77 Mb.
bet212/228
Sana07.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#111702
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   228
Bog'liq
Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining tovarlilik darajasi muhim ahamiyatga ega boiib, u sotilgan mahsulotni yalpi mahsulotga boiib topiladi va foizlarda ifodalanadi.

Alohida mahsulot turi bo'yicha tovarlilik darajasini aniqlashda yalpi mahsulot va tovar mahsulot natural ko'rinishda foydalaniladi. Maium bir tarmoqning yoki butun qishloq xo'jaligining tovarlilik darajasini aniqlashda yoki har xil mahsulot chiqaradigan turli tarmoq tovarlilik darajasini solishtirganda yalpi sotilgan mahsulotning qiymat ko'rinishidan foydalaniladi. Bunda yalpi mahsulot va sotilgan mahsulot bir xil bahoda baholanishi maqsadga muvofiqdir. Amaliyotda tovarlilik darajasi quyidagicha hisoblanadi:

Td - vm-vmo л (17.10)

SM;SMQ YM;YMQ

Td — tovarlilik darajasi;

SM; SMQ — sotilgan mahsulot(miqdori, qiymati);

YM; YMQ — yalpi mahsulot(miqdori, qiymati).

    1. Yalpi mahsulotni ko‘paytirish, uning tovarlilik

darajasini oshirish yo‘llari

Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining tovarlilik darajasi ikki omil: talab va taklif bilan aniqlanadi. Ko'pchilik qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi mahsulotga boigan ichki ishlab chiqarish iste’molini chegaralab, tovarlilik darajasini ko‘tarishga harakat qiladi. Tovar mahsulot miqdorini ko'paytirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

  1. Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi va mollar mahsuldorligini oshirish hisobiga yalpi mahsulot ishlab chiqarishni o'stirish. Masalan:

1 yilda bitta sigirdan 2500 kg sut sogib olinsa, uning tovarlilik darajasi

80—85 foiz boisa, 5000 kg sogib olinganda, u 90—95 foizga ko'tarilishi mumkin;

  1. Mahsulotlaming ishlab chiqarish jarayonida sarflanishini qisqa- rtirish;

  2. Urugiik va yemning sifatini yaxshilash, shuningdek, sanoat ishlab chiqaradigan sun’iy va omuxta ozuqalardan foydalanish;

  3. Mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida, uni saqlashda va sotishda yo'qotishlami qisqartirish.

Korxonada mahsulot sotishga katta imkoniyat boiishi mumkin, lekin har bir maium davrda mahsulotga bozor talabi chegaralangan boiadi. Bu esa mahsulotning to'liq sotilmasligiga, sotilmagan qoldiq- ning vujudga kelishiga olib keladi. Shuning uchun mahsulotning tovarlilik darajasini ko‘tarish yo‘llaridan biri yaxshi tashkil qilingan marketingdir.

Bozorni oziq-ovqat va xomashyo mahsulotlari bilan toidirish vazifasi qishloq xo'jalik mahsulotlari sifatini yaxshilash muammosi bilan chambarchas bog'liqdir. Aholining ehtiyojini qondiradigan har qanday mahsulot ma’lum bir xususiyat, xossaga ega boiishi kerak. Ular mahsulotdagi iste’mol qiymatning mohiyatini aks ettiradi. Agar iste’mol qiymati mahsulotning umumiy foydaiiligini ifodalasa, uning foydalilik darajasi, ya’ni maium iste’molni qanoatlantirishga obyektiv qodirligini mahsulotning sifati xarakterlaydi.

Mahsulot sifati deganda, uni maium bir ehtiyojini qondirish kerakligini zarur qilib qo'ygan, mahsulotdagi xususiyatlar to‘pi ami tushuniladi. Mahsulot sifati muhim iqtisodiy kategoriyalardan biri boiib, u ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot iste’molida kishilar o'rtasidagi o'zaro mustahkam munosabatlarni ifodalaydi. Ijtimoiy iste’mol doimiy emas, sifatni yaxshilash tendensiyasi obyektiv va qonuniyatli xarakterga ega. Bu birmchi navbatda iste’molning oshishi qonunining harakati bilan bogiiq. Buning mohiyati shuki, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi bilan doimo ularning iste’moli darajasi oshib boradi va ularda bir vaqtning o'zida ehtiyojni toiaroq qondirish imkoniyati kengayadi.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini yaxshilash faqat aholining oziq- ovqatga boigan ehtiyojni toiiq qondiribgina qolmay, balki u qishloq xo'jaligi iqtisodiy samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Shuning uchun mahsulot sifatini oshirish — bu pirovard natijada uning miqdori, resurslarini tejash, ijtimoiy iste’molni toiaroq qondirishdir. Rivojlanayotgan bozor sharoitida qishloq xo'jaligi mahsulotlari raqobatbardosh bo'lishi kerak, ya’ni bozordagi mahsulotlarga qaraganda ancha yuqori iste’mol xususiyatiga va katta talabga ega boiishi lozim.

Mahsulot sifatiga talab iste’molchilar, shuningdek, davlat organlari tomonidan shakllanadi. Mahsulot sifatiga talabning shakllanishidagi ustunlik iste’molchiga, bozorga, raqobatga tegishlidir.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifati ishlab chiqarish resurslari — ishlab chiqarish elementlarining ishtiroki va ta’sirida shakllanadi. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hamda ishlab chiqarish resurslari sifati o'rtasida keng harakatdagi bevosita yoki ko'p pog'onali aloqa va bogianish mavjud.

Mahsulot sifatini yaxshilash va uni ta’minlashning yetakchi omili ish kuchining sifati hisoblanadi. Foydali mehnat bilan shug'ullanuvchi mamlakatning har bir fuqarosi mahsulot sifatini ta’minlash bo'yicha o'z munosabatlarini quyidagilar asosida amalga oshirishlari kerak:

  1. O'zaro yordam va ilg'or tajribalarni almashish;

  2. Har bir ish joyida mehnat sifatiga va uning natijasiga qat’iy talabchanlik;

  3. Mahsulot sifati deb atalgan bosh mezondan kelib chiqib, xodimning kasbiy mahorati va uning mehnatiga toianadigan haqni baholash;

  4. Har bir kishining — ishchidan to rahbargacha o'z mehnati sifati uchun shaxsiy javobgarligi;

  5. Mehnat jarayonida mahsulot sifatini pasaytirish mumkin bo'lgan har qanday faoliyatdan ogohlantirish va to'xtatish.

Yer resurslarining sifati iqlim sharoitlari bilan birga faqat yetishtiri- ladigan ekinning tarkibini aniqlab, uning miqdoriga ta’sir qilib qolmasdan, balki uning sifatiga ham katta ta’sir ko'rsatadi. Amaliyot shuni ko'rsatdiki, unumli tuproqda, yerda yetishtirilgan hosilning sifati ham yaxshi, ham yuqori bo'ladi.

Moddiy resurslar sifati, qishloq xo'jalik mahsulotlari sifatiga ikki tomonlama ta’sir ko'rsatadi. Birinchidan, asosiy va moddiy aylanma vositalarning ancha yuqori sifati sifatli mahsulot olishga, sotish bahosi va daromadni oshirishga imkon beradi. Rayonlashgan urug' navlaridan foydalanish faqat hosildorlikni oshirib qolmasdan sifatini ham yaxshilaydi. Chorvachilik mahsulotlarini ko'paytirish va sifatini yaxshi- lashga yemning to'yimliligi sarflangan katta ta’sir ko'rsatadi. Ikkinchidan, ancha sifatli moddiy resurslar mehnat sig'imini, fond va material sig'imlarini pasaytiradi, bu esa ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladi. Urug', yem va boshqa aylanma vositalar sifat tavsiflarining yaxshilanishi mahsulot birligi hisobiga ularga sarflangan xarajatni kamaytiradi va aksincha, navlar va ekiladigan urug' sifatining yomonlashishi, yemlarda ozuqa moddalarining, ayniqsa, proteinning pasayishi ehtiyojini mahsulot tannarxining o'sishiga olib keladi.

Bozorga olib chiqiladigan har qanday qishloq xo'jaligi mahsuloti kishilarning ehtiyojini qondirish darajasi bo'yicha tekshiruvdan o'tadi: har bir xaridor o'z ehtiyojini qondiradigan mahsulotni sotib oladi, xaridorlar massasi esa kishilar ehtiyojini to'laroq qondiradigan mahsulotni sotib oladi, nisbatan mahsulot raqobati tashkil topadi. Shuning uchun mahsulotning raqobatdoshligini faqat raqobatdosh mahsulotlarni o'zaro taqqoslab aniqlash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tovar mahsulotining raqobatdoshligi — bozorga va sotish vaqtiga aniq bogiiq boigan nisbiy tushunchadir.

Shuni bilish lozimki, mahsulotning raqobatbardoshligi, xaridor uchun muhim qiziqish uyg'otadigan uning xossasi orqali aniqlanadi.

Boshqa barcha parametrlar, bu chegaradan tashqaridagi, mahsulotning raqobatbardoshligida raqobat shartlariga aloqasi yo‘q sifatida qarab cliiqilmaydi.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish