uning rivojlanishi
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, xalq turmush darajasining muttasil o‘sib borishi chorvachilikni yanada tezroq yuksaltirish vazifasini birinchi o'ringa qo'ymoqda.
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida qisliloq xo'jaligi, xususan, chorvachilik muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda aholining chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish, bozorlarda go'sht, sut, tuxum, baliq va boshqa mahsulotlar serobligini ta’minlashga ustuvor vazifalaraan biri sifatida yondashilmoqda.
Chorvachilik — mamlakat qishloqxojaligining muhim tarkibiy qismidir. Chorvachilik tarmoqlarining maqsadga muvofiq, samaralijoylashtirilishi respublikada mehnat taqsimotining ijobiy hal etilishiga bevosita ta’sir etadi. Hudud- larning tabiiy, iqtisodiy sharoitlarini hamda bozor talablarini e’tiborga
olgan holda chorvachilikning qoramolchilik, qo ‘ychilik, baliqchilik, asalarichilik, ondatrachilik tarmoqlarining joylashtirilishi va rivojlantirilishi zarur. Chunki bu tarmoqlarda oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati korxonalari uchun go'sht, sut, jun, teri, asal va boshqa mahsulotlaryetishtiriladi.
Chorvachilikning rivojlanishi natijada sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ham ta’minlanadi, chorvachilik tarmoqlarida inson salomatligi uchun zarur, oqsil moddalarga boy bo'lgan turli xildagi mahsulotlar ham yetishtiriladi. Respublika hukumati mamlakatning barcha sohalarida chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan yirik dasturlar ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha qator chora-tadbirlami amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, chorvachilikda dehqonchilik va chorvachilikning ayrim sohalari rivojlanishini ta’minlay- digan mahsulotlar ham yetishtirilmoqda.Sut esa aholi tomonidan iste’mol qilinishidan tashqari yangi tug'ilgan uy hayvonlariga ham beriladi.
Hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda chorva chiqindisi — go‘ngdan biogaz—bioenergiya olish yoiga qo'yilgan boiib, go'ng arzon energiya manbayi hisoblanadi.
Chorvachilik tarmoqlarida yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotining 46,6 foizga yaqini yetishtirilmoqda. Uning 90 foizdan ortig'ini dehqon xo'jaliklari yetkazib bermoqda. Chorvachilik tarmoqlarida yetishtiri- layotgan mahsulotlarning asosiy qismi respublika aholisi talablarini qondirish maqsadida ichki bozorlarda sotilmoqda.
Keiajakda bu muammoni hal etishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun obyektiv imkoniyatlar mavjud. Respublika chorvachiligida ekologik jihatdan barcha talablarga javob beradigan go'sht, sut mahsulotlarini, teri, ayniqsa, qorako'l terisini, jun yetishtirishni rivojlantirib, ularni tashqi bozorda sotishni yo'lga qo'yish bu soha daromadining ko'payishiga olib keladi. Chorvachilik rivojlanib, aholining chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish darajasi ham yuksaladi. Natijada tarmoqning mamlakat xalq xo'jaligidagi o'mi, ahamiyati ortadi.
Chorvachilikda hayvonlaming o'sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillaming eng muhimlari ulaming irsiy xususiyati va jinsidir. Chorva hayvonlarini boqish, havoning harorati va namligi, yorug'lik, asrash, parvarishlash, ratsion va hokazolar chorvachilikni rivojlantirishda muhim omillardir. hayvonlaming o'sishi va rivojlanishiga oziq miqdori va turi katta ta’sir ko'rsatadi. Sut va yem bilan boqilgan buzoqlar tirik vazni og'ir va go'shtdor, dag'al oziqlar bilan boqilgan buzoqlar esa ixcham, sut mahsuloti yo'nalishiga mansub bo'ladi.
Molxonalaming nam va zax bo'lishi hayvonlar sogiig'iga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Quyosh nuri, sun’iy yorug'lik yetarli bo'lsa, hayvonlar sog'lom, kasalliklarga chidamU va baquvvat bo'lib o'sadi. Yosh mollar organizmida
moddalar almashinuvi jarayoni ancha jadal boradi.
Qishloq xo'jalik hayvonlarining o'sishini aniqlash uchun ulaming tanasini o'lchash va vaznini tortish usullari qo'llaniladi. Hayvonlaming o'sish darajasi absolut, ya’ni ma’lum davr bilan (sutka, oy hisobida), qancha o'sganligi nisbiy, ya’ni oldingi vazni, yoshi boshqa ko'rsat- kichiga nisbatan qancha o'sganligi hamda qancha semirganligi foizlar hisobida aniqlanadi.
Mollarning nisbiy o'sishi quyidagicha aniqlanadi: N„.=2A 100 (13.1)
bunda: N0. — nisbiy o'sish;
Dv — dastlabki vazni;
Sv — so'nggi vazni.
Masalan, buzoqning dastlabki tirik vazni 30 kg, bir oy o'tgach, 45 kg bo'lgan. Bunda: 45-30 =15 yoki sutkasiga 500 grammdan semirgan- ligini aniqlash mumkin.
N„.-ли100
Umuman, buzoqlar 6 oyligigacha sutkasiga 700—800 g dan semirsa yaxshi, 1100—1200 g dan semirsa a’lo hisoblanadi.
Chorvachilikda yangi zot yaratish va mavjud zotlarni takomillashtirish, ayrim mahsuldorlik xususiyatlari ni yaxshilash borasida tanlash ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega. Tanlash mollarning fenotipi (rivojlanishi, eksteryeri, konstitutsiyasi, mahsuldorligi)ga va genotipi (irsiy xususiyatlariga va bu xususiyatlarini nasi bera olish holati)ga ko'ra olib boriladi.
Bir tomonlama tanlashda mollar ma’lum bir ko'rsatkichi asosida tanlanadi. Kelib chiqishiga ko'ra tanlashda hayvon hali bolalari tug'ilmasdan oldin, maxsus jurnallardagi ma’lumotlarga, ota-onasining irsiy belgilariga qarab tanlanadi.
Chorvachilikning asosiy tarmoqlari va ularning
Do'stlaringiz bilan baham: |