A samatov, I. B. Rustamova


Ill bo‘lim. DEHQONCHILIK VA CHORVACHILIK



Download 0,77 Mb.
bet162/228
Sana07.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#111702
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   228
Bog'liq
Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4

Ill bo‘lim. DEHQONCHILIK VA CHORVACHILIK

TARMOQLARI IQTISODIYOTI VA BOSHQARUVI

  1. bob. DEHQONCHILIK TARMOQLARI IQTISODIYOTI VA BOSHQARUVI

    1. Dehqonchilikning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati va uni

o‘rganish xususiyatlari

Dehqonchilik qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Uning mahsulotlari insonlar uchun oziq-ovqat, chorvachilikda yem-xashak, sanoatda xomashyo sifatida foydalaniladi.

Dehqonchilik mahsulotlari jahon xalqlarining eng yirik tabiiy va

iqtisodiy boyligidir. Jahon olimlari tomonidan yer yuzida 500 mingga yaqin o‘simlikIaming mavjudligi aniqlangan. 0‘simliklaming 23 ming turidan jahon xalqlari turli xil maqsadlar uchun foydalanadilar. Learning 6 ming yoki 26,1 foizi madaniy ekinlar guruhiga kiradi, shu jumladan, 400 turi yoki 6,6 foizi O'zbekistonda uchraydi. O'simliklardan 120 turi yoki 30 foizi ochiq va yopiq maydonlarda rivojlantiriladi. Bu mahsulotlardan aholi iste’molida oziq-ovqat, chorvachilikda yem- xashak, sanoatda tabiiy xomashyo sifatida foydalaniladi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishida amalga oshirilgan keng miqyosli iqtisodiy islohotlar dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida tub o'zgarishlarga olib keldi. Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning o'zbek xalqining mentalitetiga mos va jahonning ilg'or tajribasiga asoslangan xo'jalik yuritish shakllari - dehqon va fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Mahkamaviy boshqaruv tizimi bartaraf etilib, uning o'rniga bozor usullari tatbiq etila boshlandi. Bu esa, o'z navbatida, qayta ishlovchi tarmoqlami dehqonchilik mahsulotlari xomashyosi aholini esa dehqonchilik mahsulotlari bilan to'la ta’minlashga asos yaratdi. Shuningdek, dehqonchilik mahsulotlari eksporti borasida ham yetakchi sohalardan biriga aylandi. Eng asosiysi, qisqa muddatda mamlakatda dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda katta yutuq- larga erishildi.

Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda inson salomatligida muhim ahamiyatga ega bo'lgan moyli ekinlarga bo'lgan munosabat ijobiy tomonga o'zgardi. Ya’ni, paxta yakka hokimligi sharoitida ilgari mamlakatimizda yetishtirilmagan yoki yetarli e’tibor berilmagan kungaboqar, zaytun, masxar, soya kabi moyli ekinlar maydonlari sezilarli darajada ko'paydi. Ushbu ekinlarni qayta ishlovchi maxsus ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. Istiqlol yillarida don mahsulotlarini yetishtirish - 5,3 baravar, kartoshka - 2,1 baravar, sabzavot, meva, uzum — 1,2 baravar ko'paydi. Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan agrar siyosat natijasida don mahsulotlari importi 2,5 baravarga qisqardi, aholi jon boshiga don ishlab chiqarish esa o'rtacha 1,9 baravarga oshdi.

Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishida sohaning barqaror rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta ko'mak berib kelinmoqda. Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo'Uab-quwatlanishi o'z ichiga quyidagi asosiy yo'nalishlarni oladi:

  • dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishini rivojlantirishda yakka tartibdagi ishlab chiqaruvchilar ahamiyatini kuchaytirish;

  • dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaming huquq va majburiyatlarini himoya qilish;

  • dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi dehqon va fermer xo'jaliklariga samarali faoliyat olib borishlari uchun amaliy yordam berish;

  • dehqonchilik tarmog'idagi kichik biznes va xususiy tadbir- korlikning iqtisodiy asoslarini mustahkamlashni qo'llab-quwatlash;

  • dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaming turmush darajasini oshirish va iqtisodiy o'sishning muhim omiliga aylantirish;

~ iste’mol bozorlarini dehqonchilik mahsulotlari bilan to'ldirish va ulgutji savdo tizimini yanada rivojlantirish;

—dehqonchilik mahsulotlari eksportini davlat tomonidan qo'llab- quwatlash. Jahonda iqtisodiy va oziq-ovqat inqirozi tobora chuqur- lashayotgan bir davrda mamlakatimizda dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishining barqarorligini ta’minlash, mamlakatimiz aholisi turmush darajasining oshishiga, tibbiy me’yorlar darajasida dehqonchilik mahsulotlari iste’moli darajasiga erishishga, sanoatni dehqonchilik mahsulotlari xomashyosi bilan ta’minlashga olib keladi.

    1. Dehqonchilikning asosiy tarmoqlari va ularning xususiyatlari

Bozor iqtisodiyoti qonunlari mexanizmlari va kategoriyalari talablari hamda madaniy qishloq xo'jaligi ekinlarining botanik, agrotexnik va boshqa xususiyatlari hisobga olinib, ular quyidagi turkumlar bo'yicha hisob-kitob qilinadi va rivojlanish natijalari baholanadi:

—boshoqli va dukkakli don ekinlari mahsulotlari;

  • texnika ekinlari mahsulotlari;

  • kartoshka ekini mahsulotlari;

  • sabzavot ekinlari mahsulotlari;

—poliz ekinlari mahsulotlari;

  • ozuqa ekinlari mahsulotlari;

  • mevali dov-daraxtlar mahsulotlari;

—tokzorlar mahsulotlari;

  • tut daraxtlari mahsulotlari;

—gulzorlar mahsulotlari;

—ixota daraxtlar va o‘rmonzorlar mahsulotlari;

—tabiiy pichanzorlar va yaylovlar mahsulotlari va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan madaniy ekinlar, o‘z navbatida, kichik guruhlarga bo‘linadi. Masalan, don ekinlari oziq-ovqatga, yem-xashakka va boshqa maqsadlarga foydalanilishi bo'yicha, texnika ekinlari — tola, shakar, yog' beruvchi va boshqa turlarga bo'linib hisob-kitob qilinadi, oxirgi natijalari baholanadi.

    1. Dehqonchilik tarmoqlari ishlab chiqarishi va agrotexnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi

Dehqonchilikda agrotexnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi dehqonchilik tarmoqlari ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligiga katta ta’sir ko'rsatadi. Dehqonchilik tarmoqlari ishlab chiqarishida agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida majmuaviy qo'llash muhim ahamiyatga ega.

Dehqonchilik tarmoqlari ishlab chiqarishida yeiiami sifatli haydash, ular meliorativ holatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish va suv ta’minotini to'g'ri tashkil etish kerak. Dehqonchilik barqarorligini ta’minlovchi eng muhim omillardan biri yerlarni kuzgi shudgorlashdir. Kuzgi shudgorlashning sifatli o'tkazilishi nafaqat resurslarni tejash (yer va suvdan oqilona foydalanish hisobiga), balki sug'oriladigan maydonlar mahsuldorligini oshirish imkoniyatini ham yaratadi. Shudgorlash sifatli bo'lishi uchun awal haydaladigan maydon yaxshilab tayyorlanishi lozim. Buning uchun, awalo, dalalar o'simliklar qoldiqla- ridan dalani uzunasi va ko'ndalangiga 15—20 sm chuqurlikda chizellash yordamida tozalanishi lozim.

Shudgorlash davomida haydov traktorining yurishi bois dalada yuzaga keladigan past-balandliklami kamroq bo‘lishligi uchun dalani awal teng bo'laklarga bo'lib, keyin haydovni amalga oshirgan ma’qul. Shunday qihnganda dala bir tekisda haydaladi, kelgusida sug'orish suvi to‘planib qoladigan chuqurliklar va yurmaydigan balandliklar bo‘lishining oldi olinadi va suvdan samarali foydalanishga zamin yaratiladi. Yerlarni kuzgi shudgorlash oktabming ikkinchi yarmi va noyabming boshlarida boshlanib, yer muzlaydigan davrgacha tugalla- nishi lozim. Shudgor chuqurligi unumdor och bo‘z tuproqli dalalarda 35—40 sm, o‘tloq tuproqli yerlarda 30—35 sm bo'lishi kerak. Dastlabki yarim metr chuqurlikda gipsli qatlamiar joylashgan yerlarda shudgorning chuqurligi 25—30 santimetrdan oshmasligi lozim. Bunday dalalarda shudgorlash bilan yerlarni 40-45 sm chuqurlikkacha ag'darmasdan yumshatish yuqori samara beradi. Dalalardan muntazam yuqori hosil olishga imkoniyat yaratuvchi omillardan biri — «tuproq unumdorligini oshirish» uchun yerlarni shudgorlashdan oldin yerga mahalliy o'g'itlar solishdir. Tuproqqa solinadigan organik o'g'itlar tuproqdagi mikroor- ganizmlar faoliyati natijasida o'simlik uchun kerakli bo'igan N, P, K, Ca va boshqa elementlarning mineral birikmalari va chirindi moddalarni ko'paytiradi. Organik o'g'itlar solinganda tuproqning fizik- kimyoviy va kimyoviy xossalari, suv va havo rejimlari yaxshilanadi, tuproqdagi foydali mikroorganizmlar (azot hosil qiluvchi bakteriyalar va boshqalar) faoliyati faollashadi. Organik o'g'itlar sifatida turli hayvonlar va parrandalar go'nglari, ko'k o'g'itlar, maishiy oqova suvlar cho'kindilari, somon va boshqalar ishlatiladi.

Organik o'g'itlar tarkibidagi ozuqa moddalarning miqdori (quruq moddaning foizi hisobida).


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish