Mahsulotning raqobatbardoshligini o‘rganish tizimli va to‘xtovsiz o‘tkazilishi kerak. Bu agar raqobatbardoshlik pasaya borsa, o‘z vaqtida ma’lum qaror qabul qilishga — shu mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish yoki to'xtatish yoxud uning sifatini yaxshilash, boshqa bozorlarga o'tkazish va boshqalami o‘ylab ko‘rishga imkon beradi. Boshqa tomondan, mahsulotning raqobatbardoshligi, shu mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish haqida qabul qilingan qarorlaming samarasini oshiradi.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida qishloq xo'jaligida bir qancha mahsulot sotish kanallari vujudga keladi va ularning harakat qilishi uchun sharoit yaratiladi.
Mahsulotni sotish kanallari deganda, sotishda ishtirok etuvchi yoki vositachilik qiluvchi shaxslar va korxonalar to‘plami tushuniladi.
Ular tovarlarni o'zlariga yoki boshqa bir shaxsga o'tkazish huquqini oladilar. Bu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazish maqsadida birgalikda harakat qiluvchi iqtisodiy, texnologik, tashkiliy, ijtimoiy va boshqa jarayonlar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |