A samatov, I. B. Rustamova



Download 0,77 Mb.
bet163/228
Sana07.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#111702
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   228
Bog'liq
Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4

0‘g‘it

N

PA

K.O

CaO

Hayvon go'ngi

0,5

0,25

0,6

0,35

Tovuq go'ngi

4,0—6,0

3,5-5,0

2,5-3,5

-

Somon

0,3-0,8

0,2-0,4

0,8-1,5

0,2-0,4

Yetarli darajada organik o'g'it (odatda, 15—60 tonna/ga) solib ishlov berilgan maydonlarda ekinlar hosildorligi ortadi, bu miqdor g'allada kamida 6—8, sabzavotlarda 60—100, kartoshkada 50—60 sentnemi tashkil qiladi.

Organik o'g'itlar yetarli bo'lmagan sharoitlarda ko'k o'g'itlardan ham foydalanish mumkin.

Ko‘k o‘g‘itlami ishlatish asosida tuproq unumdorligini oshirish Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy hududida qariyb 3 ming yillardan beri ma’lum. Sideratlar ishlatilganda tuproqning fizik, fizik-kimyoviy xususiyatlari yaxshilanadi, uning yutuvchanlik qobiliyati va namlik sig‘imi oshadi, tuproqdagi mikrofloraning faolligi ortadi, haydov qatlami tarkibida organik moddalar miqdori ko‘payadi, o‘simlik qoldiqlari minerallashgandan so‘ng tuproq tarkibidagi azot miqdori ko‘payadi. Bulaming barchasi tuproq unumdorligi va ekinlar hosildor- ligining oshishiga olib keladi.

0‘zbekiston sharoitida sideratlarning turlari avvaldan ko‘p tar- qalgandir. Kuz oxirlarigacha yaxshigina rivojlangan sideratlar tuproqqa qo‘shib haydab yuborilgan. So‘nggi yillarda bug‘doydan bo'shagan va kuzgi ekinlar hosili yig‘ib olingan dalalarga javdar, raps kabi oraliq ekinlarni ekish ancha keng tarqalmoqda.

Mazkur oraliq ekinlar kech kuz yoki bahorda tuproq bilan birga haydab yuboriladi va ular ko‘k o‘g‘it sifatida yer unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Sideratlar qo‘llanilgan maydonlarda kuzgi bug‘doy hosildorligining 6—8 sentnergacha oshishi ko‘plab tadqiqot- chilar tomonidan tasdiqlangan.

Oraliq ekin sifatida xantal ekilgan dalalarda keyingi yilda paxta hosildorligi 2,8, shabdor va xantal aralashtirib ekilgan dalalarda 4,5 s/ga gacha oshgan. Ekin maydonlaridan yuqori hosil olishga zamin yaratuvchi tadbirlar orasida irrigatsiya va melioratsiya yo‘nalishidagi tadbirlar muhim ahamiyatga egadir.

Sug‘oriladigan maydonlarda olib boriladigan meliorativ tadbirlarni to‘g‘ri tanlay va amalga oshirish uchun ekin dalasining joriy meliorativ holatini aniq bilish o‘ta muhimdir. Meliorativ holatni belgilovchi omillardan biri — yerlarning sho‘rlanganlik darajasini aniqlash tadbirlarni to‘g‘ri belgilashga imkoniyat yaratadi. Yerning sho‘rlanganlik darajasini aniqlash uchun tuproqning faol qatlamidan burg‘u yordamida tuproq namunalari olinib kimyoviy tahlil qilinadi. Bunday ishlar, odatda, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibidagi gidrogeo- logik- meliorativ ekspedisiyalar tomonidan amalga oshiriladi. O'z dalasining holatini aniq bilishni istagan har bir fermer ushbu ekspe- ditsiyalar bilan hamkorlik asosida ish olib borishi yaxshi natijalarni beradi.

Meliorativ holati to‘g‘ri aniqlanib, sho‘r yuvish va yerlarni tekislash kabi tadbirlar to‘g‘ri tanlangan maydonlarda sho'r yuvishga ishlatila- digan suvlar miqdori aniq belgilanishi va qimmatbaho suv resurslaridan oqilona foydalanishga imkon yaratiladi. Natijada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy ta’sirlaming (yer osti suvlari sathining keragidan ortiq ko‘tarilib ketishi kabi) oldi olinadi va kelgusi yil hosiliga mustahkam zamin yaratiladi.

    1. Donchilik iqtisodiyoti va boshqaruvi

Donchilik dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i hisoblanadi va alohida xalq xo'jaligi ahamiyatiga ega. 0‘zbekiston aholisi iste’mol etadigan oziq- ovqatlarning tarkibida katta kalloriya hamda oqsil hisobida olingan don mahsulotlarining hissasi 50-60 foizni tashkil etadi. Respublikada aholi jon boshiga non, un mahsulotlari, guruch, mosh, no‘xat, loviya va boshqa don mahsulotlari tibbiy me’yorlarga nisbatan ko‘proq iste’mol qilinadi. Ozuqabop donlardan chorvador olimlar tomonidan aniqlangan me’yorlarda oziqlantirish zotli chorva mollari potensial mahsuldorligi imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanishga sharoit yaratadi. Don oziq-ovqat sanoati uchun xomashyo hisoblanadi va uning rivojlanish darajasiga bevosita ta’sir ko'rsatadi.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish